O`quvchilar jamoasi yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli



Download 270,75 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana01.01.2022
Hajmi270,75 Kb.
#297919
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O`quvchilar jamoasi – yaxlit pedagogik jarayonning asosiy shakli^



 

  



 

 

     

 

 

 

 

 

 

 



      O`quvchilar jamoasi – yaxlit 

pedagogik jarayonning asosiy shakli.     

     


 

 Ijtimoiy munosabatlar ko„lamining kengayishi o„sib kelayotgan avlodni o„ta 

murakkab xususiyatga ega munosabatlar jarayoniga har tomonlama yetuk etib 

tayyorlash vazifasini qo„ymoqda. Psixologik, intellektual va fiziologik jihatdan 

yetuk inson hayotiy qarama-qarshilik, xususan, turli buzg„unchi g„oyalar 

ta‟siriga tushib qolish, nosog„lom turmush kechirish va noqonuniy xatti-

harakatlarni sodir etishdan o„zini saqlab qola oladi. Shuningdek, shaxsning aqliy 

salohiyatga egaligi jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta‟minlovchi asosiy 

omildir. O„zbekiston Respublikasida, demokratik va huquqiy jamiyat barpo 

etilayotgan mavjud sharoitda yosh avlodning mustaqil va erkin fikrlay olishi ro„y 

berayotgan voqeahodisalarga shaxsiy munosabtini bildirishga imkon beradi. 

Ijtimoiy borliqda kechayotgan o„zgarishlarga nisbatan shaxsiy nuqtai nazarning 

shakllanishi shaxs faolligini ko„rsatuvchi muhim jihatlardan biridir. Qolaversa

mustaqil fikr egasi bo„lgan shaxs o„z imkoniyatlari, qobiliyatini erkin namoyon 

eta oladi. Muvaffaqiyatli ravishda olib borilayotgan ta‟limiy islohotlarning ham 

asosiy maqsadi erkin, mustaqil fikriga ega barkamol shaxs va malakali 

mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iboratdir. Bu xususida O„zbekiston 

Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov quyidagilarni e‟tirof etadi: «Amalga 

oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi har bir fuqaroning shaxs sifatida 

shakllanishi uchun, o„z qobiliyatini, o„z talantini ishga solib hayotini yanada 

yaxshilashi, ma‟nan boyitishi uchun barcha imkoniyatni yaratib berishdan 

iboratdir»

1

.  


   Komil insonni shakllanirish masalasi barcha davrda, ham muhim ijtimoiy vazifa 

sifatida kun tartibiga qo„yilgan. Xususan, zardushtiylik dinida komillikning asosi 

ezgu fikr, ezgu so„z va ezgu amal (harakat)dan iborat ekanligi ta‟kidlansa, islom 

ta‟limoti g„oyalariga ko„ra yetuklikning bosh mezoni – ilmlilik, bilimli bo„lishdir.    

 

1

 Karimov I.A. Bunyodkorlik yo„lidan. – Toshkent, O„zbekiston, 1996. – 116-bet.



 

 



 

  



 

Sharq  mutafakkirlarining  asarlarida  ham  komil  inson  qiyofasining  yoritilishiga 

alohida ahamiyat berilgan. Xususan, Abu Nasr Forobiy komil insonni shakllantirish 

va  fozil  jamoa  (etuk  jamiyat)ni  shakllantirish  tarbiyaning  bir  butun,  yaxlit  ikki 

yo„nalishi ekanligiga urg„u beradi. Allomaning fikricha, fozil jamiyat komil inson 

sa‟yi-harakati bilan barpo etilishi mumkin. Shu bois mamlakatni boshqaruvchi shaxs 

o„zida eng oliy insoniy fazilatlarni mujassam eta olishi zarur, deb hisoblaydi. «Aql 

to„g„risidagi»  risolasida  Abu  Nasr  Forobiy  rahbar  shaxs  qiyofasida  namoyon 

bo„lishi lozim bo„lgan o„n ikki fazilatni keltirib o„tadi. Bizning fikrimizcha, mazkur 

fazilatlar  har bir zamonaviy shaxsda  o„z  aksini topa  olishi kerak,  zero, ular inson 

hayotini  mo„tadil  kechishi  hamda  muayyan  kasbiy  faoliyatlarni  tashkil  etishda 

muvaffaqiyatlarga  erishishni  kafolatlaydi.Abu  Rayhon  Beruniy  ham  komillikning 

asosini  ilmli  bo„lishda  deb  hisoblaydi  va  barcha  illatlarning  asosiy  sababi 

ilmsizlikdir, deya urg„u beradi. Allomaning fikricha, axloqiylik, to„g„rilik, odillik, 

tadbirkorlik,  o„zini  vazmin  tutish,  kamtarlik,  insof,  ehtiyotkorlik,  shuningdek, 

aadolatli  va  vijdonli  bo„lish  komil  inson  qiyofasida  aks  etishi  zarur  bo„lgan  eng 

asosiy  sifatlardir.Abu  Ali  ibn  Sino  ham  kamolotga  erishishning  birinchi  mezon 

sifatida bilimli bo„lishni alohida qayd etadi. Bilimli insonning adolatli bo„lishi esa 

uning yanada yuksalishini ta‟minlaydi, deya baholab alloma, adolatni ruhiy lazzat 

(ruhiy  xotirjamlik)ning  muhim    ko„rsatkichi  ekanligini  uqtiradi.Alisher  Navoiy 

asarlarida  komil  inson  muammosi  markaziy  o„rinni  egallaydi  va  o„z  orzusidagi 

komil inson shaxsini asarlarining qahramonlari timsolida gavdalantirishga urinadi. 

Mutafakkir  qarashlarida  komil  inson  quyidagi  sifatlarga  ega  bo„lishi  borasidagi 

g„oya  ilgari  suriladi:  aqlli,  axloqli,  bilimli,  ijodkor,  qobiliyatli,  dono,  kamtar, 

insonparvar,  saxovatli,  sabr-qanoatli,  adolatli,  muruvvatli,  sog„lom,  jismonan 

baquvvat,  mard  va  jasur

1

.Abdulla  Avloniy  komil  insonni  tarbiyalash  borasidagi 



qarashlari  bilan  Sharq  mutafakkirlarining  fikrlarini  boyitar  ekan,  komil  inson 

qiyofasida,  yana  shuningdek,  vatanparvarlik,  hamda  intizomlilik  sifatlari  ham 

 

1

 Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi //Oliy o„quv yurtlari va universitet talabalari uchun 



o„quv qo„ll. – Toshkent, O„qituvchi, 1996, - 191-bet.

 

 




 

  



 

namoyon bo„lishi kerak, deb hisoblaydi. Alloma millat taqdirining jonkuyari sifatida  

milliy  til  taraqqiyoti  jamiyat  ma‟naviy  rivojini  ta‟minlovchi  asosiy  omil,  deya 

baholaydi.  




Download 270,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish