Elektr zaryadi. Elektr zaryadining saqlanish qonuni
Mazmuni: elektr zaryadi; elektr zaryadining diskret ekanligi; elektromagnit ta'sir; jismlarning zaryadlanishi; elektr zaryadining saqlanish qonuni; elektr zaryadining SI dagi birligi; moddalardagielektronlar miqdori.
Elektr zaryadi. Jun matoga ishqalangan kahrabo tayoqcha yengil narsalarni tortish xususiyatiga ega bo'lishi juda qadim zamonlardan ma'lum bo’lgan. Ingliz shifokori Jilbert (XVI asrning oxiri) ishqalashdan keyin yengil narsalarni torta olish xususiyatiga ega bo'lgan jismlarni elektrlangan deb atadi va elektr so'zi qo'llanila boshlandi. Tabiatdagi moddalarning turli-tumanligiga qaramasdan faqat ikki xilgina, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlari mavjud. Amerikalik fizik R.Milliken (1868—1953) tajribalar yordamida elektr zaryadi diskret ekanligini, ya'ni istalgan jismning zaryadi elementar elektr zaryadi e ga karrali ekanligini aniqladi. Boshqacha aytganda, istalgan jismning zaryadi Q = ± Ne, (N— butun son) bo'lmog'i kerak. Elektron (me= 9,11·10~31 kg) va proton (mp= 1,67 • 10~27 kg) mos ravishda manfiy va musbat elementar zaryadli zarralardir.
Elektromagnit ta'sir. Yuqorida ko'rganimizdek, harqanday jism massasidan tashqari elektr zaryadi bilan ham xarakterlanadi. Va ular orasida nafaqat gravitatsion, balki elektromagnit ta'sir ham mavjuddir. Bir xil ismli zaryadlar itarishadi, turli ismlilari esa tortishishadi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, elektromagnit ta'sir gravitatsion ta’sirdan ko'p marta kuchliroqdir. Shu bilan birga gravitatsion ta'sirbarcha jismlarga xos bo'lsa, elektromagnit ta'sir faqatgina zaryadlangan jisimlargagina xos xususiyatdir. Elektromagnit ta'sirning kuchliligi jisimdagi zaryad miqdoriga bog'liq bo’ladi.
Jisinlaming zaryadlanishi. Tabiatdagi barcha jismlar elektrlanib qolish xususiyatiga ega. Elektrlanish esa turlicha usullar bilan amalgam oshiriladi. Ularning eng soddasi bir jismni ikkinchisiga ishqalashdir. Masalan, teriga ishqalangan shisha tayoqcha musbat, junga ishqalangan kaxrabo tayoqcha esa manfiy zaryadlanib qoladi. Xo'sh bu zaryadlar qanday paydo bo’ladi? Shuni ta'kidlash lozimki, barcha jismlarda elector zaryadi mavjud. Faqatgina elektroneytral, ya'ni zaryadlanmagan jisimlarda musbat va manfiy zaryadlarning miqdori teng. Tayoqchalarni matoga ishqalash esa zaryadlarning paydo bo'lishiga emas, balki ularning qayta taqsimlanishigagina olib keladi. Natijada ularning birida musbat zaryad ko'proq yig'iladi va tayoqcha musbat zaryadlanib qoladi, boshqasida esa manfiy zaryadlar ko'proq qoladi va tayoqcha manfiy zaryadlanib qoladi. Tayoqcha-mato sistemasida esa zaryadlar miqdori o’zgarmay qolaveradi. Ya'ni biror jarayonda hosil bo’ladigan zaryadlarning algebraik yig'indisiga teng bo’ladi.
Bir xil ishorali ortiqcha elektr zaryadlar jismdagi zaryad miqdori deyiladi. Umumiy zaryad undagi hamma elektr zaryadlarning algebraik yigindisiga teng.
Do'stlaringiz bilan baham: |