«Birgalikda o’qiymiz» texnikasidan foydalangan
holda guruhlarda ishni tashkil etish jarayonining tuzilishi
1. Bilim darajasiga qarab 3-5 kishidan iborat bo’lgan har xil turdagi guruhlar
51
tuziladi.
2. Har bir guruhga
bitta
to’shiriq beriladi –umumiy mavzuning bir
qismi,
uning ustida butun o’quv guruhi ish olib boradi hamda tayanchlar –
eks’ert
varaqlari
– taqdim etiladi.
3. Har bir guruh ichida umumiy to’shiriq taqsimlanadi.
3.
Hamma
yakka tartibdagi to’shiriqni
bajaradi.
4.
Barcha guruh a’zolarining mini-ma’ruzalari tinglanadi. Umumiy natija (butun
eks’ert varag’i bo’yicha savollar javobi)ni shakllantiradi va uni taqdimotga
tayyorlashadi.
7. S’iker yoki guruh barcha a’zolari birgalikda bajargan ish natijalarini
taqdimot etishadi.
MA’RUZA MATNI
52
Kirish
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritgach, vatanimiz
tarixini yana ham chuqurroq o’rganish imkoniyati vujudga keldi. Sal kam bir yarim
asr davom etgan, dastlab rus podshosi, so’ngra bol’sheviklar o’rnatgan sho’ro
saltanatining mustamlakachiligidan ozod bo’lish katta tarixiy voqea bo’ldi. Uning aks
sadosi mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va milliy qadriyatlarni, o’zlikni anglash,
ayniqsa, tariximizga bo’lgan munosabatda ham yaqqol ko’rinib turibdi. O’zligini
anglashga bel bog’lagan har bir xalq va millat avvalo buyuk ajdodlari, siyosiy, harbiy
arboblari va ulug’ allomalarining mamlakat qolaversa jahon tarixida tutgan o’rni,
xizmatlarini e`zozlashni o’rniga qo’yadi, boshqalarga ham uni e`tirof ettiradi. Biz
tutgan bu yo’l buyuk sohibqiron Amir Temur, Ahmad Yassaviy, Iso at-Termiziy,
Imom al-Buxoriy, Najmiddin Qubro, Ahmad Farg’oniy, Mirzo Ulug’bek, Bobur va
boshqa allomalarimizning tavallud topgan sanalarini nishonlashda o’z isbotini topdi.
O’zbekiston Respublikasini XXI asrda jahonning ilg’or va etakchi davlatlari
qatorida bo’lishini ta`minlashga qodir va qobil izdoshlarga ehtiyoji kun sayin ortib
bormoqda. Ular ona Vatan-O’zbekiston manfaatlarini har jihatdan, chunonchi siyosiy,
iqtisodiy, harbiy, ma`naviy-ruhiy himoya qila oladigan salohiyatga ega bo’lishlari
lozim. Buning uchun nafaqat hozirgi zamon dunyoviy ilmlarini, balki o’tmishda
o’tgan buyuk bobolarning hayoti va faoliyatini mukammal bilishlari shu kunning
asosiy talabi hisoblanadi. Bularni egallamay turib biror bir shaxs komillik darajasiga
erisha olmaydi.
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligi, ma’naviyati o’zining salohiyati,
mazmuni, tarbiyaviy kuchi va ta’siri bilan xalqimiz tarixida alohida o’rin tutadi.
Shuning uchun ham Prezidentimiz qayd etganlaridek, «...bizning tariximizda Amir
Temurdek ulug’ siymo bor ekan, uning qoldirgan merosi, pandu o’gitlari bugungi
hayotimizga hamohang ekan, oldimizda turgan bugungi muammolarni echishda bizga
qo’l kelayotgan ekan, bizning bu merosni o’rganmasdan, ta’riflamasdan, targ’ibot
qilmasdan haqqimiz yo’q».
O’zbekiston o’zining davlat mustaqilligiga erishgach, uning bir necha ming yillik
ijtimoiy-siyosiy tarixini har taraflama o’rganish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Ayniqsa, markazlashgan Amir Temur saltanati, uning o’zbek davlatchiligi va
madaniyatini rivojlantirishdagi o’rni masalalariga oydinlik kiritilib, tarixchi,
sharqshunos olimlarimiz ko’plab birinchi manba ahamiyatidagi asarlarni o’zbek tiliga
tarjima qilib, nashr ettirdilar.
Davlatimizning siyosati va xalqimiz xohish-irodasiga asoslangan Vazirlar
Mahkamasining 1994 yil 29 dekabrda «Amir Temur tavalludining 660 yilligini
nishonlash to’g’risida»gi qarori, 1995 yil 26 dekabrda esa Prezidentimizning «1996
yilni Amir Temur yili deb e’lon qilish to’g’risida»gi farmonlari qabul qilindi. 1996 yil
martida «Temuriylar tarixi» davlat muzeyini tashkil qilish xususida, «Amir Temur»
ordenini ta’sis etish to’g’risida farmonlar chiqdi. YuNESKO qarori asosida Amir
Temur tavalludining 660 yilligi butun dunyoda keng nishonlandi. 1996 yil aprelida
shu tashkilotning Parijdagi bosh qarorgohida «Temuriylar davrida fan, madaniyat va
ta’lim ravnaqi» mavzuida ilmiy konferensiya o’tkazilib, Buyuk davlat arbobining
tarixdagi o’rniga yuksak baho berildi. «Amir Temur jahon tarixida qudratli va gullab-
yashnagan davlat barpo etgan buyuk sarkarda va davlat arbobi sifatidagina mavqei
tutmaydi. U o’z poytaxti bo’lmish Samarqandni er yuzining chinakam madaniy va
53
ilmiy markazlaridan biriga aylantirdi. Bu ulug’ zot qurdirgan me’morchilik va xalq
san’atining javohirlari yanglig’ bugungacha qad ko’tarib turgan osori atiqalar shahar
va qishloqlarimiz ko’rkiga ko’rk qo’shib kelyapti.
Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati, davlatlar o’rtasida do’stona
munosabatlar o’rnatilishi va iqtisodiy aloqalar rivojlanishining tarafdori sifatida ham
mashhur edi. U olimlar va hokimlar, me’morlar va shoirlarning buyuk homiysi
yanglig’ dong chiqargan».
Davlat mustaqilligiga erishib, bugungi kunda demokratik-huquqiy davlat
qurayotgan xalqimiz Vatanimiz tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va
qarashlarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi, uning yuridik manbalari, dunyoviy
huquq va qonunchilik masalalarini ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu nuqtai
nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida dolzarblik
kasb etadi. Zero, o’tmish merosimiz, uning boy davlatchilik va huquqiy asoslari,
xususan, Amir Temur davrida davlat va huquq borasida qo’llanilgan adolatli
tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga ham xizmat qilib, shaxsning yuksak
siyosiy, axloqiy va huquqiy madaniyatini shakllantirishda ko’maklashmoqda.
Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy tarixiy manbalar benihoya ko’p
va xilma-xil bo’lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli beqiyos ekanligi va g’oyat
mashhurligidan dalolat beradi. Bu masalalarga oid manbalarning ilmiy tahlili
jamiyatshunos olimlarimiz asarlarida, ayniqsa, o’zbek, rus, ingliz tillarida nashr
etilgan «Amir Temur jahon tarixida» nomli fundamental tadqiqotda batafsil berilgan.
Ushbu tadqiqotda mazkur mavzu bo’yicha jahonning turli tillarida nashr etilgan
adabiyotlar ro’yxati ham keltirilgan, shuningdek, Amir Temur, Temuriylar davlati,
uning tashkil topishi masalalariga bag’ishlangan, chet ellarda va Respublikamizda
olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy tahlili ham bir qator olimlarimizning kitoblarida
yoritilgan.
«Temur tuzuklari» ilmiy jamoatchilikni 600 yil mobaynida qiziqtirib kelmoqda.
Albatta, ushbu davrda yaratilgan adabiyotlar juda ko’p, mavjud adabiyotlarni agar
yaratilish sanalariga ko’ra tasnif etsak, uch davrni ajratib ko’rsatsa bo’ladi: 1) tuzuklar
bo’yicha 1917 yilgacha olib borilgan tadqiqotlar; 2) sho’rolar davrida yozilgan
asarlar; 3) mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy izlanishlar.
Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida o’zining siyosiy-iqtisodiy manfaatlaridan
kelib chiqib, Turkistonni o’z ta’sir doirasiga olgan, o’lkada mustamlakachilik rejimini
o’rnatgan mustamlakachi ma’murlar Turkistonning boy ma’naviy-huquqiy merosiga
duch keldilar va bu merosni o’zida aks ettirgan ba’zi asarlar, jumladan, «Temur
tuzuklari» o’sha davrdayoq rus tiliga tarjima etildi va ilmiy jamoatchilikka
tanishtirildi. O’sha davrdagi rus olimlaridan biri D.I.Logofet «Tuzuklar»ni o’rganib
va unga yuksak baho berib: «Turkistonda huquqiy davlat va Konstitusion Kodeks
Yevropadan 500-400 yillar oldin vujudga kelgan», degan fikrni ilgari suradi. Ba’zi rus
olimlari esa «Temur tuzuklari»ga past nazar bilan qarab, uning muallifi Amir Temur
ekanligiga, hatto, shubha bildirganlar. Ana shulardan birinchisi – taniqli sharqshunos
olim V.V.Bartold o’zining 1918 yilda nashr ettirgan dastlab «Ulug’bek va uning
davri» asarida, shuningdek, keyinchalik 1928 yilda chop etilgan «Mir Alisher va
siyosiy hayot» nomli maqolasida ushbu fikrni olg’a surib va rivojlantirib, «Temur
tuzuklari» XVII asrda Hindistonda bitilgan asar degan fikrni ilgari suradi.
54
V.V. Bartoldning ushbu fikrlari o’sha davrdagi hukmron siyosatga hamohang
aytilganligi yaqqol ko’rinib turibdi. Bunday yondashishlar asosida turkiy xalqlarning
qadimiy davlatchilikka ega bo’lganligi, uning o’ziga xos huquqiy manbalari hamda
ularni yaratish an’analari mavjud bo’lganligini kamsitib ko’rsatish niyatlari yotadi.
Bunday fikrlar davlat va huquq tarixi bilan shug’ullanuvchi rus va sobiq sovet
olimlari o’rtasida ham o’z samarasini bergan. Sobiq sovetlar davlati va huquqi
tarixining (to’g’rirog’i, Rossiya) birinchi darslik kitobini yozgan S.V.Yushkov
«Temur tuzuklari»dek huquq manbaini ko’rmaslikka olib, O’rta Osiyo xalqlarining
huquqiy manbalari faqat «Qur’on va unga berilgan sharhlar hamda «Hidoya» dangina
iborat», degan xato fikrning shakllanishga olib keldi. Ushbu fikr tarixiy-huquqiy
fanlarda 90-yillargacha hukmron bo’lib qoldi. «Pravda Vostoka» gazetasining xabar
berishicha, 1930 yillarda «Temur tuzuklari»ni o’rganish va uning barcha tahrirlarini
to’plash maqsadida, huquqshunoslardan iborat maxsus guruh ham tuzilgan.
«O’zbekiston huquqi va sovet qurilishi ilmiy tadqiqot instituti qoshida tashkil qilingan
bu guruh Tuzuklarning o’zbekcha va ruscha tarjimalarini topib to’plagan», deb xabar
beradi gazeta, agar bu haqiqatan shunday bo’lsa, biror joyda, ya’ni institut
kutubxonasi yoki arxivlarda turgandir ular... «Eng avvalo, rus tilida tegishli sharhlar
bilan to’la tarjimasini bosib chiqarish rejalashtirilgan. Buxoro, Samarqand va
Shahrisabz kabi shaharlar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni o’rganish uchun ilmiy
xodimlar yuborilgan. O’sha vaqtda Butunittifoq fanlar akademiyasining «Sovet
qurilishi va huquqi» institutining direktori bo’lib ishlab turgan prof. Pashukanisning
shaxsan o’zi bu ishga rahbarlik qilgan».
Agar O’zbekistondagi bu olimlar guruhi faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, ular to’plagan
hujjatlar biror joyda turgandir yoki ular ham Moskvaga olib ketilganmi?!. Ammo
keyinchalik na matbuotda, na yuridik adabiyotlarda bu borada biron xabar yo’q. Sirli
ravishda shu yo’nalishdagi ilmiy izlanishlar noma’lum sabablarga ko’ra to’xtatib
qo’yilgan, uning faoliyatiga oid hisobotlar nashr etilgan yoki etilmagani noma’lum.
1969 yilda YuNESKO tomonidan Samarqandda Temur va Temuriylar davrida
Markaziy Osiyoning san’ati va madaniyatini o’rganish bo’yicha xalqaro
konferensiyaning o’tkazilishi munosabati bilan bu tarixiy manbaga e’tibor kuchaydi.
Ayniqsa, akademik I.M. Mo’minov bu borada katta jonbozlik ko’rsatdilar. 1968 yilda
N.Ostroumov tomonidan rus tiliga qilingan tarjimaning fotonusxasi matni
I.Mo’minovning so’z boshisi bilan «Fan» nashriyotida chop etildi. Shuningdek,
olimning «Amir Temurning O’rta Osiyo xalqlari tarixidagi o’rni va roli» risolasi ham
nashr etildi. Bu asarda Sohibqironning xizmatlariga xolisona baho berildi. Shundan
keyin respublikamizning ko’zga ko’ringan tarixchi-huquqshunos olimlari
O.I.Eshonov, X.S.Samatova va Sh.Z.O’razaevlar tomonidan yozilgan «O’zbekiston
davlati va huquqi tarixi» darslik kitobida uning huquqiy belgilari ochib berildi. Shuni
alohida ta’kidlash lozimki, «Tuzuklar»ni haqiqiy ilmiy jihatdan o’rganish, uni turli
tillarga tarjima qilish, sharhlash, asarning turli nusxalarini nashr etish, «Tuzuklar»ning
tarixiy manba sifatidagi qiymatini isbotlab berish uchun faqat mustaqillikka
erishganimizdan keyingina to’la sharoit yaratildi. Bu borada tarixchi olimlarimizdan,
ayniqsa, akademik B.A.Ahmedov va N.A.Ahmedov, H.Karomatov, shuningdek,
huquqshunoslardan H.B.Boboev, A.X.Saidov, J.T.Toshqulov va boshqalarning
yaratgan asarlarini ko’rsatish mumkin. Ushbu mualliflarning ishlarida «Tuzuklar»,
uning vujudga kelishi, «Tuzuklar»dagi davlat va huquq masalalari ochib berilgan.
55
Ularning tadqiqotlari mahsuli o’laroq olingan natijalar darslik va o’quv
qo’llanmalariga kiritilgan.
H.Bobobekov, H.Boboev va A.Quronbekovlar «Temur tuzuklari»ning bir necha
nusxalarini topdilar, ularni tadqiq etib, hozirgi zamon alifbosiga o’girdilar, tegishli
izoh va lug’atlar bilan nashr ettirib, Temuriylar davlati hamda «Tuzuklar»ni
o’rganishga katta hissa qo’shdilar. Jumladan, 1776 yilda ko’chirilgan fors tilidagi
nusxadan 1858 yilda Pahlavon Niyoz Devonbegi tomonidan Xivada o’zbek tiliga
o’girilgan nusxaning Sankt-Peterburg kutubxonalaridan topib, chop ettirilishi
tadqiqotchilar uchun katta tuhfa bo’ldi.
Bulardan tashqari, o’zbek davlatchiligi, xususan, Temur va Temuriylar davlatining
tashkil topishi, ijtimoiy xususiyatlari masalalari bir qator tarixchi olimlarimiz,
jumladan,
A.Ahmedov,
H.Z.Ziyoev,
A.H.Ziyoev,
A.Muhammadjonov,
R.G.Muqminova,
A.Sog’uniy,
A.
O’rinboev,
U.Uvatov,
T.Fayziev;
huquqshunoslardan A.X. Saidov, A.To’laganov, A.Sh.Jo’zjoniy, M.M.Fayziev,
S.M.Xidirov va boshqalarning ishlarida u yoki bu darajada tadqiq etildi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, hozirda Buyuk Amir Temurning hayoti va
faoliyatiga bag’ishlangan ko’plab konferensiya va anjumanlar o’tkazilmoqda. Ammo
afsuski, ularning Tuzuklarga oid materiallarida deyarli yangiliklar yo’q. Ba’zi
dissertasiyaviy tadqiqotlar ishlarida qaysi nusxa yoki tarjimaning asl ekanligini
bilmasdan, tadqiqotchi xatoliklarga va noaniqliklarga yo’l qo’ygan hollari ham
mavjud.
Hozirgi kunda bu boradagi tadqiqotlarning yutuq va vazifalarini belgilab
beradigan hamda yangi fikrlar berib, tadqiqotlarga undaydigan ishlar qatori:
sharqshunos Ubaydulla Uvatovning «Temur tuzuklari Makkadamikan?» O’zbekiston
xalq yozuvchilari Muhammad Alining «Buyuk obidaga ehtirom», Pirimqul
Qodirovning «Ma’naviyatimiz tarixida Temur tuzuklarining o’rni», sharqshunos olim
Habibulla Karomatovning «Temur tuzuklarini O’zbekistonda o’rganish muammolari»
kabi ishlarni ko’rsatish mumkin.
Tadqiqot manbalariga kelsak, davlat va huquq tarixi, nazariyasi, siyosiy hamda
huquqiy ta’limotlar tarixiga oid asarlar, mustaqillik yillarida o’zbek tiliga o’girilib,
nashr etilgan mumtoz tarixchilarning asarlari, «Temur tuzuklari»ning turli nashrlari va
nusxalari, tarixchi, sharqshunos va huquqshunos olimlarimizning asarlari, Amir
Temur tavalludining turli sanalari munosabati bilan o’tkazilgan ilmiy amaliy
konferensiyalar, shuningdek, ushbu mavzuga bag’ishlangan ilmiy-nazariy
konferensiyalarning
materiallari va tavsiyalari qo’yildi hamda foydalanildi.
Ushbu tadqiqotimizning obekti albatta, eng avval, tarixiy manbalarning o’zi va
olimlarimizning bu boradagi ishlaridir. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, tarixiy
manbalarni tarixiy-huquqiy tadqiq etishning o’ziga xos qiyinchiliklari hamda
muammolari mavjud. Bular orasida, eng birinchi o’rinda, manbaning bizga katta
tarixiy dovon orqali etib kelganligi tufayli, uning qo’lyozma, toshbosma hamda turli
tillarga qilingan tarjima nusxalari (spiska)ning ko’pligi natijasida ba’zi noaniqliklar,
bir-biriga ziddiyatli holatlarining mavjud bo’lishidir. Temur tuzuklari ham ana
shunday manbalardan biri bo’lib, tadqiqotimizning asosi sifatida o’zbek tilidagi
nusxalarga tayandik. Bular asosan quyidagilar:
1. Qo’qon xoni Muhammad Alixon (1822-1841)ning buyrug’iga ko’ra, Xo’jand
qozisi Nabijon Mahdum Xotif Xo’jandiyning 1836 yilda (hozirda asl nusxasi Sankt
56
Peterburdagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan) forscha nusxadan o’zbek tiliga
qilingan tarjima nusxasi. Bu nusxa Amir Temurning 39 yoshlarigacha bo’lgan
ijtimoiy-siyosiy voqealarni o’z ichiga olib, taniqli olimlar H.Bobobekov, H.Boboev,
A.Quronbekovlarning so’z boshi lug’at va izohlari, nusxaning faksimeliyasi bilan ikki
marta 1999 va 2000 yillarda «Temur tuzuklari», «Zafarnoma» nomlari bilan nashr
etilgan.
2. 1856-1857 Xorazmda (Xivada) Muxammad Yusuf ar Rojiy tomonidan
qilingan tarjima. H. Bobobekov, H. Boboev va A.Quronbekovlarning fikriga ko’ra,
eng qisqa tarjima bo’lib, uning asl nusxasi Sankt-Peterburgda saqlanmoqda.
3. Xivada 1858 yili Pahlavon Niyoz Devon tomonidan qilingan tarjima. Bu asar
«Malfuzot», «Qissai Temur» (tarjimaga asos bo’lgan 1766 yili fors tilidagi nusxa
«Malfuzoti Temuriy» deb atalgan) nomlari bilan atalgan tarjima. Har ikkala
tarjimaning
asli
nusxasi
ham
Sankt-Peterburgda
Sharqshunoslik
instituti
kutubxonasida. Ushbu nusxa hajm jihatidan katta bo’lib, H.Bobobekov, H.Boboev,
A.Quronbekovlarning katta mexnatlari tufayli «Qissai Temur» 2000 yil nashr etilgan.
4. 1967 yil taniqli olim Alixon To’ra Sog’uniy tomonidan (1885-1976) O’rta
Osiyo va Qozog’iston musulmonlari bosh idorasining kutubxonasida saqlanayotgan
forscha nusxasidan o’zbek tiliga tarjima («Guliston», 1967,8-son) hamda Alixon
Sog’uniy va Habibulla Karomatovlar tarjimasi (1991, 1996, 2005 yillar nashr etilgan).
Ushbu nashrlarda fikrimizcha, asosan davlatni boshqarish qoidalari va harbiy qurilish
haqidagi qoidalar to’plangan. Tarjimai hol qismiga oid ma’lumotlar qisqaroq. Ammo
uchinchi nashri juda chiroyli va katta izohlar bilan taniqli olimlarimizning so’z boshi
hamda fikrlari bilan nashr etilgan.
5. «Men kim fotihi Temur» (Manam Temuri jahonkusho). Fransuz tilidan fors
tiliga Zabihulloh Mansuriy, fors tilidan o’zbek tiliga Abdurahim Uchqun tarjimalari.
Bu asar Amir Temurning o’z qo’llari bilan o’z tillaridan bayon tarzda yozilgan bo’lib,
«Temur tuzuklar» ning birinchi, tarjimi hol qismiga nisbat beriladi. Ammo «Sharq
yulduzi» jurnalida manbaning ettinchi fasligacha bosilib, keyinchalik uning alohida
mustaqil bir asar ekanligi ma’lum bo’lgach, nashr etish to’xtatilgan.
Tarixda o’tgan buyuk shaxslarimiz, ayniqsa. Amir Temurning hayoti va faoliyati
bunda asosiy mezon bo’la oladi. Uning har qanday mushkul siyosiy, harbiy,
diplomatik vaziyatlardan chiqib keta olish zakovati, mardligi, jasorati, vatanparvarligi,
topqirligi, temir irodaviy xususiyatlari avlodlar uchun ibrat, hayot maktabi, vatanga
xizmat qilish namunasi bo’lib qolishi lozim.
Endigi gap ana shunday bemisl va betakror, butun jahon e`tirofiga sazovor
bo’lgan buyuk siyosiy va harbiy arbob, fan vak madaniyat homiysi sohibqiron Amir
Temurning hayotini chuqur va zehn bilan o’rganishda qolgan. Yoshlarimiz uni
qanchalik mukammal o’rgansalar, undan shunchalik saboq oladilar. O’zbekistonning
sobitqadam, jasur, aql-idrokli ona vatan qudratini jahonga ko’z-ko’z qilishga qodir va
xos fidoiy farzandlari bo’lib etishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |