48
Chizmadan ko‗rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko‗payishi
qisqa muddat ichida yalpi talabni AD
0
dan AD
1
ga siljishiga olib kеladi.
Agar bu vaqtda iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig‗ining oraliq
(2) yoki tik (klassik) (3) kеsmasiga mos kеlsa, bu narx darajasining
o‗sishiga, ya‘ni talab inflyatsiyasining ro‗y bеrishiga olib kеladi.
Taklif inflyatsiyasi
bu, mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar
taklifining kamayishi natijasida tovar
va xizmatlar baholarining
oshishidan paydo bo‗ladi. Bunday hollarda ortiqcha talab bo‗lmasa ham
tovarlarning baholari oshib boradi. Hatto ish bilan bandlik va YaIM
ishlab chiqarish kamaygan yillari tovarlarning bahosi oshadi. Jami taklif
qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning
o‗sishi hisoblanadi. Bunda nominal ish haqi, xom ashyo va yoqilg‗i
narxlarining oshishi natijasida ishlab chiqarish tannarxi ham oshadi.
Bu holatni ham chizma orqali ko‗rib chiqamiz (4.2-chizma).
4.2-chizma
Taklif inflyatsiyasi
Chizmadan ko‗rinadiki, xarajatlarning o‗sishi natijasida yalpi taklif
egri chizig‗ining AS
0
dan AS
1
ga qisqarishi mahsulot birligiga to‗g‗ri
kеluvchi xarajat miqdorini oshirib, narxlarning P
0
dan P
1
darajaga qadar
ko‗tarilishiga, rеal ishlab
chiqarish hajmining esa Y
0
dan Y
1
ga qadar
qisqarishiga olib kеladi.
Taklif inflyatsiyasining kelib chiqishiga,
shuningdek, taklif
mexanizmining buzilishi ham ta‘sir qiladi. Taklif mexanizmi esa
49
tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish
omillari bahosining keskin
ko‗payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‗ra, taklif
inflyatsiyasi o‗z-o‗zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi
xarajatlarning qo‗shimcha o‗sishini
cheklaydi, chunki ishsizlikning
o‗sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‗rish
zarur
bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda ishlab
chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal
hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‗ladi.
Daromadlarni ishlab
chiqarish tomonidan ta‘minlanmagan o‗sishi aholi qo‗lidagi pulning
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi.
Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi,
bir miqdordagi
pulga joriy yilda o‗tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib
oladi, ya‘ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda
aholining nominal daromadlari 30% ga ko‗paygan, narxlar darajasi 50%
ga oshgan bo‗lsa, unda aholining real daromadlari 20%
ga kamaygan
bo‗ladi. Chunki, narxlarning o‗sishi aholi pul daromadlarining
o‗sishidan yuqori bo‗lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta‘siri u kutilayotgan yoki
kutilmayotganiga ham bog‗liq.
Do'stlaringiz bilan baham: