Kurs ishi mavzusini tanlash Talabalar kafedrada mavjud bo’lgan kurs ishlari mavzulari ro’yxati bilan yaqindan tanishib chiqishlari va o’ziga ma’qul bo’lgan mavzuni tanlashi lozim. Albatta talaba tanlamoqchi bo’lgan mavzusi bo’yicha ushbu fandan ma’ruza yoki amaliyot darsini olib boruvchi o’qituvchilar bilan fikrlashgani maqsadga muvofiq. Sababi ba’zi hollarda talabaga oson va tushunarli bo’lib sezilgan mavzu murakkab bo’lishi ham mumkin (tegishli manbalarning kamligi yoki ilmiy adabiyotlarda mavzuning keng yoritilmaganligi va h.). Tanlangan mavzu kafedradagi maxsus kitobda qayd etilishi zarur.
Talaba o’zini qiziqtirgan mavzuning nisbatan murakkabligidan cho’chishi kerak emas. Bu faqat mavzuni tanlash bosqichida shunday tuyulishi mumkin bo’lgan holatlardan biridir. Uni chuqir va kengroq o’rganish jarayonida talaba bunga iqror bo’ladi.
Talaba kurs ishi bo’yicha kafedraga joriy o’quv yilining 1-yarim yilligida murojat etsa va mavzuni tanlasa maqsadga muvofiq bo’ladi. Kurs ishiga bo’lgan munosabat jiddiy bo’lishi lozim, ya’ni shoshma – shosharlikka yo’l qo’ymasdan vaqtni to’g’ri rejalashtirish va ma’lum ketma – ketlikda bu faoliyatni olib borish va yakunlash talab etiladi.
Kurs ishi buyicha talabaga ilmiy rahbari tayinlash masalasi kafedra tomonidan hal etiladi.
III. Kurs ishining ish rejasini tuzish Mavzuni tanlaganidan so’ng talaba taxminiy ish rejasini tuzishga harakat qilishi va uni ilmiy rahbari bilan birgalikda ko’rib chiqishi tavsiya etiladi.
Talaba kurs ishini yozish jarayonida ish rejasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish mumkin. Kurs ishini tanlash va uning rejasini tuzish o’z – o’zidan mexanik tarzda bo’lmasligi lozim. Rejani tuzishdan oldin talaba darslikdagi tegishli mavzu (bo’lim, bob) bilan tanishib chiqishi, uning mazmun va mohiyatiga e’tibor qaratishi dorkor. Ish rejasini bir necha bo’lim (kism,bob) dan iborat holda tuzish mumkin. Masalan: kirish, 3-5ta bandan iborat savollar, xulosa va foydlangan adabiyotlar ro’yxati va h.
Kurs ishi rejasining aniq va to’g’ri tuzilishi, umuman uning mavjudligi zarur bo’lgan hamda mavzuga taaluqli materiallarni ma’lum ketma – ketlikda yoritilishiga, qaytarishlarni va bo’shliqlarni oldini olishga, o’quv rejasidagi mustaqil faoliyatni ilmiy tarzda tartibga solishga, shuningdek talabaning vaqtini tejashga bevosita yordam beradi.
Tuzilgan ish rejasining har bitta savoli tanlangan mavzuning alohida bir qismini yoritishi lozim (savollar ketma – ketligi va umumiy bog’liqligini saqlash maqsadga muvofiq).
Esda tutish lozimki, jiddiy e’tibor bermasdan tuzilgan ish rejasi talab doirasidagi ketma – ketlikni buzilishiga, takrorlanishga hamda mavzuni sifatsiz yoritilishiga olib kelishi mumkin.
Namuna tariqasida “O’zbekiston tarixi”fanidan tanlangan «Avesto kitobi O’zbekiston tarixini o’rganishda muhim manba» mavzusiga quyidagicha taxminiy reja tuzish mumkin: