Elektr zaryadining saqlanish qonuni. Juda ko'plab, jumladan, o’z tajribalari asosida ingliz fizigi M. Faradey 1843- yilda tabiatning fundamental qonunlaridan biri elektr zaryadining saqlanish qonunlii tarifladi: Istalgan yopiq sistemada, sistema ichida qanday jarayonlar ro'y berishidan qat'iy nazar, elektr zaryadlarining algebraik yig'indisi o'zgarmaydi. Yopiq sistema deb tashqi jismlar bilan zaryad almashmaydigan sistemaga aytiladi.
Elektr zaryadi paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham, u faqat bir jismdan ikkinchisiga uzatiladi yoki shu sistema ichida qayta taqsimlanadi. Elektr zaryadi — relativistik invariant kattalik bo'lib, uning miqdori qanday sanoq sistemasida qaralayotganligiga, zaryadning harakatd yoki tinch turganligiga mutlaqo bog'liq emas.
Elektr zaryadining SI dagi birligi.Elektr zaryadining SI da, birligi hosilaviy kattalik bo'lib, 1 A tok oqayotgan o'tkazgichning ko'ndalang kesim yuzidan 1 s da oqib o'tgan zaryadlar miqdoriga tengdir. Bu zaryad miqdori 1 kulon (C) deyiladi.
Moddalardagi elektronlar miqdori. Erkin elektronlarining miqdoriga qarab moddalar o'tkazgichlarga, dielektriklarga va yarim o'tkazgichlarga ajraladi. Butun hajmi bo'ylab elektr zaryadini erkin o'tkazuvchi moddalar o'tkazgichlar deyiladi. Ular ikki guruhga bo'linadi:
1) birinchi tur o'tkazgichlar (metallar) — ularda zaryad (erkin elektronlar) ko'chganda kimyoviy o'zgarish ro'y bermaydi;
2) ikkinchi tur o'tkazgichi (eritmalar) — ularda zaryadning ko'chishi kimyoviy o’zgarishlarga olib keladi. Erkin elektronlari amalda mavjud bolmagan moddalar ( shisha plastmassalar) dielektriklar deyiladi. Yarim o'tkazgichlar (germaniy kremniy va hokazolar) o'tkazgichlar va dielektriklar oralig'ida bo’ladi.
Kulon qonuni М a z m u n i: nuqtaviy zaryad tushunchasi; Kulon qonuni, Kulon kuchining yo'nalishi, proporsionallik koeffitsiyenti va elektr doimiysi.
Nuqtaviy zaryad. Elektrodmamikada ham turli modellardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ulardan biri nuqtaviy zaryad tushunchasidir. Nuqtaviy zaryad deb, o'lchamlari ta'siri o'rganilayotgan masofaga nisbatan e'tiborga olinmaydigan darajada kichik bo'lgan, zaryadlangan jismga aytiladi. U ham xuddi moddiy nuqta kabi ideallashtirilgan tushunchadir.
Kulon qonuni.Harakatsiz nuqtaviy zaryadlar orasidagi o'zaro ta'sir kuchi 1785- yilda ingiliz fizigi Sh. Kulon tomonidan aniqlangan. U ham o'z tajribasinini Kavendesh gravitatsion doimiysini aniqlashda foydalangan asbobga o’xshash, buralma tarozi yordamida bajargan.
Quyi qismida shisha tayoqcha osilgan ingichka elastik ip shisha silindir idishda o'rnatilgan. Ipning yuqori uchi burilish burchagini aniqlashga imkon beruvchi darajalangan qurilmaga biriktirilgan. Osib qo'yilgan shisha tayoqchaning bir uchida kichkina metall sharcha, ikkinchi uchida esa posangi biriktirilgan. Idish qopqog'idagi teshikcha orqali xuddi shunday boshqa sharchani ham kiritish mumnkin. Agar sharchalarga zaryad berilsa, ular o’zaro ta'sirlashishadi va ipning burilish burchagiga qarab ta'sir kuchini baholash imkoni tug'iladi.