54
takliflari doimo samara beravermagandan so‗ng va kamchiliklari yuzaga
chiqib qolgach yuzaga keldi. Jumladan, bir qator mamlakatlarda davlat
qarzi haddan oshib ketdi. Bunday sharoitda monetaristlar radikal
aksilinflyatsiya usullarini taklif etishdi. Ular yalpi talabni konfiskasiya
tipidagi pul islohoti o‗tkazish hisobiga cheklash va byudjet taqchilligini
ijtimoiy dasturlarni qisqartirish kamaytirishni taklif etishdi‖
*
.
Monetaristlar inflyatsiya aynan pul bilan bog‗liq hodisa bo‗lganligi
sababli shok terapiyasi pul massasining o‗sish sur‘atlarini
keskin
qisqartiradi va inflyatsiya sur‘atlarini tushiradi deb hisoblashadi. Ammo
bunda ishlab chiqarish keskin pasayishi va bandlilik qisqarishi mumkin.
Konfiskasiya tipidagi shok terapiyasi ko‗rinishlaridan biri bo‗lib
daromadlarning va baholarning nominal darajalarini o‗zgartirmagan
holda eski pullarni belgilangan nisbatda yangisiga alishtirishtirish
hisoblanadi.
Bunday tadbirlar aholi tomonidan nbohir qabul qilinishi sababli,u
qisqa muddatda samara berishi zarur.
Monetaristlar tomonidan taklif qilinayotgan aksilinflyatsiya
siyosatining yana bir ko‗rinishi - inflyatsiya sur‘atlarini asta sekinlik
bilan pasaytirib borish (graduallash) usulidir.
Bu usulda inflyatsiya
sur‘atlari pul massasini ko‗p marotalaba, lekin oz ozdan kamaytirish
orqali pul massasining o‗sish sur‘atini pasaytirishni ko‗zda tutadi.
Graduallash usuli inflyatsiyani asta sekinlik bilan pasaytira borib
iqtisodiyotda chuqur pasayishni oldini olish imkonini beradi.
Graduallash usulini qo‗llash pul massasi va baholar darajasining
yillik o‗sish sur‘ati 20-30 foizdan oshmaganda muvaffaqiyatli bo‗ladi,
deb hisoblanadi.
Aksilinflyatsiya siyosatining monetar usullarga muqobil bo‗lgan
variantlaridan biri baholar va daromadlarni tartibga solish siyosatidir. Bu
usul
daromadlarning
o‗sishi
va
baholarning
o‗sishi
ni
muvofiqlashtirishni ( adaptiv siyosat) ko‗zda tutadi.
Daromadlar va baholarni tartibga solish siyosatini amalga oshirish
hukumat tomonidan baholar (narxlar)
va daromadlar darajalarini
muzlatib qo‗yish, pul ko‗rinishidagi ish haqining o‗sishini o‗rtacha
55
mehnat unumdorligining o‗sishiga bog‗lab qo‗yish orqali amalga
oshiriladi.
Inflyatsiyaga qarshi kurashish bo‗yicha aniq chora-tadbirlarni
tanlash har bir mamlakat uchun o‗ziga xos xususiyatlar va chuqurlikka
ega bo‗lgan inflyatsiya xususiyati bilan belgilanadi. Unga qarshi kurash
bo‗yicha chora-tadbirlar to‗plami inflyatsiya xususiyatiga qarab
belgilanadi. Inflyatsiya sabablari haddan tashqari talab (talab
inflyatsiyasi)
yoki ish haqi , materiallar va tarkibiy qismlarga
narxlarning o‗sishi (xarajatlar inflyatsiyasi), milliy valyutaning past
kursi va boshqalar bo‗lishi mumkin, bu inflyatsiya jarayonlarini
jilovlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini oldindan belgilab beradi.
―Soliqlar tarkibini o‗zgartirish, yalpi soliq tushumlaridagi
to‗g‗ridan-to‗g‗ri soliqlarning
ulushini kamaytirish, bilvosita soliqlar
ulushini ko‗paytirish, soliq stavkalarini pasaytirish, ularning
rag‗batlantirish funksiyalarini kuchaytirish, davlat
byudjeti xarajatlarini
pasaytirish kabilar ham inflyatsiyaga qarshi kurash tadbirlari
hisoblanadi‖
*
.
Aksilinflyatsiya siyosatining u yoki bu turini tanlash inflyatsiya
jarayonlarining xususiyatiga bog‗liq.
Inflyatsiyaning yuqori sur‘atlarini oldini olish uchun hukumat
quyidagilarni ta‘minlashi kerak:
-
samarali
soliq
tizimini
va
davlat
xarajatlarining
barqarorligini;
-
pul massasi va milliy daromadning bir maromdagi o‗sish
sur‘atlarini;
-
―inflyatsiyani import qilish‖ ga yo‗l qo‗ymaslik.
Har
kanday
inflyatsiyaning
negizida
asosiy
iqtisodiy
muvozanatlarning buzilishi yotadi. Shu sababli inflyatsiyaga qarshi
kurash —
uni shunchaki bostirish emas, balki iqtisodiyotda vujudga
kelgan nomutanosiblikni bartaraf etishga qaratilgan baquvvat tarkibiy
siyosatini amalga oshirishdir. Bir qator chet mamlakatlarning
inflyatsiyaga qarshi kurash tajribasi shuni ko‗rsatadiki, ular inflyatsiya
bilan iqtisodiyot tarkibiy tuzilishining buzilishi
bir-biriga chambarchas
bog‗liq ekanligini anglagan holda, muomala sohasini qat‘iy boshqarish va
56
to‗lovga qobiliyatli ortiqcha umumiy talabni bartaraf etish bilangina
cheklanmadilar. Muayyan maqsadlarga qaratilgan yirik investitsiya
dasturlarini ishlab chiqdilar va amalga oshirdilar. Bu dasturlar ana shu
nomutanosiblikni tugatish va, binobarin, inflyatsiyani keltirib chiqaruvchi
sabablarni bartaraf etish imkonini berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: