O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti “iqtisodiyot” kafedrasi


Kartellarga qarshi qonunchilik va ularni amalga oshirish



Download 109,43 Kb.
bet12/13
Sana03.07.2022
Hajmi109,43 Kb.
#733647
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
jasurbeeee

Kartellarga qarshi qonunchilik va ularni amalga oshirish


Kartel kelishuvlari ko‘plab mamlakatlarda qonun bilan taqiqlangan, ba’zi mamlakatlarda buning uchun jinoiy javobgarlik ham mavjud. O‘zbekiston «Raqobat to‘g‘risida"gi qonuni (11-modda) xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning raqobatni cheklaydigan kelishilgan harakatlari va bitimlarini taqiqlaydi va bizda kartel kelishuvlarini tuzganlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik belgilangan (MJtKning 178-moddasi).
Amaliy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kartellar mavjud bo‘lgan bozorlarda narxlar kartel bo‘lmagan bozorlarga qaraganda 10−15 foizga yuqoriroq bo‘ladi. Kartellar ko‘proq oligopolistik bozorlarda (2 dan 5 gacha raqobatchilar bo‘lgan bozorlarda) uchraydi, chunki tadbirkorlar sonining kamligi kartellar tuzishni va ularni ushlab turishni osonlashtiradi.
Kartel kelitshuvlari davlat xaridlari bo‘yicha tenderlarda ham keng tarqalgan bo‘lib, unda ishtirokchilar narxlarni oshirish bo‘yicha kelishishlari yoki g‘oliblar navbatini belgilashlari mumkin, bu esa davlat byudjetiga «salmoqli» zarar yetkazadi. Tadqiqotlarga ko‘ra, tenderlardagi kartellar natijasida tender savdolari davlatga 20−30 foizga qimmatga tushadi.
Kartel kelishuvlarini fosh etish juda murakkab bo‘lib, uni isbotlash undan ham qiyin, chunki kartellar yashirincha, aksar hollarda og‘zaki shaklda (telefon, yozishmalar orqali, yig‘ilishlarda va tadbirlarda) tuziladi. Kartellar odatda yozma bitim shaklida tuzilmaydi, chunki ular kartel fosh etilsa, bu ularga qarshi kuchli dalil bo‘lib hizmat qilishi mumkin. Shuning uchun amaliyotda kartel kelishuvlarini isbotlash juda qiyin.
Raqobat bo‘yicha qonunchilik monopoliyaga qarshi organidan raqobatchilar o‘rtasida tuzilgan kelishuv faktini tasdiqlovchi bevosita dalillarni taqdim etishni talab qiladi. Kartellarning og‘zaki va maxfiy tuzilishini hisobga olgan olinsa, raqobatchilar o‘rtasidagi kelishuv mavjudligini isbotlash va bevosita dalillarni topish juda qiyin, ba’zida hatto imkonsiz hisoblanadi.

____________________________________


Hess G., Morris C. The Long-Ruh Costs of Moderate Inflation // Federal Reserve Bank of Kansas City Economic Review. 2020. Second Quarter. – P. 71-88.


7.Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solish
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimdan bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida davlatning milliy iqtisodiyotga aralashuvi quyidagi holatlar orqali izohlanadi.

Birinchidan, davlat o‘ziga milliy iqtisodiyotda bozor vositasida o‘zini-o‘zi tartibga solish orqali bajarish mumkin bo‘lmagan yoki samarali ravishda amalga oshirib bo‘lmaydigan vazifalarni oladi.

Ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va iste’molning xususiy tavsifi bir qator ijobiy va salbiy oqibatlarni tug‘diradi. Davlat yakka tadbirkor yoki iste’molchidan farqli, jamiyat manfaatini ifodalab, qo‘shimcha ijobiy samarani rag‘batlantirishga va aksincha salbiy samara bilan bog‘liq faoliyatni tartibga solishi va cheklashga harakat qilishi zarur.

Uchinchidan, davlatning iqtisodiy jarayonlariga aralashuvi shu sababli ro‘y beradiki, individual iste’molchilar hamma vaqt u yoki bu tovarni iste’mol qilishning oqibatlarini ob’ektiv baholay olmaydi. Shu nuqtai nazardan, davlat foydali iste’molni kengaytirish va aksincha sog‘liqqa salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovarlar iste’molini cheklash vazifasini o‘z zimmasiga oladi.

To‘rtinchidan, davlat o‘z zimmasiga bozorning tabiatidan kelib chiqadigan ayrim holatlarni qisman yengillashtirish vazifasini oladi.

Beshinchidan, hozirgi sharoitda barqaror, izchil iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish vazifasi ham davlatning zimmasiga tushadi.


Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum chegaralari ham mavjud bo‘lib, ular davlatning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siridan kelib chiqadi. Iqtisodiyotga davlatning har qanday aralashuvi ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Ularga eng avvalo tartibga solishni tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarni kiritish mumkin. Shuningdek, tartibga solishning u yoki bu shakli bozor muvozanati, ishlab chiqarish hajmi, resurslarning qayta taqsimlanishiga ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan ta’sirni ham hisobga olish lozim. Bunda tartibga solishni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan sarf-xarajatlarning miqdori davlatning iqtisodiyotni tartibga solishi natijasida olinadigan samaradan kam bo‘lishi lozim. Ularning nisbati davlatning iqtisodiyotga aralashuvi chegaralarini belgilab beradi.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi. Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq, iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi.

Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:


chuqurlashib borayotgan ijtimoiy mehnat taqsimoti asosida ishlab chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro bog‘liqligi yanada kuchayadi;

ishlab chiqarishning kooperatsiyalashuvi va markazlashuvi natijasida alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari barham topadi;

ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;

turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi jadallashadi.
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi


Xulosa.

Bozor kuchlarining iqtisodiyotda mavjud resurslardan to`lik foydalanishni, baholarning barqaror darajasini, ob`ektiv tarzda ro`y deradigan daromadlar darajasidagi tengsizlikni kamaytirishni hamda barqaror iqtisodiy o`sishni ta`minlab turish uchun etarli emasligi davlatning bozor iktisodiyotiga aralashuvini zarur kilib ko`yadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashar ekan erkin bozor iqtisodiyoti uchun huquqiy baza yaratadi,, daromadlar va boyliklarni, shuningdek, resurslarni qayta taqsimlaydi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlab turadi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Ammo, shunday turdagi tovar va xizmatlar ham borki, ularni ishlab chiqarish uchun bozor tizimi raģbat yarata olmaydi. SHuning uchun xam davlat bunday turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Bunday tovar va xizmatlarni ijtimoiy manfaatlarni ko`zlab ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar tarkibiga kiritamiz.
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko`p omilli ko`rsatkich bo`lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko`p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog`liq bo`lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo`li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg`unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko`proq uchinchi yo`l xarakterli hisoblanadi.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta'kidlab o`tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chikarishni tashkil qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib -qoidalari milliy iste'molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to`lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo`lgan milliy iste'molchilar yutqazadi. Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko`rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o`z-o`zini tartibga solishning zarurligi ta'kidlab o`tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoaratidan to`liq ozod bo`lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste'molchilar talabiga mos ravishda ishlab chikarishni tashkil qilish imkoniga ega bo`ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida davlat iqtisodiyotga aralashar ekan erkin bozor iqtisodiyoti uchun huquqiy baza yaratadi, daromadlar va boyliklarni, shuningdek, resurslarni qayta taqsimlaydi va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlab turadi.
Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarni ularning individual xususiyatlaridan kelib chiqqan holda taqsimlaydi va qayta taqsimlaydi. Ammo, shunday turdagi tovar va xizmatlar ham borki, ularni ishlab chiqarish uchun bozor tizimi rag’bat yarata olmaydi. SHuning uchun ham davlat bunday turdagi tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish vazifasini o`z zimmasiga oladi. Bunday tovar va xizmatlarni ijtimoiy manfaatlarni ko`zlab ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar tarkibiga kiritamiz.
Rivojlanayotgan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kartellar ko‘pincha oziq-ovqat (shu jumladan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari), sog‘liqni saqlash, transport, ta’lim, qurilish materiallari va yoqilg‘i bozorlarida ko‘p uchraydi. Masalan, kartellarni aniqlash bo‘yicha xalqaro amaliyot sement kartellari deyarli barcha mamlakatlarda mavjudligini ko‘rsatadi. Kartellar, shuningdek, o‘quv qurollarining davlat xaridlarida va sog‘liqni saqlashning xususiy sektorida ham keng tarqalgani kuzatilgan. Bundan tashqari, savdo uyushmalari tadbirkorlar o‘rtasida narxlarni kelishib olish va muvofiqlashtirish uchun qulay joylardan biri hisoblanadi. Shuningdek, kartel kelishuvlar ko‘pincha pandemiya va inqiroz sharoitida tuzilishi ham kuzatilgan.

Download 109,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish