O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 4,89 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/95
Sana24.12.2022
Hajmi4,89 Mb.
#895505
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
Bog'liq
665d15552373695b753792f5454b7a8a AMIR TEMUR DAVLATINING JAHON TARIXIDA TUTGAN O’RNI QO’SHIMCHA FANINING O’QUV- - USLUBIY MAJMUASI (1)

4- savol.
Yevropa olimlari Amir Temur davlati Osiyodagi eng so’nggi buyuk 
saltanat edi, deya e’tirof etadilar. Sohibqiron Temur bunday katta davlatni, 
markazlashgan yirik saltanatni qanday tuzdi, qaysi yo’llar bilan uni tartibga keltirdi va 
uning uzoq yillar hukmronlik qilishida qaysi omillar etakchilik qildi? Bu savollarga 
javob izlar ekanmiz, biz uchun «Temur tuzuklari» asosiy manba sifatida xizmat qiladi. 
To’g’ri, Amir Temur to’g’risidagi tarixiy manbalar oz emas. Lekin ulardagi 
ma’lumotlarning barchasini bir xilda qabul qilishga oshiqmaslik kerak. Hatto, hozir 
ham ba’zi adabiyotlarda Amir Temur davriga har kimning o’zicha yondashuvlari 
mavjudki, ulardan foydalanganda alohida sharh va tahlillar talab etiladi. Shuning 
uchun ham biz Amir Temur davlatining vujudga kelishi masalasida mumtoz asarlar va 
«Tuzuklar»ga suyanishni lozim topdik. 
Deyarli barcha mumtoz va zamonaviy tarixiy asarlarda ko’rsatilganidek, XIV 
asrning o’rtalariga kelib, Movarounnahrda Chig’atoy* ulusining ikkiga bo’linib 
ketishi natijasida hokimiyat ancha zaiflashib, bu davlat o’zining inqiroz davrini 
boshidan kechirmoqda edi. 
1346 yilda Chig’atoy xonlaridan Qozonxon (1338-1346)* o’zining amir ul 
umarosi bo’lgan nufuzli turk amiri Amir Qozog’on (1347-1358)* tomonidan 
o’ldirilgach, Chig’atoy ulusining xonligiga shu sulola vakili Donishmandcha xon 
ko’tariladi. Ammo amalda butun hokimiyat Amir Qozog’on qo’lida edi. Uning 
davridan boshlab, 
xonlik tizimi o’rnini amirlik boshqaruvi ola boshlaydi.
Ya’ni 
rasman Chig’atoy naslidan bo’lgan xonlar hokimiyati tan olinsa-da, lekin ulusni 
boshqarish amalda amir qo’liga o’tgan. 1358 yilda bu ulusda ta’siri kuchli bo’lgan 
amir Qozog’on o’ldirilgach, o’rniga uning ikkinchi o’g’li amir Abdulloh o’tirib, uning 
ta’siri kuchayadi. Ammo u ham bir yillardan so’ng hokimiyatdan chetlatilib, shoh 
Temur o’g’lon xon ko’tariladi. Ana shu davrda boshboshdoqlik kuchayib ketadi. 
«Olam ichra 
har 
tarafda g’avg’olar paydo bo’ldi. Va no’yonlardin har kishidakim, 


67 
kuchi 
bor edi, davlat da’vo qilur erdi», – deb yozgan edi bu haqda tarixchi 
Sharafuddin Ali Yazdiy. 
Tarmashirin xondan keyin (1326-1334) o’tgan yigirma besh yil ichida to’qqiz 
marta xon almashadi. Ana shunday taxt talashishlari davrida mamlakatda siyosiy 
tarqoqlik vujudga kelib, eski nuyonlar va nufuzli qabilalarning boshliqlari katta-katta 
viloyatlarni o’z mulklari sifatida boshqarar edilar. Jumladan, Keshda hoji Barlos, 
Xo’jandda Boyazid Jaloyir, Balxda Uljoy Bug’o Sulduz, Shibirg’onda Muhammad 
Xoja Apardi, Badaxshonda Kayxusrav, Xuttalonda Uljoytu Apardiy, Saripul va 
Totkandda Xizir Yasovuriylar saltanat da’vo qilmoqda edilar. 
Hozirgi O’zbekiston erlarida o’sha davrda siyosiy ahvol uch xususiyat bilan 
xarakterlanadi: 1. Chig’atoy ulusining parchalanib, bir-biriga dushmanlik ko’zi bilan 
qaraydigan bo’laklarga bo’linishi siyosiy tarqoqlikning avj olishi. 2. 140 yil hukm 
surgan mo’g’ul zulmidan qutulishga intilish. 3. Tobora mustaqillikka erishish uchun 
harakat qilayotgan Chig’atoy ulusini Mo’g’uliston xoni Tug’luq Temurxon (1359-
1363) tomonidan qayta bosib olishga intilish. Ikkinchi tomondan esa, bu vaqtga kelib, 
Oltin O’rda va Oq O’rdaga bo’linib ketgan Jo’ji ulusining emirilib ketayotgan 
Chig’atoy ulusini ishlariga aralashishi tobora kuchayib borayotgan edi. Ana shunday 
bir davrda tarix maydoniga Keshdagi Barlos begining o’g’li amir To’rag’ay 
(«Tarog’ay emas» - H. Vamberi) Bahodirning o’g’li Amir Temur (1336-1405) tarix 
maydoniga chiqadi. 
Amir Temur davlatining vujudga kelishi haqida so’z yuritganda, tarixchilar uning 
yoshlik yillarini chetlab o’tadilar. U 1336 yil 9 aprel kuni tug’ildi. Lekin ba’zi 
adabiyotlarda 1333 va 1335 yillar ko’rsatiladi. Amir Temurning «Tarjimai holi»da 
tug’ilgan yili yuqoridagi kabi aniq qayd etilgan. Nizomiddin Shomiy, Sharafuddin Ali 
Yazdiyning «Zafarnoma»larida Sohibqironning bolaligi haqida ba’zi ma’lumotlar 
uchraydi. 
V.V.Bartold, 
A.Yu.Yakubovskiy, 
T.N.Granovskiy, 
B.Ahmedov, 
A.Ahmedov, T.Fayziev asarlarida Amir Temurning hijriy 736, sichqon yili sha’bon 
oyining 25-kunida (1336 yil 9 aprel) Kesh shahridan o’n chaqirim (taxminan 13 km.) 
masofada bo’lgan Xo’jailg’or qishlog’ida tavallud topgani aytiladi. Lekin ularning Ibn 
Arabshoh xulosalariga asoslanganini ta’kidlash joizdir. 
Temurning otasi Muhammad Tarag’ay Markaziy Osiyoning ijtimoiy-siyosiy 
hayotida katta nufuzga ega bo’lgan barlos qavmidan chiqqan obro’li beklardan biri 
bo’lib, Chig’atoy xonlaridan Qozonxon lashkarida xizmat qilardi. Onasi Takina begim 
naslu nasab jihatdan aslzodalardan bo’lib, buxorolik mashhur faqih Tojushsharia 
taxallusi bilan tanilgan Ubaydulla ibn Ma’sudning avlodi edi. Otasi Temurning 
jahonga hukmdor bo’ladigan farzand bo’lishi haqida birinchi bo’lib, avliyo shayx 
Shamsuddin Kuloldan eshitib, o’g’lining ilm olishiga juda katta e’tibor bergan. 
Amir Temur ilmga qaerda o’qigan, degan savolga Keshdagi madrasalarda yosh 
toliblarning bilim olishlari uchun etarli shart-sharoitlar mavjud bo’lganligini aytish 
bilan javob berish kifoya. Madrasa va toliblar vaqf jamg’armasi mablag’idan 
ta’minlanar edilar. Bu esa o’quv uslublarini takomillashtirishga ham katta yordam 
berar edi (to’qqiz yoshli Temur Qur’oni Karimni yoddan bilgan, shuning uchun u 
hofiz unvonini olgan), besh vaqt namozni kanda qilmaydigan, maktabdagi barcha 
o’quvchilarga boshliq bo’lgan obro’li o’smir bo’lgan. 
Ana shu o’rinda bir narsani ta’kidlash joizki, ko’pincha tarixiy manbalar, yozilgan 
risolalarda Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar juda kam. Yaqinda 


68 
H.Bobobekov va boshqalar tomonidan nashr etilgan «Qissai Temur» («Malfuzoti 
Temuriy») asrining bu boradagi muhimligi shundaki, unda aynan ana shu masalalar 
juda yaxshi yoritilib, Amir Temurning yoshligi, ta’lim-tarbiya olishi, pirlari bilan 
uchrashishlari batafsil bayon etilgan. 
Temur madrasaning boshlang’ich davrini muvaffaqiyatli tamomlagandan so’ng, 
tahsilni Madrasai Oliyalarda davom ettirgan. Bolaning teran fikrlashi, yuksak 
qobiliyati o’z davrining ulamolari va fozillarini lol qoldirdi. Ba’zan murakkab 
masalalarni bir zumda echar, uning uchun har qanday vazifaning hech qanday 
qiyinchiligi yo’q edi. O’qish davomida u jahon mamlakatlarining tarixi, islom 
ta’limoti va huquqshunosligi, handasa, riyoziyot, jug’rofiya va falakiyot ilmlarini 
puxta o’rgangan, muhimi, ma’naviy olamini boyitgan. Bir o’qigan
 
narsasi yosh 
Temurning esida mahkam o’rnashib qolgan. U nafaqat Qur’oni Karimni, balki arab, 
turk mashoyixlarining durdona fikrlarini ham yod olgan. Bo’lajak jahongirning behad 
jarangdor va yoqimli ovozi kishilarni o’ziga rom etib, dillarga zavq-shavq 
bag’ishlagan. Amir Temurning yoshligi chingiziylarning og’ir mustamlakachilik 
yillariga to’g’ri kelib, vayron bo’lgan yurtining ozodligi uchun u harbiy ishga yuz 
burishga majbur edi. Shu o’rinda uning do’st tanlay bilish xislatini alohida qayd etib 
o’tish joiz, zero, uning qirq nafar tengdoshi, jumladan, Amir hoji Sayfiddin, Umar 
Abbos, Joku Barlos, Idiku Temur, Amir Sulaymon, Amir Dovud Barlos, Amir 
Muayyad Barloslar o’sha vazir va amirlarining farzandlari bo’lib, Temur bilan birga 
yurt ozodligi uchun kurashishga qasamyod qilgan edilar. Ular o’ziga o’xshagan 
dovyurak, aql-zakovatli, el-yurti uchun jonini beradigan yigitlar edi.
Yoshligi haqidagi bor haqiqat, yuqorida tilga olinganidek, hayu-havosiz o’tmagan: 
u siyosat maydoniga kirgan payt har tomonlama etuk inson edi, kuch-qudratda ham 
alpomishlarga boshliq bo’la oladigan darajada edi. Movarounnahrdagi og’ir siyosiy 
vaziyatdan foydalanmoqchi bo’lgan Tug’luq Temurxon Qarshi vohasiga bostirib 
kiradi, mualliflar aynan shu vaziyatda Amir Temur xarakterining bahodir podsholarga 
xos qirralari namoyon bo’lganiga kam e’tibor qaratadilar. Chunki bu Sohibqiron 
hayotidagi muhim bosqich hisoblanadi. Uning o’sha paytdagi holati quyidagi dalil-
isbotlarda yaqqol ko’zga tashlanadi: 
– dushman bostirib kelganda, yurtni tashlab qochishni o’zi uchun or sanadi; 
g’alaba askarlar sonining ko’p bo’lishi bilan emas, to’g’ri tadbir orqali qo’lga 
kiritilishini yodda tutdi; 
– vaqtincha dushmanga tobe bo’lish yutqazish emasligini angladi, Hoji Barlos va 
boshqa amirlarga «Tug’luq Temurxonning huzuriga borsangiz, ikki foyda, bir ziyon 
bordir», Xuroson tomonga o’tib ketishining (esa) ikki ziyoni, bir foydasi bordir», deya 
donolarcha maslahat berdi. Keyinchalik Hoji Barlos Xurosonga qochib, halok 
bo’lgach, o’zining tadbiri to’g’ri ekanligini angladi. 
Temurning birinchi kengashi o’zi uchun muvaffaqiyat keltirdi, desak, xato qilgan 
bo’lamiz, zero, u xalq uchun, keyingi avlod uchun ham namunali saboqdir. Xalq, 
deganimizda, Qarshi vohasini talon-taroj etishdan mo’g’ul qo’shinlari zulmidan 
qutulib qolgan Temurning yurtdoshlarini nazarda tutayapmiz. Darvoqe, Amir Temur 
mol-mulk, sovg’a-salomlar to’plab, mo’g’ul amirlarining och ko’zlarini boylikka 
to’ldirdi, amirlar ham osongina qo’lga kirgan o’ljadan og’izlari quloqlariga etib, 
Tug’luq Temurga uning to’g’risida maqtovli gaplar aytdilar. Tez orada Amir Temur 
Movarounnahr hokimi etib tayinlandi. Ammo tariximizga ko’z yugurtirsak, dushman 


69 
hech qachon o’z ahdiga vafo qilmaganiga guvoh bo’lamiz. Tug’luq Temur o’z 
ahdidan qaytib, o’g’li Ilyosxo’jani Movarounnahrga hokim qilib jo’natadi.
Bu erda Sohibqiron Temurning yana bir insoniy xislatini ko’ramiz: ahdidan 
qaytgan inson xudoning nazaridan qoladi, Amir Temur bundaylardan uzoq yurishga 
harakat qilgan. U Ilyosxo’jaga xizmat qilishdan bosh tortdi va Amir Husayn bilan 
unga qarshi ittifoq tuzadi. Tuzuklardagi ikkinchi kengashdan ma’lum bo’ladiki, 
Mo’g’uliston mamlakati askarlari Movarounnahrga qaytadan bostirib kiradi. 
Ilyosxo’ja davlat ishlarida layoqatsiz bo’lganligi uchun ularga qarshi kurasha 
olmaydi. Bosqinchilar Movarounnahrlik etmish nafar sayyidni asirga oladilar. Xalq 
zolimlarga qarshi kurashda Amir Temurni qo’llab-quvvatlaydi. Ulamoyu fozillar unga 
fatvo yozib bergach, dushmanlarga qarshi kurashda Amir Temur xalq va shar’iy 
jihatdan qonuniy hukmga ega bo’ladi. Hokimiyat uchun siyosiy kurash avj olib ketadi. 
Tug’luq Temur Amir Temurni yo’q qilish uchun buyruq yuboradi, ammo baxtli 
tasodifmi yo boshqami, ishqilib, yorliq uning qo’liga kelib tushadi. U piri Abu Bakr 
Toyibodiyning maslahati bilan Xorazmga ketishga majbur bo’ladi.
Amir Temur davlatining vujudga kelishida sarbadorlar-ning o’rni qanday? 
Ma’lumki, har qanday siyosiy davrda, o’ta og’ir siyosiy vaziyatlarda xalq birligi 
mamlakatlar hayotida asosiy kuch sanalgan. Hokimiyatsiz qolgan Movarounnahr 
aholisi ham o’z erki va ozodligi, oila sha’ni, muqaddas tuprog’i hurmati uchun 
mo’g’ullarga qarshi kurashga otlandi. Bu harakat tarihda «sarbadorlar» harakati nomi 
bilan shuhrat topdi. 
Samarqandda bunday harakatga Madrasa talabasi Mavlon-zoda, paxta tituvchilar 
mahallasining oqsoqoli Abu Bakr Kuluyi (Naddof) va mergan Xurdaki Buxoriylar 
boshchilik qildilar. Ular hokimiyatni boshqarishda etarli tajribaga ega emasdilar. 
Faqat xalqning bosqinchilarga bo’lgan nafrati, o’zaro jipslashuvi, ozodlikka bo’lgan 
intilishlarining kuchliligi bois Ilyosxo’ja lashkari ustidan g’alaba qozondilar va butun 
qish davomida Samarqand Mavlonzodaning qo’liga o’tib, «uni imom va amir sifatida 
qabul qildilar». Sarbadorlar harakati Amir Temur davlatining tashkil topishini 
tezlashtirdi.
«Movarounnahr hokimi bo’la oladigan amirlar ko’p edi. Ana endi, nima uchun bu 
cho’qqiga aynan Amir Temur qo’tarila oldi, degan savolga javob izlaylik. To’g’ri, 
uning taqdirida bunday qismat avvaldan yozilgan edi, deyish oson. Ammo bunda eng 
muhim jihat adolat mezonidir, zero, uning xoh siyosiy, xoh ma’rifiy jabhalarida, qaysi 
hayotiy masala xususida bo’lmasin, u har bir kishiga birinchi navbatda insoniy qonun-
qoidalar, tamoyillar bo’yicha yondashdi.
Demak, 1365-1370 yillar orasida Sohibqironning davlat tuzish borasida oldida 
turgan eng muhim muammolar quyidagilar edi: 
1. Avvalo Movarounnahrni mo’g’ullar zulmidan butunlay xalos etish, u bilan 
murosa qilish. 
2. Amir Husaynga istagan viloyatini berib, uni nazoratda tutish. 
3. Turli viloyatlarda «qo’g’irchoq» hukumat tuzib, Movaroun-nahrni parokanda 
etgan amirlarni tobe holatiga keltirish. 
4. Mamlakat chegaralarini mustahkamlash, poytaxtni tanlash, uni obod etish. 
5. Qo’shinni tartibga keltirish, oziq-ovqatidan tortib, navkarlar maoshini 
to’lashgacha bo’lgan barcha ishlarni hal etish. 


70 
U o’zining o’n ikkinchi kengashida «to’g’ri chorayu tadbir ishlatib, Ilyosxo’ja 
lashkarini sindirdim», deb yozadi. O’n uchinchi kengashda o’qiymiz: «Jete lashkari 
urushda engilganiga iqror bo’lganidan keyin, ikkinchi bor jang qilishga botinolmadi, 
«chorasiz qolgan Ilyosxo’ja Xo’jand suvidan o’tib ketdi». 
Shundan so’ng Amir Temur saltanat mustaqilligini mustahkamlashga kirishadi. Bu 
to’g’rida «Tuzuklar»da shunday yoziladi: «Kengashlarim o’zini shavkatli, buyuk amir 
deb hisoblagan va boshqa amirlardan o’zini ulug’roq bilayotgan amirlarni itoat ettirib, 
bo’ysundirishga qaratilgandi». 
Amir Temur oldida amir Husayn masalasi ko’ndalang turar, bu o’sha paytda 
birinchi vazifa hisoblanib, uni tezda qatiy hal etish lozim edi. 1365 yildagi «Loy 
jangi»dan so’ng Sohibqiron unga ishonmay qo’ygandi. Shu bois, uni Xo’ja 
Shamsiddin Kulol mozoriga olib borib, do’stlik izhor qilib, qasam ichsa-da, 
keyinchalik u o’z qasamini buzadi va xun talabgorlari tomonidan o’ldiriladi. 
Boshqa amirlar ham yoki kengash bilan yoki urush, yoxud diplomatiya yo’li bilan 
bo’ysundiriladi. 1370 yilning 9 aprelida Balxda o’tkazilgan Qurultoy uni qadimgi turk 
odati bo’yicha oq kigizga o’tkazib, Movarounnahr hukmdori deb e’lon qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ba’zi nusxalarida bu voqea boshqacha tarzda 
keltirilgan. Jumladan, «Qissai Temur»da ta’riflanishicha, «jetelar» tor-mor keltirilib, 
bir vaqtlar Temurning ittifoqchisi bo’lgan, keyinchalik uning dushmaniga aylangan 
Amir Qozog’onning nabirasi Balx hukmdori bo’lib turgan Amir Husayn ham halok 
bo’lgach, o’sha davrda ta’siri kuchli bo’lgan uch hukmdor – Badaxshon hokimi Shoh
 
Muhammad Badaxshiy, Xatlon hokimi Amir Kayxusrav Xuttalaniy va o’zini ming 
oilalik sulduzlar urug’ining hokimi deb bilgan amir Shayx Muhammad Bayon sulduz 
Movarounnahr hukmdorligiga da’vo qiladilar. Ana shu vaqtda Termiz Sayidlaridan 
Sayid Abdul Barakot Amir Kayxusrav talabi bilan qur’a tashlaydi. Qur’a uch marta 
ham Amir Temur nomiga chiqqach, o’n ikki amir unga bo’yinsunib muborakbod 
qilishadi. Shundan so’ng: «Sana etti yuz etmish biridakim, o’ttiz besh yoshga kirib 
erdim, to’rt azamushon sayidkim, alarning biri Sayid Abul Barakot va yana biri Abul 
Ma’oniy va yana biri Amir Ziyovuddin, va yana biri Amir Ali Akbar edi, saodatlig’ 
saotida maning qo’lumni tutub, saltanat taxtig’a mindurdilar», deb yozadi Amir 
Temur bu haqda. Ushbu manbada keltirilgan: «Va man taxtga mingan kun avval 
umaro sipohining ulturmoq va tik turmoqlik tuzukin qildim. Samarqand va 
Buxoroning ra’iyatlarin tavobi bila tarxon qildimkim, alardan molu-manol 
olmasunlar», degan ma’lumotlar ham boshqa manbalarda uchramaydi. Shu tariqa 
Movarounnahr hayotida yangi davr boshlanadi. Amir Temur nomi olamga yoyildi. 
Amir Temur shaxsi uning davlat tuzish hamda askarboshilik faoliyati haqida 
yaqin-yaqingacha faqat bir tomonlama yondashib kelindi. Shu davr to’g’risida ilmiy 
ish yozgan mualliflar, asosan,tarixchi Ibn Arabshohning «Temur taqdirida taqdir 
ajoyibotlari» nomli asaridagi unga berilgan ta’rifiga suyanib, uni rahmsiz, johil, zolim 
Chingizxondan hech kam bo’lmagan o’rta asr hukmdori deb ta’riflab keldilar. 
Ammo shu narsani tan olish kerakki, Ibn Arabshohning kitobi diqqat bilan o’qilsa, 
Temurga berilgan salbiy baholardan ijobiylari ko’proq. Ammo Ovro’po tarixchilari 
shu kitobda keltirilgan uch qatorgina ta’rifni ushlab olganlar, xolos. Shuning uchun 
ham bunday bir tomonlama yondashishni, eng avvalo, g’arazsiz deb baholab 
bo’lmaydi, qolaversa, bu tarixiy faktni buzib ko’rsatishdir. To’g’ri, Amir Temur o’z 


71 
davrining hukmdori, uning shaxsi ziddiyatli bo’lib, faoliyatida adolat va 
qatgiqqo’lliklar bir chiziqda yotadi. 
Uning davlat arbobi va askarboshilik faoliyatini ikki davrga bo’lish mumkin: 1. 
Temurning Chig’atoy ulusida hokimiyatni qo’lga kiritishi. Mo’g’ullar zulmini 
ag’darib tashlab, mustaqil markazlashgan davlat tuzishi (1370-1380 yillar). 2. 
Imperiyani kengaytirish maqsadida o’zga mamlakatlarni asoratga solish davri. 
Markazlashgan davlat tuzilgach, butun kuchini qisman mudofaa va istilo urushlariga 
burdi (1380-1405 yillar). Tez fursatda Xuroson va Eronni, Hindiston, Iroq, Suriya va 
Misrni, Rum va Kavkazortini bosib olib, o’z davlati hududlariga qo’shdi. Shunisi 
xarakterliki, faqatgina Temurda emas, balki o’rta asrning deyarli barcha 
hukmdorlarida shunga o’xshash o’zga erlarni bosib olish kayfiyati mavjud bo’lgan. 
Markazi Samarqand bo’lgan juda kuchli davlat vujudga kelgan bir davrda Osiyoda 
ikkita kuchli Turk davlati bor zdi. Bu davrga kelib, Oltin O’rdada oz sonli bo’lgan 
mo’g’ul urug’lari musulmonchilikni qabul qilib, turkiy urug’larga tamomila singib 
ketgan edilar. Oltin O’rdaning davlat tili xorazmiy turkiy tili edi. Anatoliyada esa 
qudratli Usmonli turklar davlati tashkil topib, ular Rum (Vizantiyaga), Sharqiy 
Yevropaga tahdid solib turar edilar. Usmonli beklar nasablari bo’yicha Markaziy 
Osiyolik turk beklariga yaqin edilar. Temur davlatining yashash va yashamasligi ana 
shu ikki davlat bilan bo’ladigan munosabatga ham bog’liq edi. 
Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Amir Temur ko’p o’tmasdan, o’z ittifoqchisi 
bo’lgan Turk amiri Qozog’onning nabirasi Husaynni jangda engib, 1370 yilda uning 
bosh kenti – Balxni qo’lga kiritadi va ikki daryo oralig’ida markazlashgan kuchli 
davlat tuzishga kirishadi. Uning bu ishida Chig’atoy beklari, harbiy boshliqlar, 
ruhoniylar va shaharliklar orasida tayanch kuchlar vujudga keladi. Dastlab, u Keshga 
kelib, davlat vazirini, tuman boshliqlari va mingboshilarni tayinlaydi. Xorazmdan 
boshqa barcha erlarni o’z hokimiyati ostiga birlashtiradi. Mo’g’ullar davrida Xorazm 
ikki qismga bo’lingan bo’lib, markazi Urganch shahri bo’lgan Shimoliy Xorazm, bu 
Oltin O’rda tarkibiga kirar edi va ikkinchisi – Markazi Kat qal’asi bo’lgan Chig’atoy 
ulusiga kiradigan Janubiy Xorazm edi. 1359 yilda Oltin O’rdada yuz bergan 
g’alayonlardan keyin bu ikkala qismni Qo’ng’irot qabilasiga mansub so’fiylar 
birlashtirgan edi. Ammo bu vaqtda sobiq Chig’atoy ulusida hokimiyatni o’z qo’lida 
to’plab olgan Amir Temur o’zini shu ulusning ham vorisi deb hisoblab, Xorazmning 
Oltin O’rda bilan birlashishiga norozi ekanligini bildiradi. 
Amir Temurning Turon elini birlashtirish uchun olib borgan kurashi hokimiyat 
o’zbek amirlari qo’llariga o’tgan Oltin O’rda davlatini buyuk davlatchilik siyosatiga 
qarshi qurash bilan birga boradi. Xorazmni o’z davlatiga qo’shish uchun 4 marta 
yurish qilib, 1388 yilda uni uzil-kesil qo’shib oldi. 1395 yilda u Shimoliy Kavkazdagi 
Terek daryosi bo’yida Oq O’rdaning o’zbek amirlaridan bo’lgan To’xtamishxonga 
xalokatli zarba berganidan keyin Oltin O’rdaning bosh kenti – Saroy Berkani egalladi.
Oltin O’rdaga berilgan zarba Amir Temur o’z davlati manfaatlaridan kelib 
chiqishiga qaramasdan, bu g’alaba rus xalqiga va Rus davlatiga ko’rsatilgan katta 
yordam edi. Bu tarixiy holni ilg’or fikrli rus tarixchilari A.Yu. Yakubovskiy va 
B.D.Grekovlar obektiv baho berib, tan olganlar. To’g’risini aytganda, uning 
xizmatlarini to’g’ri tushunib tan olganlar Rossiyada hozir ham ko’p. Shulardan biri 
Rossiyaning Pokistondagi elchisi A.Yu.Alekseevning quyidagi so’zlari diqqatga 
sazovordir: «Amir Temur To’xtamishxon ustidan qozonilgan g’alaba haqida Oltin
 


72 
O’rdani emirish bilan Rus mamlakatini qariyb 200 yil davom etgan mo’g’ul-tatar 
zulmidan faqat ozod qilibgina qolmay, balki Rossiyaning mustaqil davlat sifatida 
rivojlanishiga yo’l ochib berdi. Bu tarixiy haqiqat. Lekin Rossiyada yaqin 
vaqtlargacha bu haqida gapirilmas yoki gapirishni istashmasdi. Biroq bundan ko’z 
yumib bo’larmidi?! Haqiqat – bu haqiqat!» 1405 yilda Amir Temur Xitoyga 
qilayotgan yurishida kasallanib, vafot etadi. Garchi Ibn Arabshoh va ba’zi tarixchilar 
uni savodsiz, shafqatsiz hukmdor sifatida yozib qoldirgan bo’lsalar-da, uning jahon 
tarixida tutgan o’rni, o’zbek davlatchiligi, uning tarixi, madaniyati qahramonlik tarixi 
oldidagi xizmatlari nihoyasizdir. Uning qiyinchilik bilan tuzgan davlati ko’p sonli 
amirzodalar orasida tez bo’linib, parchalanib ketadi. Amir Temur vafotidan keyin 
o’zaro hokimiyat uchun kurashlar kuchayadi. 
Shohrux (1405-1447) davrida garchi Amir Temur davlatining bir qismi boy 
berilgan bo’lsa-da, ammo u qudratli davlat edi. Bu davlat amalda ikkiga – bosh kenti 
Hirot bo’lgan Xuroson va bosh kenti Samarqand bo’lgan Movarounnahrga bo’lingan. 
Shohrux 15 yoshli o’g’li Ulug’bekni Samarqand hokimi, Amir Temurning safdoshi – 
askarboshi Shoh Malikni esa unga Otabek qilib tayinlaydi. 1411 yildan e’tiboran, 17 
yoshli Ulug’bek Movarounnahr va Samarqandni mustaqil boshqardi. «U odil sudlov 
va boshqarishni amalga oshirishda maqtovga sazovor qoidalarga rioya qildi», – degan 
edi Davlatshoh Samarqandiy. Ulug’bek otasidan ikki yil keyin, o’z o’g’li 
Abdullatifning fatvosi bilan 1449 yilda o’ldirildi. Undan keyingi davrda Dasht 
o’zbeklarining ikki daryo oralig’i ishlariga aralashuvi kuchayib, ularning xoni 
Abulxayrxon yordamida Mironshoh avlodlaridan bo’lgan Abu Sayid (1451-1469) 
hokimiyatni qo’lga oladi. U Eronda Temuriylar hukmronligini tiklash uchun qilingan 
urushda asir olinib, qatl etilgach, hokimiyat uning avlodlariga o’tadi. Xurosonda esa 
Umarshayx avlodlaridan Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo’ladi. XV asrning oxiri 
– XVI asrning boshlariga kelib, Temuriylar davlati o’zaro taxt talashishlar va Dasht 
o’zbeklarining hujumlari ostida halokatga uchradi. Xullas, Amir Temur, eng avvalo, 
xalqini va yurtini zolimlar iskanjasidan ozod etishda mardlik va jasorat ko’rsatdi. 
Vatan iqboli, shonu shavkati uchun fidoyilarcha kurashdi, o’zi aytganidek, «saltanat 
to’nini kiygach», tinchligu sog’lig’i ketdi, o’z to’shagida rohatda uxlash, huzur-
halovatidan voz kechdi. Ammo u «adlu insof bilan jahon gulshani obod bo’lur» deya, 
o’zidan yaxshi nom qoldirdi. Bugunda u tuzgan qudratli davlatning mohiyati va 
tarixda tutgan o’rniga ahamiyat berib, uning o’zbek davlatchiligi borasidagi eng 
yaxshi an’analarini o’rganish, davlatining vujudga kelishini yanada kengroq tahlil 
etish bugungi davlatchilik ishlarimizda juda qo’l keladi. Shunday qilib, Amir Temur 
saltanatining tashkil topishi tasodifiy bir hol bo’lmasdan, butun XIV asr ijtimoiy-
siyosiy voqealari rivojlanishidagi tarixiy jarayonning taqozosi edi. Markazlashgan 
davlat tashkil topishining ichki va tashqi shart-sharoitlari mavjud edi. Ichki sabablari: 
a) Chig’atoy ulusining inqirozi va siyosiy tarqoqlikning kuchayishi mamlakatning 
iqtisodiy ahvolining tobora og’irlashib borayotganligi, shuning uchun dehqonlar, 
chorvadorlar, hunarmandlar, savdogarlar-barcha aholi mamlakatni mo’g’ul zulmidan 
xalos qilish va uni birlashtirish tarafdori edi; b) mo’g’ullar istibdodining o’rnatilishi, 
Chig’atoy xonlaridan to Tarmashirin davrigacha islom dini mavqeini juda pasaytirib, 
uning obro’sini tushirib yuborgan edi. Davlatda islom dini mavqeini tiklash butun 
ruhoniylarning xohishiga aylangan, ular tezroq bu istibdodni tugatish tarafdori edilar; 
v) o’zaro urushlar, hokimiyat talashishlar xalqning tinka-madorini quritib yuborgan, 


73 
shuning uchun butun xalq istiqlol va yagona davlat tarafdori edi. Tashqi shart-
sharoitlariga kelganimizda: a) Oltin O’rda, Oq O’rda tomonidan Muovarounnahrda 
o’zgarishlar kuzatilar, vaqti-vaqti bilan Chig’atoy ulusi ishlariga aralashish hollari yuz 
berib turardi; b) Chig’atoy ulisi ikkiga bo’linib, Mo’g’uliston tashkil topgan va uning 
qudratli xoni Tug’luq Temurxon bu ulusni o’z davlatiga qo’shib olish uchun ikki 
marta Movarounnahrga qo’shin tortib kelishi, ya’ni qaytadan mo’g’ullar 
hukmronligini tiklashga intilish mavjud edi. Ana shu shart-sharoitlar Amir Temurning 
markazlashgan Turkiston saltanatining tashkil topishini tezlashtirdi. 

Download 4,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish