Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet71/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

1-rasm. Dars samaradorligiga ta’sir etuvchi zaruriy komponentlar.

So‘nggi yillarda dunyo miqyosida ro‘y berayotgan global o‘zgarishlar, taraqqiyot jarayoni, ishlab chiqarish va texnologik protsesslarning jadal rivojlanishi insonlarga axborotlarni qabul qilish manbalarini kengaytirish imkonini berdi. Yoshidan qat’iy nazar, barcha internet tarmog‘i orqali o‘zi uchun zarur ma’- lumotlarni soniya ichida olishi mumkin ekanligi, o‘quvchi-yoshlarning axborotlarni ko‘proq ijtimoiy tar- moqlar va internet resurslari orqali olishga harakat qilishlariga sabab bo‘lmoqda. Maktab o‘qituvchilari esa bu raqobatda o‘quvchilarning maktabda olinadigan bilimlarga bo‘lgan qiziqishlarini saqlab qolishda ta’lim sohasidagi yangiliklardan xabardor bo‘lib borishlari, mavjud innovatsion metodlarni takomillash- tirib, xorijiy tajribalarni milliy o‘qitish tizimimizga uyg‘un tarzda qo‘llab borishlari zarur.


Kimyo fani va kimyoviy moddalar zamonaviy kishilik jamiyatida hayotimizning deyarli barcha so- halarida qo‘llaniladi, tabiatda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mohiyatini tushunishga asos bo‘la oladi, uning qonuniyatlarini tushungan kishilar uchun olingan bilimlar hayotlarini osonlashtirish va yaxshilash uchun xizmat qiladi. Dunyo mamlakatlarida kimyo fani tabiiy fanlarning bir tarkibiy qismi sifatida ularga bog‘lab o‘qitiladi. Dastlab, AQSHda paydo bo‘lgan, keyinchalik esa dunyo mamlakatlarining aksariyat ta’lim muassasalarida nazariy va amaliy bilimlarni uyg‘un tarzda o‘qitishga yordam beradigan zamonaviy ta’limiy usulgan aylangan STEAM ta’limi va STEAM loyihalari barcha tabiiy fanlar qatorida kimyo fani- ni o‘qitishda ham qo‘llanilmoqda.
Hozirda STEM mutaxassislari Fransiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Isroil, Xitoy, Kanada, Turki- ya va boshqa bir qator davlatlar universitetlarida tayyorlanmoqda. STEM geografiyasining kengayishi bi- lan bir vaqtda, STEM yondashuvining elementlari ham maktabgacha, ham maktab ta’limiga ta’lim pira- midasi bo‘ylab tarqaldi. Ko‘pgina mamlakatlarda bolalar uchun fanlararo tadqiqotlar uchun o‘quv kurslari
va qo‘llanmalar faol ravishda tayyorlana boshlandi. Oliy taʼlimda STEM yondashuvining haqiqiy natija- larini his qilgan AQSH hukumati taʼlim standartlari orqali STEM taʼlimini maktablarda oʻqitishning aso- siy usuli sifatida tasdiqladi. Avstraliya, Kanada va Singapur buni ancha oldinroq qilishgan.1
STEM keyslaridan foydalangan holda, tanqidiy tafakkurni shakllantirish bo‘yicha M.B.Solodixina, A.A.Solodixinaning tadqiqotlari, AQSH va Buyuk Britaniyada STEAM ta’limi rivojlanish tajribasining tahlili bo‘yicha A.I.Rudskoy, A.I.Borovkov, P.I.Romanov, K.N.Kisilyova tadqiqotlari, aniq va teran fikr- lashda STEAM ta’limining o‘rnini tahlil qilishda D.Djantasova ishlari diqqatga sazovordir. Xorijiy tad- qiqotchilar orasida STEM ta’limini STEAM ko‘rinishiga keltirgan innovator tadqiqotchi Georgette Yakman tadqiqotlari, STEAM ta’limida dars jarayonini loyihalash sohasida C.Anderson, AC.Barton, STREAM ta’limida axborot resurslaridan foydalanishning ahamiyati borasida L.Lindberg, Deborah Ann Fields, B.Yasmin, STEAM ta’limida videoresurslar va videomateriallardan foydalanish borasida Halver- sen, Sheriden,, and E.Tan, AC.Barton, D.Greenberg, L.Buechley, STEAM ta’limida harakatli jarayonlar- ning ahamiyati J.Jacobs, Mako B.Hill, J.Cohen, STEAM ta’limida san’at va dizayn loyihalashining aha- miyati borasida W.M.Jones, S.Smith, B.Calandra, L.Buechley, K.Peppler, M.Eisenberg, K.Yasminlar- ning olib brogan tadqiqotlari diqqatga sazovordir.
Kimyo fanidan turmushda uchraydigan moddalardan turli qiziqarli tajribalarni bajarish o‘quvchi- larning fanga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirishga yordam beradi. Bu yo‘nalish o‘qitish jarayonida mavzuning ilmiyligi, qaysi texnologiyalarga asoslanganligi, muhandislik, san’at va matematika sohasiga bog‘liqligi asosida fanni o‘qitishga asoslangan.2
STEAM ta’limi kimyo fanida, asosan, uchta yo‘nalishda qo‘llaniladi:

  1. STEAM ko‘rgazmaviy loyihalari.

  2. STEAM amaliy mashg‘ulotlari.

  3. STEAM muammoli kreativ topshiriqlari.

STEAM loyihalari quyidagi strukturaviy tuzulishga asosan tayyorlanadi:

2-rasm. STEAM loyihalarining strukturaviy tuzulishi.







1 Пахомов Юрий. «STEM- и STEAM-образование: от дошкольника до выпускника ВУЗа». Научная статья на сайте ПЕДСОВЕТ. 01.03.2021 Интернет-ресурс. Режим доступа :https://pedsovet.org/article/stem-i-steam- obrazovanie-ot-doskolnika-do-vypusknika-vuza
2 Staver J. (1998). Constructivism: Sound Theory for Explicating the Practice of Science and Science Teaching.
Journal of Research in Science Teaching, p. 501 ‒ 520.
Respublikamiz iqtisodiyotida kimyo sanoati salmoqli o‘ringa ega. Shunday ekan, aynan maktab davridanoq o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib borish, kelajakda ana shu sohada yetuk mutaxasislar yetishib chiqishiga sabab bo‘la oladi. Hayotiy jarayonlarning asosini tashkil qiladigan mu- him fanlardan sanalgan kimyo fani o‘quvchilarning kelajak hayotida turmushda yuzaga keladigan turli muammolarga yechim topishda yordam berishi aniq. Berilayotgan bilimlarning aynan qaysi sohalarda qo‘llash mumkin ekanligini tushuntirish asnosida, o‘quvchilarning kimyo faniga bo‘lgan qiziqishlari ham ortib boradi.
STEAM loyihalarini darslarda tayyorlash va qo‘llash natijasida quyidagi samarali natijalarga eri- shish mumkun bo‘ladi:

    1. STEAM ta’limidan foydalanilganda, o‘qituvchi darsda faol bo‘lmaydi, aksariyat o‘quvchilar tur- li yo‘nalishlarda hamkorlik asosida guruhlarga bo‘lingan holda tadqiqotlar olib boradilar.

    2. STEAM ta’limida darslarda o‘quvchilarning diqqatini tortadigan, fanning aniq bir mavzusiga asoslangan, qiziqarli, rangli ko‘rgazmalar ko‘rinishidagi loyihalar tayyorlash, o‘quvchilarning izlanuv- chan va mustaqil bo‘lishlariga yordam beradi.1 Ularda san’at, ijodkorlik va yangi g‘oyalar yaratish ishti- yoqini oshirishga yordam beradi.

    3. STEAM kreativ muammoli topshiriqlari o‘quvchilarni faqat aniq sanalar, raqamlar va tushun- chalarni esda saqlash bilan cheklanib qolmasdan, ularni turli dunyoviy muammolarning ilmiy yechimla- rini topishga, muammolarni fanlararo bog‘lanishlar asosida tahlil qilishga va eng maqbul yechimni to- pishga yordam beradi.

    4. STEAM muammoli topshiriqlari hayotiy jarayonlarga asosan tuzilgan bo‘lib, ularni yechishda ilmiy bilimlarga va mantiqiy tafakkurga tayaniladi.2 Topshiriqni yechish natijasida o‘quvchilar aniq xu- losalarga keladilar.

    5. Baholash jarayoni zerikarli emas, balki juda qiziqarli va faol tarzda amalga oshadi.

    6. G‘alabalar va natijalarni guruhlararo nishonlash, xatolardan saboq olish va yangi loyihalarni re- jalashtirish o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni faol bo‘lishga undaydi, maqsad sari intiluvchanligini orttiradi, o‘ziga bo‘lgan ishonchini rivojlantiradi.




Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish