154
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish
orqali investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi.
Pul-kredit siyosati mamlakatda pul massasini tartibga solishga
karatilgan va uning asosiy vazifasi baholar va real milliy ishlab chiqarish
hajmining o‗sishiga mos keladigan pul massasini ta‘minlashdan iborat.
Bu siyosatning asosiy vositasi Markaziy bank tomonidan amalga
oshiriladigan hisob
stavkasini tartibga solish, tijorat banklarining
majburiy ravishda Markaziy bankda saqlaydigan zaxiralari normasini
o‗zgartirish, qimmatli qog‗ozlar bo‗yicha ochiq bozordagi operasiyalarni
yo‗lga qo‗yish va shuningdek, boshqa tadbirlardir.
Davlat monopoliyani cheklash va raqobat muhitini yaratishi zarur.
Bu vazifa monopoliyaga qarshi qonunlarga tayanilgan holda olib
boriladi. O‗zbekiston Respublikasida bu vazifani amalga oshirish
Monopoliyadan chiqarish raqobat va tadbirkorlikni qo‗llab quvvatlash
Davlat qo‗mitasi zimmasiga yuklatilgan.
Monopollashuvga qarshi kurash maqsadlarida monopol korxonalar
reyestri tuziladi. Bunda monopol korxonalar tabiiy monopoliya va tabiiy
monopoliya hisoblanmagan korxonalarga bo‗linadi. Tabiiy monopol
bo‗lmagan korxonalarni monopoliyadan
chiqarish chora- tadbirlari
ko‗riladi.
Tabiiy monopoliyalar obyektiv shart-sharoitlarga ko‗ra monopol
bo‗lishi zarur, yoki monopoliyadan chiqarish ilojsiz bo‗lgan korxona
yoki tarmoqlardir.
Tabiiy monopolist korxonalar o‗z mavqe‘laridan foydalanib
mahsuloti va xizmatlari baxosini asossiz ko‗tarib yuborishlariga yo‗l
qo‗ymaslik uchun ularga rentabellilikning yukori chegarasi belgilab
beriladi. Bu chegarani buzgan korxonaga moliyaviy jazo choralari
qo‗llaniladi.
Masalan, bu chegara 20% deb belgilangan bo‗lsin.
Korxona
mahsuloti tannarxi 10000 so‗m bo‗lgani holda uni 13000 so‗mga sotsa
belgilangan me‘yoriy chegarani buzgan hisoblanadi. Chunki korxona
20% emas balki 30 foiz foyda normasi darajasida ustama belgilayapti.
Shu sababli ortiqcha hisoblangan 1000 so‗m (13000-12000) davlat
155
ixtiyoriga olinadi va monopolist korxonaga qo‗shimcha moliyaviy jazo
ham qo‗llaniladi.
Davlat bu yo‗l bilan iste‘molchilar huquqlarini himoya qiladi. Agar
mahsulot bahosi korxonaga bog‗liq bo‗lmagan sabablarga ko‗ra oshib
ketgan bo‗lsa va bu isbotlansa qonun talablari buzilmagan hisoblanadi.
Raqobat
muhitini yaxshilash, tadbirkorlikni qo‗llab quvvatlash
maqsadida davlat mulki xususiylashtiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan
chiqarish va xususiylashtirish Davlat Mulk qo‗mitasi tomonidan amalga
oshiriladi. Bunda davlat mulkini bevosita bitta xaridorga sotish,
investitsiya kiritish majburiyatini olib bepul tassarrufiga berish,
bosqichma bosqich bahosini tushirib sotish,
aksionerlashtirish kabi
usullar qo‗llaniladi.
Agar respublikamizda xususiylashtirishning dastlabki bosqichida
uy joy fondi, savdo va maishiy xizmat obyektlari va mahalliy sanoat
korxonalari xususiy shaxslarga sotilgan bo‗lsa, keyingi bosqichda o‗rta
va yirikroq korxonalarni aksionerlashtirish yo‗li bilan davlat tasarrufidan
chiqarishga kirishildi.
Tadbirkorlikni
rivojlantirishni
davlat
tomonidan
qo‗llab
quvvatlash, shuningdek ularning huquqlarini himoya qilish orqali ham
amalga oshiriladi.
Iqtisodiyotni tartibga solish vositalaridan yana biri davlat
tomonidan iqtisodiyot kelajagini oldindan taxminlash (prognozlash) va
uni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish
hamda hayotga tatbiq etish
hisoblanadi. Davlat byurtmasiga asosan uzoq va qisqa muddatlarga
mo‗ljallangan prognozlar tuziladi. Prognozlarda resurslar, texnologiya,
ichki bozor hajmi va tarkibi, eksport va import, davlat xarajatlari, ishlab
chiqarish tarkibidagi o‗zgarishlar, matematik modellar asosida hisob-
kitob qilinadi va iqtisodiyotning qaysi yo‗nalishda rivojlanishi
aniqlanadi.