O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Download 0,74 Mb.
bet37/123
Sana31.10.2020
Hajmi0,74 Mb.
#51661
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123
Bog'liq
Tilshunoslikka-kirish

17-§. TIL VA YOZUV

Tilning butun imkoniyatlari nutqda ifodasini topadi. Nutqning og’zaki va yozma shakli bo’lib , yozma nutq yozuv orqali namoyon bo’ladi. Yozuv ma’lum bir tarixiy jarayon mobaynida aloqa- munosabatning muhim vositasi bo’lib shakllanadi. Yozuvning tarixiy ahamiyati quyidagilarda aks etgan.

1.Yozuv ma’lum tarixiy jarayon natijasida shaklanadi va kishilar orasidagi bavosita aloqa-munosabat vositasi sifatida ijtimoiy manfaatlar uchun xizmat qiladi.

2. Kishilik jamiyati erishgan barcha ma’naviy yutuqlar yozuv orqali avloddan avlodga yetkaziladi.

3. Yozuv uchun masofa va vaqt ahamiyatsizdir.

4. Yozuvning xabar yetkazish imkoniyati tufayli turli masofadagi axborotlar umumiy ma’lumotga aylanadi.

5. Yozuv kishilik jamiyati taraqqiyotining muayyan bosqichlarini, xalq tarixi, etnografiyasini adabiyot va san’at tarixini, tilning tarixiy taraqqiyot bosqichlarini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yozuvsiz tilning va xalqning tadrijiy taraqqiyotini o’rganib bo’lmaydi.

Dunyodagi aksariyat tillar o’z yozuviga ega. Yozuvning hozirgi ko’rinishlari dastlabki shakllarning takomillashib borishi natijasida paydo bo’ldi. Tadqiqotlardan ma’lumki,yozuvning dastlabki ko’rinishlari ramziy ifodalar tarzida yuzaga kelgan.Fanda piktografik, logografik, ieroglifik,fonografik kabi yozuv turlari bor.

Piktografik yozuv. Voqea- hodisalar haqidagi tafakkur ma’lumotlari jonli va jonsiz vositalar orqali ifodalangan yozuv piktografik yozuv hisoblanadi.Bu atama “chizilgan” va “yozaman”degan ma’nolardagi so’zlardan tuzilgan. Yozuvning bu turi ma’lumotlarning dastlabki qaydlarini yetkaza oladi va mavhum tushinchalarni ifodalash imkoniyatiga ega emas.

Piktografik yozuvning takomillashib borishi natijasida ideografik (grekcha “idea-tushuncha”,”grafo-yozaman”) yozuv paydo bo’ldi. Yozuvning bu turi logografik yozuv deb ham yuritiladi. (“logos-so’z”, “grafo- yozaman”). Negaki, bunday yozuvdagi ramzlar narsa- buyumlarni aks ettirib qolmay, tildagi so’zlarni ham ifodalaydi.

Ushbu yozuvda ma’lumot ma’nosini shakllar bilan aks ettirish qiyin bo’lgan logogrammalar orqali yetkaziladi.

Logografik yozuvning piktografik yozuvdan quyidagi afzalliklari bor.

a) logografik yozuv xabar qilinishi lozim bo’lgan mazmunni ancha mufassal aks ettiradi.

b)piktografik yozuvda so’z tartibi va so’zshakllari noaniq, logografik yozuvda esa aniq bo’ladi.

v)piktografik yozuvda subyektivlikka, ixtiyoriylikka yo’l qo’yiladi, logografik yozuv esa barqaror logogrammalardan tashkil topgan.

Logografik yozuvning bir oz mukammallashgan shakli ieroglifik yozuvdir. Ieroglif grekcha “ierogliv” so’zidan olingan bo’lib, “muqaddas yozuv “ degan tushunchani anglatadi. Bu yozuvdan qadimgi Arabistonda keng foydalanilgan. Ushbu yozuvlar ifoda etilayotgan narsa-buyum xususiyatlarini imkon qadar aks ettiradi. Ieroglifik yozuv mavhum tushunchalarni ifodalay olishi bilan o’zidan oldingi yozuvlardan farqlanadi.

Yozuvning yuqorida qayd etilgan turlari ancha murakkab. Ularda fikr va ma’lumot ifodalash imkoniyati juda tor. Shuning natijasi o’laroq, yozuvni oson, qulay shaklga keltirish ehtiyoji tug’uladi. Yozuvni soddalashtirish quyidagi yo’llar orqali amalgam oshirildi. 1. Tushunchani yangi shakllar bilan berish o’rniga, mavjud logogrammalar yoki ierogliflar majmuasi orqali ifodash.

2. Logografik yozuvni soddalashtirishning ikkinchi yo’li so’zlarning grammatik shakllariga taalluqlidir. Masalan, logogrammalarni o’zak sifatida qoldirib, grammatik ma’nolar uchun

yangi logogrammalar o’ylab topish, ularni o’zak logogrammalar ma’nosiga qarab qo’shish. 3. Yozuvni soddalashtirishning eng unumli va ma’qul usuli fonografik yozuvga o’tish edi. Bunday yozuv tilning grammatik qurilishini ifodalab qolmay, uning fonetik tuzilishini, ya’ni so’zning tovush tarkibini ham aks ettiradi. Fonetik yozuv. Yozuvning bu turi bir necha ko’rinishlarga ega. Shulardan biri bo’g’in yozuvidir. Bu yozuvda ierogliflar bo’g’inlarni ifodalaydi. Yozuv tarixida bo’g’inli yozuv muhim ahamiyat kasb etadi. Bo’g’inli yozuvda bir bo’g’inni, bir so’zni, bir tovushni ifodalaydigan belgilar qo’llangan. Ossuriya va Vavilon mix (qoziq) yozuvi ana shunday yozuvlardan hisoblangan. Bu yozuvda ayrim belgilar bir tovushni,butun bir bo’g’inni, ba’zi belgilar esa butun bir so’zni ifodalagan. Eronliklar Vavilonni bosib olganlaridan keyin Ossuriya va Vavilon mix yozuvidan foydalanib, fonetik (tovushli) yozuvni, ya’ni har qaysi belgi bir tovushni ifodalaydigan yozuvni ixtiro etganlar.

Dunyodagi aksar tillarning fonetik yozuvini ifodalovchi alifbe ya’ni fonetik yozuvlar finikiyaliklar yozuvi asosida shakllangan.



Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish