4.Yangi mavzuni tushuntirish:
Bu bosqichda o’qituvchu o’quv dasturiga asoslanib, o’quvchilarga keraqli bilim doirasi bo’yicha mavzuni tushuntiradi va o’quvchilar ma’ro’zaning asosiy qismlarini daftarga yozib oladilar. Oqituvchi yangi mavzuni tushuntirishda innovatsion va yangi axborot texnologiyalaridan foydalanib o’quvchilar hamkorligida ularning fkrlashi uchun yo’llanmalar berib ishlaydi.
Avtotebranishlar. So’nmas tebranishlar generatori
Mazmuni : avtotebranishlar; so’nmas elektromagnit tebranishlar generatori .
Avtotebranishlar. Tebrnishlarni so’nmaydigan qilib turib turish texnikada muhim ahamiyatga egadir. Agar real tebranish sistemasi yo’qotadigan energiyaning o’rni to’ldirilib turilsa, unda tebranish so’nmaydigan bo’ladi. Tebranish konturidagi so’nmas tebranishlarni doimiy tashqi manba hisobidan energiya bilan ta’minlab turiladigan avtotebranishlar juda keng qollaniladi va muhim ahamiyatga ega.Bunda tebranishlarning xossalari sistemaning o’zi tomonidan aniqlanadi.
Endi energiya manbayi, tebranma harak qila oladigan jism, energiyani manbadan jismga uzatadigan qurilmalardan iborat sistemani qaraylik. Bu sistema tebranayotgan jismga ishqalanish, issiqlik energiyasi, nurlanish va hokazolarga yo’qotiladigan energiyani qoplashni boshqarish xususiyatiga egadir. Bunday sistemaga mayatnikli soat misol bo’la oladi. Bunday soatda siqilgan prujina yoki ko’tarib qo’yilgan tosh energiya manbayi bo’lib hizmat qiladi.
Avtotebranishlar sistemasi quyidagi asosiy sistemalardan iborat :
tebranish sistemasi;
tebranish sistemasidagi energiya yo’qotilishi, to’ldirilga energiya manbayi;
klapan-tebranish sistemasiga ma’lum porsiyalar ko’rinishida energiya kelishini boshqarib turuvchi qurilma.
tebranish sistemasi klapani boshqarib turadigan teskari bog’lanish.
So’nmas elektromagnit tebranishlar generatori. Bunday tebranishlar sistemasi vazifasini kichik qarshilikli induktivlik (L) va kondensatorlar (C) dan iborat kontur bajaradi. Tranzistorni kuchlanish bilan ta’minlovchi batareya (tog’irlagich) – tok manbayi vazifasini bajaradi. Klapan vazifasini tranzistor bajarib, manbadan tebranish konturiga energiyaning porsiya bo’lib berilishini boshqaradi.
Tebranish konturining g’altagi L tebranishlarnin o’z- ozidan paydo bo’lishiga xizmat qiladi. Klapan vazifasini esa p-n-p tipdagi tranzistor o’taydi. Agar manbaning musbat qutbi emitterga, manfiy qutbi esa bazaga ulangan bo’lsa, emitter o’tuvi ochiq bo’ladi. Agar baza ning potensiali emitternikiga nisbatan musbat bo’lsa, tranzistor tok o’tkazmaydi. Ayni shu potensiallarning munossabatiga qarab tranzistor yoki bo’ladi.
Tebranishlarning amplitudasi va davri tebranish sistemasining xarakteristikalari bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |