79
Yuqorida aytganimizdek, jahon sharqshunosligida 600 yildan beri Amir
Temurga bag’ishlangan ko’pdan-ko’p tarixiy ilmiy va badiiy asarlar, risola va
maqolalar chop etib kelindi. Avvalambor, bu sohibqiron bilan zamondosh va bevosita
muloqotda bo’lgan, uni ko’rgan yoki eshitgan mualliflarning asarlari, sharqona
tarixnavislik an`analariga rioya qilib bitilgan solnomalardir.
Bunday asarlar qatoriga sharqning mashhur olim va adiblaridan Sharofuddin
Ali yazdiy va Nizomiddin Shomiyning «Zafarnoma»lari, Ibn Arabshohning «Amir
Temur tarixi» Hofiz Abro’ning «Tarix sirasi», G’iyosiddin Alining «Temurning
Hindistonga yurish kundaligi», Mirxondning «Sofldik bog’i», Muiniddin
Natanziyning «Tarixlar» saylanmasi va asarlar kiradi. Ammo Amir Temur
zamondoshlari qalamiga mansub barcha asarlarni birdek ob`ektiv xolis yozilgan deb
bo’lmaydi.
Islomiy olimlar asarlarida Amir Temurning bir-biriga qarama-qarshi ikki xil
obrazi mavjud. Birinchisi-go’yo Amir Temur atrofdagilarga qo’rquv va dahshat
soladigan berahm, qattiqqo’l hukmdor va sarkarda. U o’z maqsadiga erishishda har
qanday imkoniyatni, bu unga qimmatga tushsa ham, qo’ldan boy bermaydi, o’z qo’li
ostidagilar hayotini yaxshilash, mazmunli qiziqarli qilish haqida tashvish chekmaydi,
zero, uning tasavvurida hayot bu omad, mehnat va doimiy kurashdir.
Ikkinchisi-aql-farosatli, adolatli hukmdor, u yomonlik va axloqsizlikni ko’rishga ko’zi
y
o’q, cheksiz harbiy talant sohibi. U harbiy harakatlar olib borish texnikasini
bekamu-ko’st biladi. Amir Temur davlatchilik, fan va me`morchilik rivojiga katta
hissa qo’shgan insondir.
Birinchi obraz ko’proq arab va forsiy manbalarda keng tarqalgan. Bu narsa
ko’proq birinchi navbatda amir Temurning Movarounnahr davlatini birlashtirish
uchun olib borgan ko’p sonli yurishlari, so’ng esa, G’arbiy, Shimoli-G’arbiy, Sharqiy
Hindistonni zabt etish uchun olib borgan yurishlari oqibatidir. Bu yurishlar Amir
Temur faoliyatining katta qismini tashkil etgan va unga sohibqiron o’zi ham alohida
ahamiyat bergan. Katta bir buyuk davlatni boshqarish ham o’z navbatida undan katta
kuch va doimiy suratda urushga tayyor turishni talab qilgan.
Amir Temurning bunday obrazi yoyilishiga yana bir sabab uni mo’g’ul
CHingizxon bosqinchilariga aloqador hisoblashlari va Schingizxon bilan qarindosh
deb o’ylashlaridir. Gap shundaki, mo’g’ullar tomonidan amalga oshirilgan barcha
vayrongarchilik va urushlar aybi asossiz ravishda Amir Temurga nisbatan ham
berilgan. Holbuki, Amir Temur hech qachon CHingizxon kabi qonxo’r va zolim
bo’lgan emas.
Amir Temur haqidagi bunday yanglish tasavvur qisman hozir ham uchrab
turadi. Lekin u mamlakatni boshqargan paytda bunyod etilgan va bizgacha etib kelgan
me`morchilik obidalari, san`at asarlarini ko’rsak, biz Amir Temurdagi nozik ta`b,
yuksak madaniyatni sezamiz va bu obrazning ijobiy fazilatlari ayrim manbalarda
xaspo’shlab o’tilganini ko’ramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: