O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligi


Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/215
Sana30.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#419193
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   215
Bog'liq
umumiy psixologiya

Yetuklik davrining ikkinchi boskichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari
Yetuklik davri 36-55 (60) yoshlardagi erkak va ayollarni o‘z ichiga oladi. Mazkur davrda 
ijodiy faoliyatni qaytadan baxolashda o‘z ifodasini topuvchi yangi xislat namoyon bo‘ladi. Ular shu 
kungacha mexnat faoliyatida miqdor ketidan quvib yurgan bo‘lsalar, endi mexnat maxsulining sifati 
ustida bosh qoidaga boshlaydilar. Oilaviy turmushga, ijtimoiy xayotga, yashashning maqsadiga, inson 
qadr-qimmatiga, tevarak-atrofga, o‘zlariga va boshqa odamlarga yangi mezon bilan qaray boshlaydilar. 
U turmushning ikir-chikirlari, ijtimoiy xodisalarga vazmin, sabr-toqat bilan xayot tajribasiga suyangan 
xolda munosabatda bo‘ladilar, xar bir narsaning nozik tomoni yoki yomon oqibati xaqida o‘z fikrlarini 
bildiradilar. Xayotda qo‘ldan boy bergan imkoniyatlari, xato va kamchiliklari ularda yetti o‘lchab, bir 
kes kabilida ish tutish tuyg‘usini vujudga keltiradi. Shuning uchun ular umrning biror daqiqasi bexuda 
o‘tishiga achinadilar, yoshlik yillarida yo‘qotganlarini aql-zakovat, donishmanddik bilan to‘ldirishga 
intiladilar. 
Yetuklik davrining ikkinchi bosqichida qarilik alomatlari ko‘proq o‘rin egallay boradi, uning 
boshlanish nuqtasi 45-50 yoshlardir. Lekin odamlarning o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra, bu chegara 
turlicha, masalan, bu bir kishida 60 yoshda, boshqa birida esa 70 yoshda bo‘lishi mumkin. Shu sababli 
yosh davrining chegaralari faqat shartli belgilanadi Leu omil odamlar yashayotgan oila muxitiga, 
tarixiy-ijtimoiy shart-sharoitga, jug‘rofiy iqlim va xokazolarga xam bog‘liqdir. Mazkur yosh davrining 
o‘zgaruvchanligini insonning biologik, ijtimoiy va tarbiyaviy omillari (irsiy alomat, ijtimoiy muxit, 
uzlo‘qsiz tarbiyaviy ta’sir) belgilaydi. 
Y.N.Kulyutkin bir xil yosh davridagi odamlarda xar xil jarayonlar, xolatlar, xossalar, 
xususiyatlarning o‘sishi, o‘zgarishi baravar emas, balki ularning birovda oldin xotira, keyin tafakkur, 
boshqa birovda, aksincha, rivojlanishini, bir psixik jarayonning zaiflashuvi, ikkinchisining jadal sur’at 
bilan ustirishini o‘qtiradi. 
Shaxsning o‘z ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga intilishi faoliyatning barcha turlarida 
ma’naviy va ruxiy jixatdan o‘zini anglashini yanada takomillashtiradi. Yetuklik davridagi erkak va 
ayollarning o‘zligini anglashdagi "Men" uch xil ko‘rinishda ifodalanadi: "Men" ko‘pincha "Men — 
obraz" shaklida o‘zi tomonidan ttalqin qilinadi. Shaxsning "Men — obrazi": 1) retrospektiv "Men"dan 
iborat bo‘lib, o‘tmishdagi o‘zligini aks etiradi; 2) aktual "Men" sifatida tasavvur etilib, o‘zining xozirgi 
davrini ifodalaydi; 3) ideal "Men" obrazi esa yaqin kelajakda o‘zining qanday tasavvur qilish tuyg‘usi 
bilan bog‘lik xolda yaratiladi. Shuning uchun o‘z imkoniyatlarini xayotda to‘la safarbar qilish istagi 
ijtimoiy turmushning barcha jabxalarida o‘zining o‘tmish obrazini xozirgisi bilan solishtirib, shaxsiy 
ideal modelini vujudga keltiradi, shaxs mazkur modelga asoslanib, turmush rejalarini, xatti-xarakat 
maqsadini, usul va vositalarini tanlay boshlaydi. Insonning o‘tmishidan xozirgi kunga, xozirgi kundan 
kelajakka intilishi o‘zini anglashning bosh mezoni xisoblanadi. O‘zligini anglashning boshqa mezonlari 
xam mavjud bo‘lib, ular o‘zini o‘zi baxolash, nazorat qilish, tekshirish, ko‘lga olish, o‘ziga buyruq 
berish kabilarda aks etadi. O‘zini anglash ko‘pincha, o‘ziga boshqa kishilar: a) tengdoshlari; v) o‘zidan 
kichik odamlar nuqtai nazaridan qarashda ko‘rinadi. 
U mazkur yosh davridagi odamlarning ko‘rish maydonini o‘rgangan L.N.Kuleshova va 
M.D.Aleksandrova 36-50 yoshli erkaklarda ko‘rish chegarasi quyidagicha ekanini aniqlaganlar: 
normadan ortiq 4 foiz, normada 53 foiz, qolganlari normadan kam. Y.N.Kulyutkin 36-40 yoshli 
sinaluvchilarda diqqat, xotira, tafakkurning 0-130 gacha shkalada 94,8; 93,7; 99,0 birliklarga ega 
ekanligini isbotlab berdi. B.G.Ananev esa mazkur yoshdagilarda shaklni idrok qilishni binokulyar va 
monokulyar yo‘llarida muayyan darajada tafovutlar yuzaga kelishini aytadi. 
Qator olimlar (Klapared, Mayls, Bellis, Filip) mazkur yoshdagilarning tovush va yoruishkdan 
ta’sirlanish vaqti o‘zgarishini o‘rganganlar. Olingan ma’lumotlar amaliy axamiyatga ega bo‘lib, o‘z 
qimmatini xozirgacha saqlab kelmoqda. Fulds, Raven, Pako kabi tadqiqotchilar intellektning mantiqiy 
qobiliyatini tekshirib, 30 yoshda 96, 40 yoshda 87, 50 yoshda 80, 60 yoshda esa 75 foiz bo‘lishini 


51 
aniqlaganlar. Ularning ijtimoiy faoliyatga kirish xususiyatini faollik nuqtai nazaridan o‘rgangan 
V.SHevchuk 35 yoshdagi odamlarning 6,2 foizi bu faoliyatda qatnashish istagini bildirsa, 40 yoshda 2,2 
foizi qatnashishni xoxdaydi, 2,8 foizi esa undan chiqishga qaror qiladi. Bu xolat shu tarzda davom etadi. 
Z.F.Yesareva oliy maktab o‘qituvchilarining ijodiy faoliyati xususiyatlarini o‘rganib, doktorlik 
ishlarini yoqlashni matematiklar 33, psixologlar 46, filologlar 46, tarixchilar 47, fiziklar 37, biologlar 40 
yoshda amalga oshirishini aniqlagan. 
Umuman, Yetuklik davrining ikkinchi bosqichiga mansub kishilar bir tomondan, butun 
imkoniyatini mexnat va ijtimoiy faoliyatlarga bag‘ishlagani bilan, ikkinchi tomondan, ijtimoiy 
faolliklari susayib borishi bilan farqdanadi. Chunki insonning keksayishi xam quvonchli, xam o‘kinchli 
damlarga, kechinmalarga, xis-tuyg‘ularga serobligi bilan boshqa yosh davridagi odamlardan ajralib 
turadi. Xotirjam dam olish istagi bilan ijtimoiy faoliyatdan uzoqdashish tuyg‘usi o‘rtasida inqiroz 
vujudga keladi. Qanday qarorga kelish, ya’ni mexnat jamoasi bilan aloqani uzmaslik yoki mutlaqo 
ijtimoiy faoliyatdan chetlashish muayyan xolatlardagi motivlar kurashiga bog‘liqlir. 
Xozirgi zamon kishilarining o‘rtacha umr ko‘rishi XX asr boshlaridagiga nisbatan qariyb bir 
yarim — ikki marta uzayganligi, yetuklik davridagi erkak va ayollarning jismoniy baquvvatligi, 
ma’naviyati va ruxiyati tetikligi ijtimoiy faollikni susaytirish xaqida so‘z bo‘lishi mumkin emasligini 
ko‘rsatmoqda. Demak, ularning ishchanligi, aqliy qobilshggi, kasbiy maxorati, turmush tajribasi, 
ongining yo‘qsakligi, ma’naviyatining boyligi, ruxtitining sofligi yangi zafar, mexnat quvonchlari sari 
dadil qadam tashlashga to‘la kafolat beradi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish