k- kapitalning o’rtacha yillik o’sish sur‘ati; L- mehnatning o’rtacha yillik o’sish sur‘ati; α-milliy daromadda kapitalning ulushi; β-milliy daromadda mehnatning ulushi; r- texnik taraqqiyot sur‘ati.
Tenglama, milliy daromadning o’sish sur‘ati milliy daromadda ega bo’lgan ulushi bo’yicha mehnat va kapital o’sish sur‘atlarining yig’indisiga texnik taraqqiyot sur‘ati qo’shilishidan paydo bo’lgan miqdorga teng bo’lishini ko’rsatadi. Mehnat va texnik taraqqiyot o’sish sur‘atlarini doimiy deb taxmin qilib J. Mid quyidagi xulosaga keldi; iqtisodiy o’sishning barqaror sur‘ati kapital o’sishning barqaror sur‘atlari va uning milliy daromad o’sish sur‘atlari bilan tengligi sharoitida erishiladi. Agar kapitalning o’sish sur‘atlari milliy daromadning o’sish sur‘atlaridan oshsa, unda bu jamg’arish sur‘atlarining o’z-o’zidan pasayishiga olib keladi.
Bunday bog’liqlik J.Midning jamg’arishning milliy daromaddagi ulushi doimiy deb shart kiritganligining natijasidir. Shu sababli kapital jamg’arishning (investitsiyalarning) yuqoriroq sur‘atlarini moliyalashtirish uchun zarur bo’lgan jamg’armalarning qo’shimcha o’sishi birichisidan orqada qoladi va unga salbiy ta‘sir ko’rsatadi. Agar kapitalning o’sish sur‘ati milliy daromadning o’sish sur‘atidan orqada qolsa teskari holat ro’y beradi.
Mehnat unumdorligi o’sish sur‘atlarining dinamik muvozanatga ta‘sirini ko’rib chiqib J. Mid agar ular kapital jamg’arish sur‘atidan oshsa unda chekli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mehnatning kapital bilan almashtirilishi hosil bo’ladi degan xulosaga keldi. Ishlab chiqarish jarayonida ularning yangi nisbati esa mehnatning ham, kapitalning ham to’liq bandligini ta‘minlaydi. Shu bilan birga J. Mid real holatda mehnatning va kapital jamg’arilishining o’sish sur‘atlari o’rtasida muvofiqlikka amal qilish zarurligiga e‘tibor qaratgan. Aks holda, agar mehnatning o’sishi shunga muvofiq kapital oshishi bilan birga bormasa ishlab chiqarishning o’sishi ro’y bermaydi, chunki ishchi
146
kuchining o’sishi ortiqcha bo’lib ishsizlik vujudga keladi. Agar kapital mehnat unumdoligini o’sish sur‘atlaridan tezroq o’ssa, unda ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari hosil bo’ladi. Biroq bu holda ham dinamik muvozanatga erishish usullari mavjud. J. Mid bozorlarning neoklassik nazariyasiga asoslanib ularni ko’rsatadi.
Bunda, mehnat bozorida ishsizlikning vujudga kelishi raqobatni kuchaytiradi, bu esa o’z navbatida ish haqi stavkalarining pasayishiga va kapitalning foydaliligining o’sishiga olib keladi. Natijada jamg’arish sur‘atlari oshadi va ishchi kuchining o’sish sur‘atlari bilan tenglashadi.
Mid modelida davlat pul-kredit siyosatidan foydalangan holda faqatgina bilvosita barqarorlashtiruvchi rolini bajarishi kerak. Faqat shugina daromadlar va jamg’armalarni qayta taqsimlashning, resurslarning zarur bandligi va barqaror iqtisodiy o’sishni ta‘minlaydigan, samarali mexanizmini yaratish imkonini beradi.
A. Lyuis o’z modelida ishchi kuchi zahirasi (rezerv) ni iqtisodiy o’sishning asosi sifatida ko’rib chiqadi. Shuning uchun uning fikricha, bu model ―aholi zichligi yuqori, kapital taqchil, tabiiy resurslar esa cheklangan‖ davlatlar uchun qo’l keladi. Bunday mamlakatlarga A. Lyuis Hindiston, Pokiston, Misr va boshqalarni kiritadi.
A. Lyuis o’z konsepsiyasida erkin bozor g’oyasiga asoslanganligi tufayli, tahlil markaziga tadbirkor shaxsini qo’yadi. U bozorda mavjud ishlab chiqarish omillaridan, ya‘ni mehnat, yer va kapitaldan foydalanish xususida qarorlar qabul qiladi, Model iqtisodiyotning ikki sektori: agrar va sanoat sektorlarini hisobga olgan holda quriladi. Agrar sektorda mehnat resurslarining taklifi cheklanmagan, mehnat unumdoligi juda past, chekli mahsulot esa nolga teng deb taxmin qilinadi. Bu esa qishloq xo’jaligidan ishchi kuchining ―olinishi‖ ishlab chiqarish qisqarishiga olib kelmasligini anglatadi. Qishloq xo’jaligida ishchilarning ish haqi yashash minimumi darajasida bo’lgani sababli, bu ishchi kuchidan sanoatda foydalanish hech qanday muammo tug’dirmaydi. Bu sektordagi mehnat unumdoligi agrar sektordagidan ancha yuqori.
Shunday qilib, A. Lyuis modelining vazifasi mehnat resurslarining bir qismini qishloq xo’jaligidan sanoatga qayta taqsimlash va bu bilan
147
iqtisodiy o’sish sur‘atining tezlanishiga erishish hisoblanadi. Bu jarayonda asosiy mexanizm bo’lib tarmoqlararo bozor xizmat qiladi.
Sanoat ishlab chiqarish mashtablarini kengaytirib, o’z ishchilarining daromadlari o’sishini ta‘minlaydi, bu esa ichki talabni oshishiga ko’maklashadi. Bunda tadbirkorlar o’sib borayotgan daromadlarni ishlab chiqarishni kengaytirishga yo’naltiradilar. Bu daromadlar keyinchalik iqtisodiy o’sishga dinamik ta‘sir ko’rsatadi.
Iqtisodiy o’sishning o’zini A. Lyuis ikki turga ajratadi: sanoatda uning manbai bo’lib qo’shimcha ishchi kuchidan foydalanish hisoblanadi (ekstensiv tur), qishloq xo’jaligida esa chekli mehnat unumdorligining oshishi (intensiv tur). Iqtisodiy o’sishning bu ikki turi investitsiyalashning ikki turli xil funksiyalariga muvofiq keladi. Sanoatda gap asosan kapitalni kengaytirish ustida boradi. Shuning uchun investitsiyalarning berilgan funksiyasi yakuniy sanoat mahsulotiga talabga bog’liq bo’ladi. Uning o’sishi daromadlar oshishi va investitsiyalar kengayishini rag’batlantiradi. Qishloq xo’jaligida, aksincha, investitsiyalar daromadlarning qisqarishiga bog’liq holda kengayadi: ish haqiga xarajatlarning ko’payishi fermerlarni qo’l mehnatini mashina mehnati bilan almashtirishga majbur qiladi.
O’z modelini rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ishlab chiqib A. Lyuis uni industrial bosqichni o’tgan g’arbiy mamlakatlar uchun to’g’ri kelmaydi, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar esa, aksincha, uni rivojlangan iqtisodiyot sharoitlari uchun maqbul deb hisoblashadi. Sh. Kindlberger o’z tahlilida ko’rsatganidek iqtisodiy o’sishning mehnat va kapital bilan bog’liqligining eng yaxshi namunasi bo’lib GFR, Italiya, Shveysariya, va Niderlandiya hisoblanadi. Buyuk Britaniya, Belgiya, Shvesiya, Norvegiya va Daniya kabi mamlakatlar ham A. Lyuis modelini teskari bog’liqlikda bo’lsada, tasdiqlashdi: bu mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning past sur‘atlari mehnat resurslari va ishlab chiqarish quvvatlaridan cheklangan holda foydalanish bilan bog’liq edi. Yana bir guruhni sezilarli ishchi kuchi ortiqchaligini boshidan kechirgan mamlakatlar tashkil etadi (Ispaniya, Portugaliya, Gresiya, Yugoslaviya, Turkiya). Ularning iqtisodiy o’sishi ham Sh. Kindlberger fikricha A. Lyuis modeliga to’g’ri keladi. Bu mamlakatlar nafaqat o’z sanoatini
148
balki boshqa yevropa davlatlari sanoatini ham ishchi kuchi bilan ta‘minlar edi va butun qit‘a uchun o’ziga xos mehnat zahirasi fondi vazifasini bajargan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |