Metodologiya. Shu sababli ushbu kursni o‘zlashtirish uchun pedagog o‘z ustida mustaqil ravishda yetarlicha vaqt mobaynida ishlashi talab etiladi va bu pedagogdan xorijiy tilni o‘rganish maqsadida ko‘p- lab adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalardan foydalanishini taqozo etadi. Ushbu jarayon- ni, mumkin qadar, yengillashtirish maqsadida internet aloqa tizimi afzalliklari asosida oliy ta’lim muas- sasalarining pedagog kadrlari uchun yaratilgan elektron axborot-metodik ta’minot tizimidan foydalanish samarali natijalar beradi, deb hisoblaymiz.
Mavjud elektron resurslar foydalanuvchilar uchun pedagog kadrlar tayyorlash mazmuniga qo‘yila- digan talablarga javob berishi, axborot va ko‘rgazmalilik ta’minlanganligi bilan pedagoglar mustaqil ta’- lim olishining samaradorligini, kasbiy tayyorgarlik darajasini oshirishga, bilimlarni mustahkamlashga xiz- mat qiladi. Elektron resurslarda tasavvurni kengaytirishga, jarayonlarni modellashtirishga qaratilgan ani- matsiyali harakatlarning berilishi, kurslardagi tushunchalarni yoritishda gipermurojaatlarning qo‘llanishi asosiy tushunchalarni mustahkam shakllantirish imkoniyatini beradi.
Tadqiqot doirasida o‘zlashtirishning elektron monitoringi tizimi yaratildi. Zamonaviy ta’lim tizi- mida o‘qitishning sifatini tashxis qilish asosida uning holatini aniqlash, o‘quv jarayonlarini samarali bosh- qarish, ta’lim maqsadiga erishish darajasini aniqlash dolzarb masalalar qatoriga kiradi. Pedagoglarning fanlar bo‘yicha bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniq- lash, bu jarayonlarga axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didaktik talablarga mosligi haqiqiyligini nazorat qilish mumkin. Bunda pedagogik tashxis, pedagoglar bilim, malaka va ko‘nikmala- rining shakllanish darajasini aniqlash, nazorat qilish, baholash, yig‘ish va statistik ma’lumotlar tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni o‘z ichiga oladi.2
Mazkur vazifalardan kelib chiqib, pedagog kadrlar mustaqil ta’limini tashkil etish orqali xorijiy til- lar (ingliz tili) bo‘yicha kasbiy kompetentligini rivojlantirishga xizmat qiluvchi axborot-metodik ta’mi- not elektron tizimi ishlab chiqildi. Elektron tizimning birinchi qismida o‘qitiladigan modul yuzasidan bar- cha ma’lumotlar (elektron darslik, qo‘llanma, o‘quv-uslubiy majmua va qo‘shimcha manbalar) joy olgan. Pedagoglar kurs mazmunini shu qismda joylashtirilgan resurslar asosida o‘rganadi. Bu qismdagi barcha materiallarni serverdan yuklab olib, foydalanish mumkin. Tizimning ikkinchi qismi nazorat qismi bo‘lib, unda tegishli kurs bo‘yicha nazorat topshiriqlari va test savollari joylashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |