Bank operatsiyalari



Download 8,48 Kb.
Sana18.04.2022
Hajmi8,48 Kb.
#561482
Bog'liq
Untitled document


  1. Agrar munosabatlar va ularning bozor tizimidagi o’rni. Yerning resurs sifatidagi o’ziga xosligi. Yerning tabiiy va iqtisodiy unumdorligi. Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarishning xususiyatlari. Yer mulkchilik va xo’jalik yuritish ob’ekti. Yerga egalik va yerdan foydalanish huquqi. Er rentasiga bo’lgan turli xil nazariy yondashuvlar va ularning tarixiy shakllari. Yer rentasining mazmuni va turlari: differensial renta, absolyut renta, monopol renta, undirma sanoat va qurilish uchastkalaridan olinadigan renta. Ijara haqi. Yerning narxi va uni belgilovchi omillar. Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majuasi va uning sohalari. Agrobiznes va uning turlari. Dehqon va fermer xo’jaliklari. Agrofirma, agrosanoat birlashmasi, agrosanoat kombinatlari. O’zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari. Erlarning meliorativ holatini yaxshilash choralari. Shaxsiy tomorqalarning kengaytirilishi. Qishloq xo’jalik ishlab chiqarishi tarkibiy tuzilishini takomillashtirish. Xo’jalik yuritishning samarali shakllarini rivojlantirish. Fermer xo’jaliklari yer maydonlari hajmini optimallashtirish. Qishloq joylarda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish.

  2. Bank operatsiyalari — banklar amalga oshiradigan operatsiyalar: joriy yoki boshqa hisob varaqqa pul qabul qilish, foizi bilan yoki foizsiz kreditlar berish, birja topshiriqlarini bajarish, qimmatbaho qogʻozlar, aksiyalar sotib olish, mijozlarning topshiriqlarini bajarish, tovarlar yoki tovar hujjatlari garovi hisobiga ssudalar berish, shuningdek boshqa har qanday pulli va naqd pulsiz hisobkitoblar boʻyicha operatsiyalar kiradi. Asosan passiv (kreditlash uchun resurslar hosil qilish) va aktiv (foyda olish maqsadlarida bu resurslarni ishlatish) turlarga boʻlinadi (qarang Banklar).

  3. Davlat qarzidavlatning aholi, firma, tashkilot, banklar, xorijiy moliya-kredit muassasalari oldidagi qarz majburiyatlari. Davlat oʻz daromadlari bilan harajatlarini qoplay olmay qolganda byudjet taqchilligi paydo boʻladi va u qarz koʻtarish yoʻli bilan qoplanadi. Davlat qarzni turli qimmatli qogʻozlar, obligatsiyalar, zayomlar chiqarib sotish, moliya muassasasi (bank)dan ssuda olish va b. usullar bilan oladi. Investiitsiya davlat qarzi deb hisoblanmaydi. D.q.ning toʻlov davriga koʻra qisqa muddatli va uzoq muddatli, tarkibiga koʻra ichki qarz (davlat mamlakatning oʻzidagi iqtisodiy subʼyektlardan qarzdor boʻladi) va tashqi qarz (xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va b.dan qarzdorlik) kabi turlari bor. Ichki qarz va uning foizlari milliy pulda, tashki qarz va uning foizlari esa erkin almashtiriladigan valyutada toʻlanadi. D.q.ning darajasi, yaʼni qarz yuki qarz va uning foiz summasi yigʻindisini davlat byudjeti summasiga nisbati bilan oʻlchanadi, yaʼni toʻlov majburiyati byudjetning qancha qismiga teng ekanligi bilan belgilanadi. D.q.ning haddan tashqari ortib ketishi iqtisodiyotni izdan chiqaradi, xalq turmush darajasini pasaytiradi (chunki qarzni toʻlash uchun zarur pul byudjetda soliklarni oshirish orqali toʻplanadi), mamlakatdagi iqtisodiy faollikni susaytiradi. Tashqi qarzning koʻpayib ketishi milliy mustaqillikka tahdid soladi, undan qutulishi uchun milliy iqtisodiyotni yuksaltirishga ketadigan investitsiyalarni qisqartirish va hatto milliy boylikning bir qismini xorijga sotishga ham toʻgʻri keladi. Vaqtida toʻlanmagan tashqi qarzga qoʻshimcha foiz toʻlanadi, undiriladigan foiz qarzga qoʻshilib, uning miqdori yanada oshadi. D.q.ning boʻlishi uni boshqarishni taqozo etadi, yaʼni qarzni olish va toʻlash bilan bogʻliq muayyan choratadbirlarni amalga oshirish lozim boʻladi. Qarz va uning foizlarini toʻlash uchun byudjetdan pul ajratish D.q.ga xizmat qilish deyiladi. D.q.ni toʻlashdagi shartsharoitlarning oʻzgarishi D.q. restrukturizatsiyasi deyiladi. Restrukturizatsiya yuz berganda qarz haqining oʻzgarishi konversiya deyiladi. Qarz toʻlash muddati choʻzilganda D.q. prolongatsiyasi yuz beradi. Qarzning bir turi boshqasiga aylanganda, qisqa muddatli qarz uzoq muddatli qarzga aylanadi va D.q.ning konsolidatsiyasi yuz beradi. D.q.ga oʻrin boʻlmasligi uchun davlat harajatlari davlat daromadlari darajasida boʻlishi lozim. Bunda taqchillikka yoʻl berilmaydi yoki minimal darajaga keltiriladi (mas, Oʻzbekiston davlat ichki qarzini oshirmaslik uchun byudjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 1997 y.da 2,2% ga, 2000 y.da 1% ga keltirildi).

Download 8,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish