iqtisodiyot organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishini taʼminlash, kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, vazirlik apparati va uning tarkibiy boʻlinmalarining, ustuvor ravishda oʻziga biriktirilgan sohadagi aniq natijalarga erishish, oldiga qoʻyilgan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarishi uchun xodimlarning shaxsiy javobgarligini oshirishga yoʻnaltirilgan ish shakllari va usullarini takomillashtirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishda koʻmaklashish, mamlakatni rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish doirasidagi loyihalarni, ularning loyiha oldi, loyiha va tender hujjatlarini, texnik topshiriqlarni ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha idoralararo kompleks tizimini tashkil qilish.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirish sohasida davlat siyosatini, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi investitsiya siyosatining strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirish davlat dasturlari va investitsiya dasturlari Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi asosida ishlab chiqiladi;
Oʻzbekiston Respublikasining oʻrta muddatli investitsiya siyosati strategiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish Konsepsiyasi, hududlar va tarmoqlarni rivojlantirish konsepsiyalari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlangan dastur va qarorlar asosida shakllantiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan oʻz vakolati doirasida qabul qilingan va normativ-huquqiy xarakterga ega qarorlarining ijrosi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunuvidan qatʼiy nazar barcha xoʻjalik yurituvchi subyektlari uchun majburiy hisoblanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, uning tizim va hududiy tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti, byudjetdan tashqari jamgʻarmalar va qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
4. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra:
barcha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shu jumladan, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini yakuniy bosqichda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishish Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritishdan oldin amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlarini moliyalashtirish jamgʻarmasi, kichik sanoat zonalari direksiyalari Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga rivojlanish davlat dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan loyihalarning, shuningdek, kichik sanoat zonalari hududida amalga oshirilayotgan loyihalarning bajarilishi yuzasidan har chorakda maʼlumot taqdim etib boradilar;
investitsiya siyosati strategiyasi ijrosi Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlarini tayyorlash va ijrosini taʼminlash orqali amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi oʻz vakolati doirasida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni bekor qilish yoki qayta koʻrib chiqish boʻyicha taqdimnoma kiritish huquqiga ega;
kichik sanoat zonalari hududida qiymati 7,0 million AQSH dollari ekvivalenti hisobidan yuqori boʻlgan investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy kengashlar qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan kelishilishi lozim;
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga quyidagi maqsadlar uchun shartnoma asosida, jumladan, xorijiy konsultantlar va ekspertlarni, shuningdek, texnik koʻmak va grant mablagʻlarini jalb qilishga ruxsat etilsin:
investitsiya va sanoat siyosati strategiyalarini ishlab chiqish sohasida ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganish va tatbiq etish, shuningdek, vazirlikka yuklatilgan boshqa vazifalar va topshiriqlarni bajarish;
vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy va industrial rivojlantirishning dolzarb masalalari boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazish, investitsiya siyosati strategiyasini ishlab chiqish;
iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi, — deydi Shuhrat Sodiqov. — Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |