2. toshkent viloyatining tashqi savdo aylanmasi



Download 21,64 Kb.
Sana13.06.2022
Hajmi21,64 Kb.
#666350
Bog'liq
mundarija


mundarija.
1. Kirish
2. TOSHKENT VILOYATINING TASHQI SAVDO AYLANMASI
3.

kirish
Toshkent viloyati mamlakatning sanoati yuqori darajada rivojlangan viloyatlardan biridir. Uning geografik oʻrni iktisodiyotining ravnaq topishiga imkon beradi. Viloyat xoʻjalik kompleksi, asosan, poytaxt xoʻjalik kompleksini toʻldiradi. Ayni paytda viloyat respublika sanoat mahsulotining 20 %ni, elektr energiyasining 45 %ni, koʻmirning 98 %ni, sementning 43 %ni, poʻlat va metall prokatining 100 %ni, rangli metallarning asosiy qismini ishlab chiqaradi. Vshtoyatda 190 ta sanoat, 160 dan ortiq qoʻshma, 20 mingdan ortiq kichik va oʻrta biznes subʼyektlari faoliyat koʻrsatadi. Eng muximlari: „Gʻishtchi“ (Angren), „Agat va Farhod“ (Boʻstonliq tumani), „Metallurfemont“ (Bekobod), „Orion“ (Qibray tumani).


Sanoatining yetakchi tarmoklari — energetika, mashinasozlik, metallurgiya, koʻmir, kon metallurgiyasi, kimyo sanoati, poyabzal, paxta tozalash, oziq-ovqat sanoati, toʻqimachilik hamda qishloq xoʻjaligi. mahsulotlarini qayta ishlash.
Viloyatda sanoat korxonalaridan Bekoboddagi Oʻzbekiston metallurgiya, Olmaliqdagi konmetallurgiya, Yangi Angren, Toshkent issiqlik elektr styalari hamda Chirchikdagi oʻtga chidamli va qiyin eriydigan metallar kombinati ishlab turibdi.
Chirchikdagi „Elektrkimyosanoat“, Olmalikdagi „Ammofos“ va Angrendagi „Oʻzbekrezinatexnika“ ishlab chiqarish. birlashmalari Respublika kimyo sanoatidagi yirik korxonalardan xisoblanadi. Bu korxonalarda qishloq xoʻjaligi. va boshqa tarmoqdar uchun azotli va fosforli oʻgʻitlar, ammiakli selitra, kaprolaktam ishlab chikariladi. „Oʻzbekkimyomash“, „Chirchiq qishloq xoʻjaligi mashinasozligi“, „Transformator“ korxonalarida qishloq xoʻjaligi. uchun zarur boʻlgan paxta seyalkalari, kultivatorlar, podborshchiklar va ehtiyot qismlar va boshqa ishlab chikariladi.
Viloyatdagi „Toshkenttibtexnika“ (Qibray tumani), „OʻzBMZ“ (Toshkent tumani), „Gidravlika“, „Uskuna quruvchi“ (Zangiota tumani), Dalvarzin taʼmirlash zavodi (Bekobod tumani), Togʻ transporti uskunalarini taʼmirlash zavodi, „Angrengazmash“ (Angren sh.,) korxonalari yirik korxonalardan qisoblanadi.
Viloyatda, shuningdek, „Ohangaronsement“, „Santexquyma“, „Ohangaronshifer“, „Ohangaronlinplast“, „Bekobodsemtaʼmir“, „Gʻazalkentoyna“ kabi qurilish materiallari ishlab chikaradigan va qayta ishlaydigan korxonalar ham mavjud boʻlib, ularda sement, shifer, keramika, oyna, gʻisht, linoleum, temirbeton konstruksiyalari kabi mahsulotlar tayyorlanadi.
Oziq-ovqat sanoati xam rivojlangan. Bunda, asosan, mahalliy xom ashyodan mahsulot tayyorlanadi. Bu sanoat goʻshtsut, yogʻmoy, unqandolat, vinoaraq, tamaki va boshqa tarmoklarni oʻz ichiga oladi.
Oziq-ovqat sanoati paxtachilik mahsulotlari, bogʻdorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, chorvachilik va boshqalarga asoslanadi. Viloyatda 4 un zdi, konserva, pivo, araq, non va non mahsulotlari zdlari, sholi tozalash korxonalari bor. Yangiyoʻl sh. viloyat oziq-ovqat sanoatining markazlaridan biri. Bu yerda yogʻ, konserva, vino va spirt zdlari, qandolat fabrikalari mavjud. Chirchiq, Olmaliq, Angren shaharlari, Bekobod, Qibray, Zangiota, Toshkent, Boʻstonliq tumanlarida ham oziq-ovqat korxonalari koʻp.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoklari: paxtachilik, bogʻdorchilik, tokchilik, pillachilik; togʻ etaklarida lalmikor dehqonchilik (asosan, bugʻdoy va arpa yetishtiriladi). Ayniqsa, mustaqillik yillarida sohada iktisodiyetning koʻp tarmokli turlari shakllanib borayapti. Toshkent viloyatida 50 mingdan ortiq dehqon xoʻjaligi va 7,5 mingdan ortiq fermer xoʻjaligi faoliyat koʻrsatadi. Bugungi kunda dehqon va fermer xoʻjaliklarining yalpi mahsulotdagi salmogʻi 72 %ni tashkil etadi (2004).
Soʻnggi 10 yilda paxta urugʻchiligini rivojlantirishga eʼtibor ortib borayapti. Viloyat paxta seleksiyasi va urugʻchilik sohasida ilmiy izlanishlar natijasida jahon talablarini qondiruvchi tola, yuqori hosilli va tez pishar navlar yaratilmoqda.
Toshkent viloyati 1990-yillargacha SSSRda kanop yetishtiriladigan yagona region edi. Sirdaryo va Chirchiq sohillarida sholi yetishtiriladi. Keyingi yillarda viloyatda qishloq xoʻjaligi. ekinlari strukturasini oʻzgartirishga alohida ahamiyat berilyapti. Paxtachilik, gʻallachilik asosiy oʻrinlarni egallaydi. Toshkent viloyatida shuningdek, kartoshka, meva va rezavor mevalar, uzum yetishtirish ham yil sayin ortib borayapti. Pillachilik bilan shugullaniladi. Chorvachilik rivojlangan. Toshkent viloyatida 168 shirkat xoʻjaligi, 8 parrandachilik fabrikasi bor. Chorvachilik goʻshtsutga ixtisoslashgan.
Toshkent viloyatidagi barcha jamoa va xususiy xoʻjaliklarida 425,5 ming bosh kramol (shu jumladan, 190,3 ming sigir), 20,2 ming choʻchqa, 446,1 ming qoʻy va echki, 4018,2 ming parranda bor (2003).
Chirchiq — Ohangaron vodiysi obikor dehqonchilikning asosiy rnidir. Viloyatdagi barcha ekin maydoni 315 ming ga, shu jumladan, yerning 108,0 ming gektariga paxta, 135 ming gektariga boshokli don ekinlari, 5,8 ming gektariga texnika ekinlari, 17,4 ming gektariga kartoshka, sabzavot va poliz, 39,7 ming gektariga yemxashak ekinlari ekiladi. Bogʻ, tokzor 30,8 ming ga va 8,5 ming ga oʻrmonzorlar bilan band, pichanzor va yaylovlar 198,5 ming gektarni egallaydi (2003). Ekinlarni sugʻorishda, asosan, Chirchiq daryosi, qisman Ohangaron va Sirdaryodan foydalaniladi.
Toshkent viloyati respublika poytaxti aholisiga sut, goʻsht, tuxum, mevasabzavot yetkazib beradi. Kartoshka va sabzavot, asosan, Toshkent, Chirchiq, Yangiyoʻl, Angren shaharlari atrofidagi xoʻjaliklarda ekiladi. Zangiota va Qibray tumanlari Toshkent sh. aholisini kartoshka va sabzavot bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyatda tokchilik va bogʻdorchilik ham yaxshi rivojlangan. Bogʻlarda asosan, nok va olma oʻstiriladi. Bogʻlarning asosiy qismi Boʻstonliq, Qibray, Yangiyoʻl, Parkent, Ohangaron, Zangiota, Toshkent, Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan. Sharqiy togʻli va togʻ etaklaridagi tumanlarda, asosan, qoʻy va echkilar boqiladi. Echkilarning 40 % angor echkilari, qoʻylar esa hisor va jaydari qoʻylardir.
Viloyatda Quyi Chirchiq „Baliqchi“ tajriba namunaviy baliqchilik birlashmasi, Zangiotada Damachi balikchilik kti, Yangiyoʻl baliq chavoqlari yetishtirish davlat xoʻjaligi, Ixtiopatologiya markazi (Toshkent) va boshqa bor.

2. Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. Hukumatning bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini ta’minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. 2020-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatda tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 671,7 mln. AQSh dollariga yetdi va 2019-yilning shu davriga nisbatan 103,7 % ni tashkil etdi.


TSAda eksport hajmi 232,2 mln. AQSh dollariga (o‘zgarish sur’ati – 78,8 %) va import hajmi 439,4 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur’ati – 124,6 %) yetdi. Hisobot davrida 207,2 mln. AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi. So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan sanoat tuzilmasini diversifikatsiya qilishni, eksportni qo‘llab-quvvatlash, import o‘rnini bosuvchi tovar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada oshirilishi natijasida eksport tarkibida sezilarli o‘zgarishga erishildi.
Shuningdek, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, mamlakatlarni iqtisodiy-ijtimoiy, savdo-sanoat hamda madaniy sohalardagi aloqalarini rivojlantirish borasida katta ishlar amalga oshirilayotganini ko‘rish mumkin. Viloyatda tashqi savdoni qo‘llab-quvvatlash hamda MDH davlatlari bilan ushbu sohadagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2020-yilning yanvar-fevral oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 45,2 % ni tashkil etdi hamda tashqi savdo aylanmasi 2019 yilning shu davriga nisbatan 32,6 % ga oshdi. Boshqa xorijiy davlatlarning viloyat tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2019-yilning yanvar-fevral oylarida 64,7 % ni, 2020-yilning ushbu davrida tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 54,8 % ni tashkil qilgan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,0 % ga kamaydi.
MDH davlatlaridan Ukraina bilan faol tashqi savdo balansi hamda boshqa davlatlardan (qo‘shni davlatlardan tashqari) esa Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari bilan faol tashqi savdo balansi kuzatilganini ko‘rish mumkin. Boshqa davlatlardan TSAda eng yuqori ulush Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va Koreya Respublikasi davlatlari hissasiga to‘g‘ri keldi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi eksportning barqaror o`sishiga ko`maklashadi va bu o‘z navbatida ma’lum natijalarga erishish uchun zamin yaratadi. Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llabquvvatlash, eksportbop mahsulotlarni nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar eksporterlar tomonidan 232,2 mln. AQSh dollari qiymatdagi (2019-yilga nisbatan o‘zgarish sur’ati 78,8%) tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Eksport tarkibida tovarlar ulushi 99,6 % ni tashkil etib, bular asosan qora va rangli metallar (58,3 %), boshqa turdagi tovarlar (22,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari (9,3 %), paxta tolasi (4,1%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (3,2%) shuningdek, mashina va uskunalar (1,8 %) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
2020-yilning yanvar-fevral oylarida eksport qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibining tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, tovarlar va xizmatlar tarkibida sezilarli o‘zgarishlar qayd etilmadi, biroq shuni ta’kidlash joizki, 2019-yilning yanvar-fevral oylariga nisbatan, oziqovqat mahsulotlari hamda kimyo mahsulotlari va buyumlarida o‘sish kuzatildi. Oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismidan biri bo‘lgan 13,2 mln. dollar qiymat ega 28,3 ming tonnadan ziyod mevasabzavot eksport qilingan. Bu 2019-yilga nisbatan qiymatda – 3,9 va naturada – 3,0 barobar o‘sgan. Mеva-sabzavot mahsulotlarining eksport tarkibiga qaralsa, 8,7 mln. AQSh dollariga teng 23,6 ming tonnadan ortiq sabzavot, shuningdek 2,7 mln. AQSh dollari qiymatidagi 2,6 ming tonna meva va rezavorlar eksport qilindi (qiymat ko‘rinishidagi o‘sish sur’ati o‘tgan yilning shu davriga nisbatan mos ravishda 3,1 va 7,7 barobarga o‘sgan).
Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida meva va rezavorlar hamda sabzavotlarning eksport hajmi 11,4 mln. AQSH dollariga teng bo‘lib, umumiy eksportdagi ulushi 4,9 % ni tashkil etdi.
Respublikada import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga qaramasdan so‘nggi yillarda import hajmi oshib kelayotganligini kuzatish mumkin. Jumladan, hisobot davrida import hajmi 439,4 mln. AQSh dollarni (2019-yilning shu davriga nisbatan 124,6 %) tashkil etdi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbobuskunalar hamda ularning qismlari (34,9 %), boshqa turdagi tovarlar (29,6 %), qora va rangli metallar (13,2 %), oziq-ovqat mahsulotlari (10,3 %) hamda kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (5,9 %) hisobiga to‘g‘ri keldi. Tovar va xizmatlar importi dinamikasi tahliliga ko‘ra, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida import qilingan tovarlar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 85,7 mln. AQSh dollariga ko‘payib 439,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi, xizmatlar importi esa 6,2 mln. AQSh dollarga yetdi. 2020-yilda import qilingan tovarlar va xizmatlar tarkibi tahlili shuni ko‘rsatdiki, 2019-yilning shu davriga nisbatan mashina va asbob-uskunalar hamda ularning qismlari importining ulushi 31,9 % dan 34,9 % gacha o‘sdi, oziq-ovqat mahsulotlari va kimyo mahsulotlari importining ulushi esa 20,0 % dan 10,3 % ga va 9,2 % dan 5,9 % ga kamaydi. Shulardan 7 tа eng yirik bo‘lgan Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Koreya Respublikasi, Braziliya, Germaniya va Turkiya hamkor davlatlaridan jami import hajmi 376,0 mln. AQSh dollariga teng bo‘lib, bu umumiy import hajmining 85,6 % ini tashkil qiladi.
Toshkent viloyatida 2022- yilning yanvar-mart oylarida YAHM iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha qanday o‘sdi?

2022- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, YAHM o‘sishi 8,1 % ga yetdi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi YAHM umumiy hajmining 95,5 % ini tashkil etdi va 8,1 % ga o‘sdi (YAHM mutlaq o‘sishiga ta’siri 7,8 foiz punktni tashkil etdi). Mahsulotlarga sof soliqlarning YAHM tarkibidagi ulushi 4,5 % ni tashkil etdi va 2021- yilning yanvar-mart oylari bilan taqqoslaganda 10,0 % ga o‘sdi (YAHM mutlaq o‘sishiga ta’siri – 0,3 f.p.).
Faoliyat turlari bo‘yicha qo‘shilgan qiymatning o‘sishi quyidagicha bo‘ldi:
– qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida – 3,2 %;
– sanoatda – 9,6 %;
– qurilishda – 5,0 %;
– xizmatlar sohasida – 8,4 %.

xulosa
Harakatlar strategiyasi asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning dastlabki natijalari yurtimiz aholisi hayotida o‘zining yaqqol ifodasini topmoqda. Bu esa ularning ijtimoiy faolligi, ertangi kunga ishonchi mustahkamlanishida muhim omil bo‘layapti.


Mazkur dasturilamal hujjatning uchinchi — Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan.
Shundan kelib chiqib, bugungi kunda iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, ayniqsa, tadbirkorlik harakatiga keng yo‘l ochib berishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Binobarin, iqtisodiyotning liberallashtirilishi bu davlatni nomarkazlashtirish bo‘lib, uning iqtisodiy boshqaruvdagi funksiyalarini o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotlariga, xususiy sektorlarga o‘tib borishini anglatadi. Ushbu jarayonda ikkita muhim strategik vazifani hal qilish zarur. Avvalo, xususiylashtirilayotgan mulk haqiqiy mulkdorlar qo‘liga berilishi kerak. Chunki iqtisodiy munosabatlarni tubdan o‘zgartirish uchun real shart-sharoitlar yaratishga imkon tug‘dirilishi milliy ongning o‘sishi va tafakkur taraqqiyotiga olib keladi. Navbatdagisi, iqtisodiyotda ko‘p ukladlilikni hamda raqobat muhitini yaratish orqali davlatning mulkka bo‘lgan monopol huquqini tugatish, xususiy mulkchilikning turli shaklidagi korxonalarni barpo qilishdir. Bu, o‘z navbatida, jamiyat turmush sharoitiga bevosita ta’sir ko‘rsatib, odamlarning xususiy mulkka nisbatan qarashi o‘zgarishi, ijtimoiy ongning shakllanishiga xizmat qiladi. Eng muhimi, davlat mulki xususiylashtirilib, kichik biznesning rag‘batlantirilishi tufayli jamiyatda mulkdorlarning yangi qatlami vujudga keladi. Shu ma’noda, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan islohotlarning yangi bosqichida iqtisodiyotda davlat ishtiroki bosqichma-bosqich kamaytirilayotgani quvonarlidir.
Iqtisodiyot professional diagnostika asosida tahlil etilib, strategik harakatlar samaradorligini oshirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar natijasida 2017 yilda barqaror iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5 foizni tashkil qildi, eksport hajmi qariyb 15 foiz ko‘paydi. Tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi 854 million AQSh dollariga yetkazildi.
Agar mavjud salohiyat va imkoniyatlardan oqilona foydalanilsa, iqtisodiy ko‘rsatkichlar muttasil oshib boraveradi. Buning uchun iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash hamda yangilash tadbirlarini yanada jadallashtirish zarur. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, mamlakatimiz gaz va elektr energiya sohasidagi kapitalning texnologik eskirganligi hamda modernizatsiyalashtirilmaganligi sababli gaz ishlab chiqarishda tabiiy gazning 23 foizgacha, elektr uzatishlarda esa elektr energiyasining 20 foizgacha isrof bo‘layotgani juda achinarlidir. Bebaho boyliklarimiz behuda yo‘qotilishining oldini olish uchun texnologik qoloq hamda samarasiz ishlab chiqarish jarayonidan voz kechishimiz darkor. Zero, kapital yangilanmas ekan, texnologik rivojlanish ham bo‘lmaydi. Ammo kapital yangi bo‘lgani bilan uning ishlash texnologiyasi eski bo‘lsa, uning ham samarasi sezilmaydi. Buning yana bir salbiy oqibati shuki, malakali kadrlarga bo‘lgan talab ham pasayib boraveradi.
Prezidentimiz Oliy Majlisga Murojaatnomasida iqtisodiyotimizda yig‘ilib qolgan bunday muammolarni bartaraf etish uchun bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar qatorida, O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiya qilish bo‘yicha kuchli milliy g‘oya, milliy dastur kerakligini alohida ta’kidladilar. Bunday dasturning yaratilishi mamlakatimizda ilm-fan hamda texnologiyaning rivojlanishi va iqtisodiyotimizni modernizatsiyalashga ulkan hissa qo‘shadi.
Darhaqiqat, dunyoda ilm-fan hamda texnologiyani rivojlantirish dasturlari va ularning yutuqlarini amaliyotga keng joriy etish orqali o‘z taraqqiyot yo‘lini mustahkam qurgan davlatlar ko‘plab topiladi. Janubiy Koreya — ana shulardan biri. O‘tgan asrning 60-yillarida dunyoning qashshoq mamlakatlari safida bo‘lgan ushbu davlat texnologik rivojlanish hamda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish orqali jahonda yetakchilardan biriga aylandi. Xuddi shunday hayotiy dasturlar orqali Malayziya, Xitoy ham qoloq va agrar mamlakatdan sanoati taraqqiy topgan, jadal rivojlanayotgan davlat sifatida shakllandi. Ular rivojlangan davlatlar safidan tushmaslik uchun mudom kuchli raqobatga kirishish, o‘z pozitsiyasini yo‘qotib qo‘ymaslik payidan bo‘ladi. Tabiiyki, bunda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan, texnologik o‘zgarishlarni o‘zida mujassam etgan milliy dasturlar qo‘l keladi.
Hozirgi globallashuv hamda kuchli raqobat muhiti mamlakatlar oldiga innovatsiyalar va texnologik o‘zgarishlarni izchil amalga oshirish vazifasini qo‘ymoqda. Ana shu jihat inobatga olingan holda, yurtimizda innovatsion faoliyat uchun keng imkoniyatlar yaratilayapti. “Mirzo Ulugbek Innovation Center” markazi hamda Innovatsion rivojlanish vazirligi tashkil qilinganligi mazkur ishlarning debochasi bo‘ldi, deyish mumkin.
Kuchli milliy dastursiz modernizatsiyalash tadbirlari izchil bo‘lmasligi aniq. Shu bois ham texnologik o‘zgarishlarni zamon talablariga to‘liq javob beradigan darajaga ko‘tarish uchun milliy dastur yaratilishi g‘oyat muhimdir.
Murojaatnomada alohida ta’kidlanganidek, iqtisodiyotimizning boshqaruv tizimi eskirib ketgan va u bugungi zamon talablariga, qolaversa, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga to‘g‘ri kelmaydi. Shuning uchun innovatsion g‘oyalarni patentlash hamda ularning tijoratini yo‘lga qo‘yish orqali iqtisodiy o‘sishga erishish, aholi turmush darajasini va iqtisodiy jarayonning samaradorligini oshirish bo‘yicha mexanizmlar o‘z vaqtida joriy qilinmaganligidan mamlakatimizda texnologik qoloqlik darajasi ko‘tarilib, uning tashqi dunyo bilan raqobatdoshligi pasayib ketgan. Bu, o‘z navbatida, yurtimizda innovatsion hamda kreativ g‘oyalarga ega malakali kadrlarning chet ellarga chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.
O‘zbekistonni texnologik rivojlantirish va ichki bozorni modernizatsiyalash g‘oyalarining maqsad hamda vazifalari to‘liq ifodasini topadigan milliy g‘oya va milliy dastur yaratilishi mavjud muammolarni bartaraf etish, iqtisodiyotimiz raqobatdoshligini oshirish, mamlakatimizni jahondagi taraqqiy topgan davlatlar qatoriga tezroq olib chiqishga xizmat qiladi.

adabiyotlar.


1. TOSHKENT VILOYATINING TASHQI SAVDO AYLANMASI (2020-yil yanvar-fevral) maqolasi {12 bet}.

01. Azamat MUXTAROV,Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti kafedra mudiri, 


falsafa fanlari doktori, professor. maqolasi.

1. https://uz.wikipedia.org/wiki/Toshkent_viloyati. sayti


2. https://toshvilstat.uz/uploads/docs/pres%20reliz%202020/Ves_fev_2020_uz.pdf
Download 21,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish