O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi


Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to’plami, tezislar



Download 23,09 Mb.
bet137/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

Kitob, ilmiy jurnal, maqolalar to’plami, tezislar
to’plami bilan ishlash jarayonining tarkibi.



I. Босқич – адабиётларни, мундарижани тезкор кўздан кечириш ва кераклиларини белгилаб олиш.
Мақсад – тезликда керакли ва қизиқарли материални топиш.









Агарда сиз журнал, тўплам таркибий тузилмасини, сизга таниш олим ва тадқиқотчилар фамилиясини билсангиз, у ҳолда маълум бир мавзудаги материални излаш анча енгиллашади. Журнал ёки тўпламга биринчи маротаба мурожаат қилинганда ўқиш зарур бўладиган мақолалар номлари ҳошияларига белги қўйиш фойдадан холи бўлмайди.





II. Босқич – белгилаб қўйилган мақолаларни чуқур қараб чиқиш.
Мақсад – зарурий маълумотларни олиш.





Ушбу босқичда талаба ўзини матндаги керакли жойларни алоҳида белгилаш, ажратиш, матнни алоҳида маъноли бўлимларга бўлиш, қирқимлар қилиш кўникмаларига эга бўлади.




Bitiruv malakaviy ishni tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lganligi sababli u quyidagi tarkibiy qismlardan tuzilishi zarur:
bitiruv malakaviy ishning sar varag’i;
mundarija;
kirish qism;
asosiy qism (ilmiy izlanishning nazariy, tajriba tadqiqotlar natijasi) 2 – 3 bob yozilishi tavsiya etiladi;
xulosa va takliflar;
o’rganilgan va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati;
ilovalar.
Sar varag’ bitiruv malakaviy ishning birinchi varag’i hisoblanib belgilangan talablar asosida to’ldiriladi (ilova № ).
Mundarijada kirish, asosiy qismning boblarining va ularga tegishli paragraflar nomlari, ularning ishda boshlanishi joylashgan betlari va boshqa bo’limlar ko’rsatiladi. Mundarijadagi sarlavxalar malakaviy ishning asosiy matnidagi sarlavxalar bilan bir xil bo’lishi shart.
Kirish qismida malakaviy ishning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti, obekti, malakaviy ishda ko’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Kirish qismida quyidagilar yoritilishi lozim:
tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari;
mavzuning o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili;
tadqiqotning ilmiy yangiligi;
tadqiqot predmeti va obekti;
tadqiqotning ilmiy axamiyati.
Asosiy qismning tarkibi malakaviy ishning qaysi turga mansub ekanligiga bog’liq – hisob analitik yoki bo’lmasa muammoli tadqiqotlar.
Hisob analitik ishlarda talabalar iqtisodiyotning muayyan sohasi, hududi yoki boshqa tarkibiy qismiga bog’lagan holda amaliyotning konkret masalasini hal etishga o’zini bag’ishlaydi.
Muammoli tadqiqot ishlarda talabalar chuqur ilmiy izlanishlar olib borib muayyan bir muammoni ilmiy tarzda echilishini hal etib beradilar.
Asosiy qismning boblarini soni va mazmuni ishni turiga qarab belgilanadi. Odatda birinchi bobda tadqiqot olib borilgan obekt bo’yicha qisqacha ma’lumot berish bilan birga mavzuning umumiy nazariy masalalari, mavzuga mos keladigan tashkilot, muassasa, korxona yoki birlashmaning qisqa tavsifnomasi berilishi lozim. Mazkur bobda quyidagi paragraflar o’zaro mantiqiy izchillikda beriladi:
tadqiqot obektining funksiyalari, vazifalari, sohasi;
tashkiliy tuzilma, boshqaruv tizimi, uning tashqi va ichki aloqalarining o’ziga xosligi;
tadqiqot obektining texnik iqtisodiy ko’rsatkichlari;
tadqiqot obektida mavjud kamchilik va muammolar;
muqobil vazifalarni nazariy va amaliy hal etishning umumiy usullari.
Ikkinchi bobda ko’rilayotgan masalaning hozirgi ahvoli tahlil qilinadi, amaliyot davrida to’plangan statistik materiallar asosida tadqiqot obektida mavjud kamchiliklarni yo’qotishga qaratilgan takliflar va tavsiyalari asoslanishi kerak. Tajriba orttirish vaqtida yig’ilgan hamda tadqiqot jarayonida tahlil qilingan meteriallar hal qilinmagan masalalar, muammolarni aniqlash va shunga muvofiq xulosalar keltiriladi. Muammoni o’rganish uslub va uslubiyati yoritiladi. Shunday qilib, ikkinchi bob malakaviy ish mazmunining asosiy g’oyasini ifodalaydi.
Uchinchi bobda muallif tomonidan o’rganib chiqilgan materiallar tahlili asosida erishilgan natijalar, yangiliklari, ixtirolar, me’yoriy ko’rsatkichlar, tavsiya etilayotgan texnologik jarayonlar asoslab beriladi, shunga mos jadvallar tavsiya etiladi, taklif etilayotgan obektni takomillashtirish yo’llari, iqtisodiy samaradorligi aniqlanadi, ilgari surilayotgan g’oya va takliflar ilmiy jihatdan asoslanadi.
Xulosa va takliflar qismi malakaviy ishning umumiy xajmining 5-7 foizini tashkil etadi. Unda ish mazmuni bo’yicha ishlab chiqilgan xulosalar va aniq takliflar, erishilgan natijalar mujassamlashtiriladi. Malakaviy ish ayrim boblardagi xulosalar va takliflar bilan ham tugallanishi mumkin, ammo undan eng muximlari ishning oxirida, ya’ni xulosa bo’limida aks ettirilishi kerak.
Asosiy qism tarkibi malakaviy ish rejasida beriladi. Reja quyidagilarni amalga oshirishga imkon yaratadi:
fikrlar ketma ketligini o’zida mujassam etadi va umumlashtiradi;
matn mazmunini ochib beradi;
manba mazmunini xotirada tiklaydi;
konspekt va tezislar o’rnini bosadi;
har xil turdagi yozishmalar, ma’ruza, xabarnoma, hisobot tuzishga yordam beradi;
amaldagi yozmani yaxshilaydi;
o’z o’zini nazorat qilishni tezlashtiradi;
e’tiborning bir nuqtada bo’lishligiga va mashg’ulotlarni rag’batlantirishga imkon beradi;
yaxshi tanish matnning xotirada paydo bo’lishida foydalaniladi.











Download 23,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish