157
ham davlatning daromadlarni qayta taqsimlash funksiyasi namoyon
bo‗ladi.
Mamlakat
hududlari
va
iqtisodiyot
tarmoqlari
o‗rtasida
umumdavlat manfaatlarini hisobga olgan holda resurslarni qayta
taqsimlash davlatning muhim funksiyalaridan biridir.
Iqtisodiyotning tarkibiy
tuzilishini takomillashtirish, ijtimoiy
ahamiyatli, ammo foyda ko‗rib ishlamaydigan tarmoq yoki korxonalarni
qo‗llab quvvatlash maqsadlari davlat byudjeti orqali daromadlar va
resurslarni tarmoqlar orasida qayta taqsimlash zaruriyatini tug‗diradi.
Bu vazifa barcha tarmoqlardan olingan soliq tushumlari hisobiga
moliyalashtiriladigan markazlashgan investitsiya mablag‗larini ustivor
tarmoqlarga yo‗naltirish, shu tarmoqlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar,
imtiyozli kreditlar ajratish orqali amalga oshiriladi.
Kommunal xo‗jalik, shu jumladan jamoat transporti kabi sohalar
iqtisodiyot tarmoqlarining
samarali ishlashi, normal hayotiy faoliyatni
yo‗lga qo‗yish uchun zarur xizmatlarni ko‗rsatgani holda rentabelli
sohalar bo‗lmagani uchun ham davlat byudjetidan dotatsiya oladilar.
Mamlakat hududlarining resurs salohiyati bir xil emasligi, aholi
zichligi, sanoat tarmoqlarining rivojlanishi darajalaridagi farqlar tufayli
aholi jon boshiga to‗g‗ri
keladigan YaIM, sanoat mahsuloti, pullik
xizmatlar, pullik daromadlar kabi ko‗rsatkichlar hududlararo farq qiladi.
Bu farqlarning chuqurlashuvi, o‗z navbatida milliy iqtisodiyot
samaradorligiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi, shunday ham rivojlanish
darajasi past hududlardan kapital ko‗chishi holatlari ro‗y
berishi
mumkin. Bu esa turli hududlar o‗rtasidagi iqtisodiy rivojlanish
darajalarida mavjud bo‗lgan farqni yanada chuqurlashtiradi.
Davlat byudjet-soliq va pul kredit siyosati vositalaridan
foydalangan holda iqtisodiy ko‗rsatkichlar darajasidagi hududiy
tengsizlik darajasini yumshatish uchun resurslarni qayta taqsimlaydi.
Resurslarga boy, sanoati rivojlangan hududlarning davlat byudjeti
daromadlaridagi ulushi yuqori bo‗lgani holda byudjet mablag‗lari
hududlar o‗rtasida ijtimoiy ehtiyojlarni hisobga olgan holda, kam
rivojlangan hududlar rivojlanishi darajasini jadallashtirish
maqsadlarini
ko‗zlab taqsimlanadi.
158
Markazlashgan
byudjetga
kelib
tushadigan
umumdavlat
soliqlarining hududlar ixtiyorida qoldiriladigan ulushini ko‗paytirish,
ayrim hududlarga kiritiladigan investitsiyalar hisobiga ishlaydigan
korxonalarga soliq imtiyozlarini berish, ularni imtiyozli kreditlar bilan
ta‘minlash, erkin iqtisodiy zonalar tashkil etish davlat hududiy iqtisodiy
siyosatining muhim elementlaridan biridir.
Hozirgi zamon iqtisodiyotidagi davlatning muhim funksiyalaridan
biri barqarorlashtirish siyosatini yuritishdir. Davlatning bu funksiyasi
boshqa funksiyalar bilan chambarchas bog‗lik bo‗lgani
holda iqtisodiy
o‗sishni, Inflyatsiya sur‘atlarini cheklashni, ishsizlik darajasini me‘yor
darajasida ushlab turishni, davlat byudjeti va to‗lov balansi
mutanosibligini hamda milliy valyuta almashinuv kursi barqarorligini
ta‘minlash
kabilarni
o‗z ichiga oladi. Bu masalalar o‗quv
qo‗llanmamizning tegishli mavzularida atroflicha ko‗rib chiqilishi
tufayli bu savolda ularga to‗xtalmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: