43
IV BOB. INFLYATSIYA VA AKSIINFLYATSIYA SIYOSATI
4.1. Inflyatsiyaning mohiyati va hisoblanish usullari
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‗rtish, taranglashish)
–
ma‘lum davr mobaynida mamlakatda baholar o‗rtacha (umumiy)
darajasining barqaror o‗sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli
pasayishi. Inflyatsiya bozor iqtisodiyotining
asosiy izdan chiqaruvchi
omillari jumlasiga kiradi, uning sur‘ati qanchalik yuqori bo‗lsa,
iqtisodiyotga xavfli ta‘siri shunchalik katta bo‗ladi. Ayniqsa bir iqtisodiy
tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‗tayotgan mamlakatlarda
inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta‘siri ancha xavfli. Chunki,
bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi
keskin oshib ketishi bilan bog‗liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham
oshavermaydi: ayrimlariniki barqaror bo‗lib tursa, ba‘zilariniki esa
tushishi mumkin.
―Inflyatsiya‖ atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865
yillardagi Fuqarolar urushi davrida qo‗llanildi. Inflyatsiyaning atamasi
muomaladagi qog‗oz pul massasining tovarlarning real
taklifiga nisbatan
haddan ziyod ko‗payib ketishi holatini izohlangan. . Ammo
inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning sabablarini
ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy
muvozanatning
buzilishini, talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschilar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning
sababi to‗liq bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‗lishida deb
bilishadi. Shu sababli ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish
darajasi past bo‗lsa byudjet taqchilligi va qo‗shimcha pul chiqarish yo‗li
bilan
xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi talabni ko‗paytirish
inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab
chiqarishning haddan ziyod o‗sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining
ko‗payishida deb bilishadi. Demak keynschilar
inflyatsiyaga talab
tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan yondoshishadi.
44
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga
nisbatan sekinroq o‗ssa, yoki yalpi talab ko‗paygani holda
o‗zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik baholar darajasining ko‗tarilishi
orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid qobiliyati pasayadi
va milliy iqtisodiyotning qo‗shimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo
bo‗ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun
takror ishlab chiqarish mexanizmining kasali,
makroiqtisodiy
buzilishlar natijasidir. Baholarning o‗sishi, pul birligi xarid
qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon bo‗lishining
quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1)
valyuta kurslarining o‗zgarishi;
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining
qisqarishi tomon o‗zgarishi;
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste‘mol savati bahosining
o‗sishi.
Inflyatsiya baho indekslari - deflyator va iste‘mol narxlar indeksi
yordamida aniqlanadi.
Baholar o‗rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‗zgarishi
Do'stlaringiz bilan baham: