Oʻzbekiston respublikasi оliy va oʻrta maxsus



Download 2,07 Mb.
bet111/158
Sana24.02.2023
Hajmi2,07 Mb.
#914238
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158
Bog'liq
llm saechasmalari PdfToWord

Mayliyeva Gulmira Bahramovna (Urganch davlat universiteti; email: mayliyevag@gmail.com)
INGLIZ TILIDA SIFATNING SEMANTIK-FUNKSIONAL XUSUSIYATLARI


Annotatsiya. Ushbu maqolada ingliz va o‘zbek tillarida sifatning semantik funksional xususiyatlari va sifatning semantik ma’nolari yoritib berilgan.
Аннотация. В данной статье описываются семантические-функциональные особенности прилагательного и семантические значения прилагательного в узбекском и английском языке.
Annotation. This article describes semantic-functional features of adjectives and semantic mea- nings of adjectives in English and Uzbek.
Kalit so‘zlar: semantik ma’no, semantik-funksional xususiyatlar, semantika, semantik, sintaktik, ontologik xususiyatlari.
Ключевые слова: семантическое значение, семантические-функциональные особенности прилагательного и семантика, семантические, синтактические и онтологические особенности.
Key words: semantic meaning, semantic-functional features, semantics, semantical, syntactical and ontological features of adjectives.
Hozirgi kungacha sifatning semantik-funksional xossalari haqida uncha ko‘p izlanishlar olib boril- magan. Ko‘pincha, fe’l va ot so‘z turkumlarining leksik-semantik xususiyatlari borasida ko‘plab izlanish- lar amalga oshirilgan.
R.Huddleston va G.K.Pullumning “The Cambridge Grammar of the English Language” kitobida sifatlarga otlarning ma’nosini jozibador qilishga, ularni o‘zgartirib, aniqlashtirib beruvchi so‘zlar deb ta’- rif berilgan. Umumiy darajada sifat ikki katta xususiyat jihatdan o‘rganiladi: semantik va sintaktik xususi- yatiga ko‘ra, semantik nuqtayi nazardan, sifat so‘zlarning xossalarini ifodalaydi.
Sintaktik jihatdan sifat uch xil xususiyatda sinflanadi: funksional, bir-birini to‘ldiruvchi va ketma-
ketlik.

  1. Funksional sifatlar gapda egani aniqlab keluvchi – attributive (a happy family) va kesimlik ‒ pre-

dicative vazifasida (this family is happy) kelishi mumkin. Egani aniqlab keluvchi sifatlar postnominal va prenominal bo‘lishi mumkin, postnominal joylashuv ingliz tilida kam uchraydigan hodisadir, chunki sifat- lar, ko‘pincha, otdan oldin keladi. Masalan, beautiful sifati postnominal bo‘la olmaydi (beautiful girl), chunki u otdan keyin ishlatiladi, ba’zi sifatlar esa faqat sifatdan so‘ng ishlatiladi, masalan, malice afore- thought (avvaldan o‘ylangan adovat).

  1. Bir-birini to‘ldiruvchi so‘zlar vazifasida sifatlar, fe’llar kabi, sababni ifodalovchi tuzilmada farq- lanadi.

    1. Ko‘pchilik sifatlar to‘ldiruvchi olmaydi (intelligent, white kabi). Bunday sifatlar ko‘plab topili- shi mumkin. Ammo to‘ldiruvchi olmaydigan sifatlar gapni to‘liq ifodalash maqsadida quyidagicha sinf- larga ajratilishi mumkin:

  1. sifatlarni to‘ldirib keluvchi predloglar (He is afraid of dogs, I am good at English);

  2. sababni ifodalovchi gaplarda (they are happy to hear, She came to buy some food);

d) sifatlar gaplar bilan ifodalanganda (I am sorry that he is ill).

    1. To‘ldiruvchili gaplar zarur yoki zarur bo‘lmagan holatlar mavjud. Masalan, They are happy to travel gapida to‘ldiruvchi talab etilmasligi ham mumkin ‒ They are happy. Lekin They are desirous to tra- vel gapida faqatgina – They are desirous deb qo‘yilsa gap to‘ldiruvchili gapsiz to‘liq bo‘lmasligi mumkin.

    2. Predlogli to‘ldiruvchi gaplarda predlog otli iborani ifodalab kelsa. Masalan, afraid of, absent from, good at, capable of kabi sifatlarda predloglar bilan ishlatilishi bilan ular gaplarni to‘ldira oladi.

  1. Ketma-ketlik. Fe’llar kabi, sifat ham gap tartibida o‘z o‘rniga ega.

Sababni ifodalovchi to‘ldiruvchili sifatlar to‘ldiruvchili gapning ega vazifasida kelish yo kelmasli- giga ko‘ra, ikkita guruhga bo‘linadi: object embedding to‘ldiruvchini o‘z ichiga olgan sifatlar va subject
embedding ega vazifasidagi, egani o‘z ichiga olgan sifatlar. To‘ldiruvchi sifatlar ega vazifasida kela ol- maydi. Masalan, I am happy to leave misolida To leave is happy for me kabi o‘rin almashina olmaydi, chunki gap tartibi buziladi. He is certain to say ‒ To say is certain for him. Ega vazifasidagi sifatlar sabab- ni ifodalovchi ega o‘rnida keladi. Masalan, She is happy to come – To come is happy. it is late to go ‒ To go is late.
Sifatning semantik-funksional xususiyatlari bevosita tilshunoslikning semantika bo‘limi bilan bog‘- liqdir. Griffithsning1 ta’kidlashicha, semantikada ma’no biror tildagi bilimning asosidan kelib chiqadi. Se- mantikani o‘rganish so‘z ma’nosini anglashga va tildagi ifodalangan biror so‘z ma’nosining aspektlarini anglashga yordam beradi. Griffiths ta’kidlashicha, har bir so‘zning o‘z ma’nosi bor va so‘zlar birgalikda gaplarni tashkil etadi, o‘z navbatida, bu gap tuzilmasi butun bir gap ma’nosiga ta’sir qiladi.2 Semantika haqidagi ushbu ta’kidlar sifat so‘z turkumi uchun ham bir xilda qo‘llaniladi. Semantik ma’noda sifatlar xususiyatni ifodalashga yo‘naltirilgan. Sifat tabiatiga ko‘ra, o‘z ma’nosiga va tushunchasiga ega.
Sintaktik jihatdan ular gapda turli vazifada keladi: attributive adjective-aniqlovchili sifat, otni aniq- lab keladi (an interesting book), predicative adjective-kesimli sifat, to be fe’li kabi bog‘lovchi fe’l bilan gap yasalishiga xizmat qiladi (this book is interesting). Semantik jihatdan esa sifatlar matndan kelib chi- qib, turli o‘rinlarda ishlatiladi, agar sifat matndagi ma’noga qarab farqlanadigan bo‘lsa, sifatning ma’no- viy turlarini sanab chiqsa bo‘ladimi, degan savol yuzaga keladi. Quyida Queenslanddagi James Cook uni- versiteti professori Robert Malcolm Ward Diksonning 1982-yilda chop etilgan “Where have all adjectives gone?” asaridagi ma’lumotlardan keltiramiz.
Dikson o‘zining “Where Have All the Adjectives Gone?3” kitobida sifatlarning yettita semantik tu- rini aniqlaydi. Ular qiymatni ifodalaydigan sifatlar, hajm-o‘lchovni, rang-tusni, yoshni, jismoniy xususi- yatlarni, inson o‘zini tutish xatti-harakatlarini va tezlikni ifodalovchi sifatlar.
Diksonning ta’kidlashicha,4 qiymatni bildiruvchi sifatlar shaxsiy baholashni ifodalab keladi. Qiy- matni bildiruvchi sifatlar baholovchi sifatlar ham deyiladi. Ushbu turdagi sifatlar shaxsiy fikrdan kelib chiqib ifodalanadi, ya’ni, kimgadir berilgan shaxsiy sifatlar qiymatni ifodalovchi sifatlar hisoblanadi. Bi- ror narsaga qiymat berish bu har kimning shaxsiy fikridan kelib chiqib, dunyo qarashidan va xohish-is- taklaridan kelib chiqib, uni sifatlash tushuniladi. Bunday sifatlar opinion adjectives ‒ fikr bildiruvchi si- fatlar ham deyiladi: clever, ugly, simple va boshqalar.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish