O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus vazirligi ’ samarqand davlat universeteti



Download 1,2 Mb.
bet81/111
Sana11.06.2022
Hajmi1,2 Mb.
#653274
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT-converted

11.2-chizma.


Investitsiyalar va kapitalning chiqib ketishining iqtisodiy muvozanatga tasiri
I,dk

dk
sf(k)




k1 k* k2 k

Kapital zahirasi(k) investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo’lguniga qadar, ya‘ni s·f(k)=dk shart bajarilguniga qadar oshib boraveradi. Shundan so’ng bitta ish bilan band xodimga to’g’ri keladigan kapital zahirasi (fond bilan qurollanganlik) o’zgarmaydi (Δk=0).


Investitsiyalar hajmi kapitalning chiqib ketishi hajmiga teng bo’lgan sharoitdagi kapital zahirasi darajasi fond bilan qurollanganlikning muvozanatli (barqaror) darajasi deyiladi va k* deb belgilanadi. k* ga erishilganda iqtisodiyot uzoq muddatli muvozanat holatida bo’ladi.
Muvozanat barqaror bo’lishiga sabab k ning dastlabkit miqdori qandayligidan qat‘iy nazar iqtisodiyot muvozanat holatiga, ya‘ni k* ga intiladi. Agar k ning boshlang’ich miqdori k* dan kam bo’lsa, yalpi investitsiyalar (sf(k)) chiqib ketish miqdori (dk) dan ko’p bo’ladi va kapital zahirasi sof investitsiyalar miqdoriga ko’payib boradi. Aksincha k2 > k bo’lsa, investitsiyalar amortizasiyadan kamligini anglatadi. Bu holda kapital zahirasi muvozanatli darajaga qadar kamayib boradi (11.2.-chizma).
Solou modeli jamg’arish normasi kapital bilan qurollanganlikning barqaror darajasiga erishishning o’ta muhim omili ekanligini ko’rsatadi. Jamg’arish normasining o’sishi investitsiyalar hajmining oshishini keltirib chiqaradi. Bu esa asosiy kapital miqdorining ortishiga, o’z
143
navbatida kapital bilan qurollanganlik darajasining (k) ko’tarilishi orqali, pirovard natijaga, ya‘ni esa ishlab chiqarish hajmining (Y) ko’payishiga olib keladi.
Shunday qilib, jamg’arish normasining oshishi barqaror muvozanat sharoitida yuqoriroq ishlab chiqarish va kapital zahirasi darajasiga erishish imkonini beradi. Solou modelini keyingi rivojlantirilishida navbat bilan ikki shart olib tashlanadi: aholi soni va uning ish bilan band qismi sonining o’zgarmasligi hamda texnik taraqqiyotning mavjud emasligi.
Aholi doimiy (n) sur‘at bilan o’sadi deb tasavvur qilamiz. Ishchilar sonining ko’payishi boshqa teng sharoitlarda mehnatning kapital bilan qurollanishi darajasining qisqarishiga olib kelishi mumkin. Natijada, bir ishchiga to’g’ri keladigan kapital zahirasi o’zgarishini ko’rsatuvchi tenglama quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Δk=I-dk-nk yoki Δk=I-(d+n)k
Mehnatning kapital bilan qurolanganligi pasayishi tufayli uni oldingi darajada saqlab turish uchun investitsiyalarning kapital chiqib ketishini qoplaydigan hajmi zarur. Kapital jamg’arish normasi yuqori bo’lmasa kapitalning chiqib ketishi, aholi sonining o’sishi tufayli kapital bilan qurollanganlik darajasi o’zgarmasdan qolishi yoki pasayib ketishi mumkin.
Matematik jihatdan o’zgarmas kapital bilan qurolanganlik sharoitidagi iqtisodiyotda barqaror muvozanat sharti quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:
Δk=sf(k)-(d+n) k=0 yoki sf(k)=(d+n) k
Tenglamadagi (d+n)k investitsiyalarning kritik kattaligini xarakterlaydi. Ya‘ni bir ishchiga to’g’ri keladigan kapitalni doimiy o’zgarmas darajada saqlab turadigan hajmini ifodalaydi.
Aholi o’sishining hisobga olgan holda R. Solou modelini grafik jihatdan ifodalash uchun mehnatning kapital bilan qurollanganligi barqaror darajasini (k*) deb belgilaymiz. Aniqlaganimizdek, agar bir ishchiga to’g’ri keladigan kapital (k=const) bo’lsa iqtisodiyot muvozanat holatida bo’ladi. Agar k11) k* ga qadar o’sadi. Agar
144
k2>k*, unda investitsiyalar ularning kritik darajasidan past va (k2) k* ga qadar pasayadi.
Model iqtisodiyot barqaror holatda bo’lishi uchun investitsiyalar sf(k) kapital chiqib ketishi va aholining o’sishi (d+n)k oqibatlarini qoplashi kerakligini ko’rsatadi. B holda kapital bilan qurollanganlik (k) va mehnat unumdorligi (y) o’zgarmay qoladi. Lekin aholi o’sishida kapitalning doimiyligi kapital ham aholiga mos sur‘atda o’sishi kerakligini anglatadi: ya‘ni:
ΔY/Y=ΔL/L=ΔΚ/K=n
Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: aholining o’sishi – iqtisodiyotning barqarorlik holati sharoitidagi uzluksiz iqtisodiy o’sishning sabablaridan biri.
Biroq agar aholining o’sishi investitsiyaning oshishi bilan birga bormasa, unda bu bir ishchiga tug’ri keladigan kapital zahirasining kamayishiga olib keladi.Aholining n dan n1 ga o’sishi (d+n)k chizig’ini yuqoriga (d+n1)k holatiga siljitadi. Bu esa kapital bilan qurollanganlikni k* dan k1* gacha qisqartiradi. Shunday qilib, R.Solou modeli aholi o’sishining yuqori sur‘atlarga ega bo’lgan davlatlarda kapital bilan qurollanganlik past – demakki, daromadlar ham past bo’lishini tushuntirib beradi.
R.Soluning fikriga ko’ra , barqaror muvozanat sharoitida kapital, mehnat va milliy daromad darajasi bir xil, aholi soni o’sishiga teng sur‘atda o’sib boradi. Aholi sonining tez o’sishi iqtisodiyotning o’sish sur‘atlari jadallashishiga ta‘sir etadi, ammo barqaror muvozanat holatida aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish kamayadi. O’z navbatida, jamg’arish normasining oshirilishi aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad miqdorini oshiradi va kapital bilan qurollanganlik koeffitsentini ko’tarilishiga olib keladi, lekin barqaror holatdagi o’sish sur‘atiga ta‘sir ko’rsatmaydi.
J.Midning iqtisodiy o’sish modeli ham neoklassik asoslarga ega. U iqtisodiy o’sishni chekli unumdorlik qonuni qo’llaniladigan marjinalistik yondoshuvlar bilan tushuntiradi. O’z konsepsiyasini J. Mid
―Iqtisodiy o’sishning neoklassik nazariyasi‖ (1961 y.) kitobida bayon etdi. Kobb-Duglas funksiyasining zamonaviylashtirilgan variantidan
145
foydalanib, J Mid barqaror dinamik muvozanat imkoniyati tenglamasini keltirib chiqardi.
Y =αk+βL+r
Bu yerda Y-milliy daromadning o’rtacha yillik o’sish surati:

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish