19. Laboratoriya ishi. Insuling xos sifat reaktsiyalari
Oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan insulin lotincha «insula» so’zidan olingan bo’lib, orolcha degan ma‘noni anglatadi. Insulin kristall holda olinib, 1964 yili sun‘iy sintezlangan. Insulin ikki polipeptid bog’idan 21 va 30 aminokislota qol-dig’idan iborat. Molekulyar og’irligi 6000.Insulin uglevod almashinuviga har tomonlama ta‘sir ko’rsatadi. Uning asosiy roli uglevodlar almashinuvida namoyon bo’ladi, u hujayralar membranasining glyukozaga nisbatan o’tkazuvchanligini oshiradi, glyukokinaza fermentini faollaydi, glikolitik fermentlar biosintezini induktsiyalaydi, glikogen sintezini, pentoz tsiklini stimullaydi. Insulin ta‘sirida oqsillar va uglevodlardan lipidlar sintezi tezlashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |