O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`limvazirligi


- mavzu: Gerontopsixologiya



Download 3,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/215
Sana30.01.2022
Hajmi3,21 Mb.
#419193
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215
Bog'liq
umumiy psixologiya

9- mavzu: Gerontopsixologiya 
Reja: 
1.Psixogerontologiya xakida umumiy tushuncha 
2.Biologik keksayish 
3.Keksayish davridagi shaxs psixologiyasi 
4.Keksalik davridagi shaxsning psixologik xususiyatlari 
5.Uzok umr kuruvchilariing psixologik xususiyatlari 
Psixogerontologiya psixologiya fanining tarkibiy kismi ekanini ilmiy jixatdan S.Xoll asoslagan 
bulsa-da, lekin bu yunalishning uziga xos xususiyatlari tugrisida Mark Tulliy Sitseron ("Katta Katon 
yoki keksayish xakida" asarida), I.I.Mechnikov ("Optimizm etyudlari" kitobida), Urta Osiyo allomalari 
donolik, donishmandlik xakidagi durdonalarida falsafiy fikr va muloxazalarni bildirganlar. Amerikalik 
psixolog S.Xoll (1846— 1924) "Keksayish" monografiyasida amaliy va metodologik axamiyatga molik 
kator goyalarni il gari surgan. Usha asar keng ilm axdi ichiga tez yoyilishiga karamay, uning izdoshlari 
birdaniga kupaymadi. Yigirmanchi asrning 30-yillaridan boshlab keksalik davriga oid tibbiy-biologik 
gadki krtlarning kupayishi, shuningdek, inson kamolotiga shaxs sifatida yondashishning paydo bulishi 
psixoge-rontologiyaningrivojlanishiga birmuncha ta'sir kursatdi. Ana shu tarika keksayishga tibbiy, 
ijtimoiy jixatdan yondashish bilan bir katorda psixologik jabxa jixatidan yondashish xam vujudga keldi 
va psixogerontologiyaning tadkikot soxasi kengayib bordi, shu soxa buyicha ingliz tilida maxsus 
jurnallar chika boshladi. Ilmiy izlanishlarning aksariyati keksayish davridagi odamlar shaxsining 
xususiyatlari, dikkati, xotirasi, tafakkuri, akd-zakovatiga bagashlangan bulib, boshka psixik xrlatlar, 
jarayonlar juda kam tadkik kilingan. Xrzir keksayish psixologiyasi xam gerontologiyaga, xam 
ontogenez psixologiyasi soxasiga taallo`qdi degan ikki xil ilmiy nazariya mavjud, vaxrlanki, ular uzaro 
boglik bulib, bir-birini doimo ilmiy axborot va ma'lumotlar bilan boyitib turadi. Psixogerontologiya 
fanida gerontologiya, involyutsiya, geriatriya, gerogigiyena, geteroxronlik kabi ilmiy tushunchalar 
mavjud. Gerontologiya — grekcha suz bulib, keksayishning, keksalikning kelib chikishi demakdir. 
Geriatriya suzi keksaygan inson shaxsini davolashni bildiradi. Involyutsiya tushunchasi evolyutsiyaning 
teskarisi bulib, usishdan orkaga kaytishni ifodalaydi. Gerogigiyena — keksaygan odamning 
salomatligini sakdash va mustaxkamlash soxasidir. Gerogigiyena keksa odamlarda asab, ruxiy 
kasalliklarning oldini olish uchun xizmat kiladi. Geteroxronlik bir xil yoshdagi odamlarda ruhiy 
jarayonlarning turlicha (xar xil vakt va muddatda) namoyon bulishidir. 
Psixogerontologiya fanida gerontogenezning evolyutsion omil-lari katoriga I.VDavidovskiy 
nasliy, ekologik, biologik, ijtimoiy alomatlarni kiritadi. D.Bromley insonning karish sikli uchta 
boskichdan iborat bulishini ta'kiddaydi: 1) "ishdan, xizmatdan uzokdashish" (iste'fo) - 66-70 yosh; 2) 
keksalik (70 va undan katta yosh), 3) munkillagan keksalik (xasta keksalik va ulim) — maksimum 110 
yosh. Shu bilan birga (keksayishning konuniyatlari xam kashf kilingan, ular katoriga kuyidagilarni 
kiritish mumkin: 1) geteroxronlik (xar xil vaktlilik) konuni; 2) uziga xoslik konuni; 3) xilma-xillik 


52 
konuni.I.V.Davidovskiy "Keksayish nimah" nomli asarida ta'kid-laganidek, inson 50—60 yoshga 
tulganda yoki undan oshgan chogida yeto`qlikning kechikkan davriga kirib keladi. Shu yoshdagi 
odamlarning ulimini XVIII ayerdaga tengdoshlari bilan takkrelansa, ularning yashash va mexnat kilish 
imkoniyati 75 yoshgacha uzayishi mumkin. Chunki xozirgi kunda nafakani belgilash xakikiy biologik 
karish yoshidan 15—20 yil ilgarilab ketgan. Bu xrl akdiy mexnat bilan shugullangan ziyoli odamlarda 
yakkrl kuzga tashlanadi. I.VDavidovskiyning fikricha, uzokumr kuruvchilar asosan ozgin, faol, 
xarakatchan odamlar bulib, xavodan erkin nafas olishni juda yoktiradilar, organizm faoliyatiga daxldor 
tinka kuritar kasal-liklardan xoli buladilar.Tadkikotchi P.P.Lazerev 1928 yilda umr utishi bilan kuruv 
apparati markaziy etnologiyasining xiralashuvini aytgan edi. Keyinchalik, 1967 yilda amerikalik 
psixolog Gregori bu fikrni tajribadan utkazdi va inson keksayishi bilan retseptor apparatining optik 
funktsiyasi zaiflashadi, kuruv sezgisi va idrokini xiralashtiradi, dedi. Kuzning rangni sezishi yoshi 
ulgayishi bilan uzgarib boradi, xatto, rangni ajratish kobiliyati sezilarli darajada pasayadi. Shuni aloxida 
ta'kidlash kerakki, rang ajratish, spektr nurlarining yoyilishi Ibn Sino tomonidan tushuntirib berilgan, 
fan olamida esa bu kashfiyot Gelmgoltsga kiyos beriladi. Kurishning pasayishi geteroxron xususiyat 
kasb etib, spektrning kiska va to`qis Kismida (ko`q va kizil rangda) anikrok aks etadi.Psixogerontologik 
no`qtai nazardan sezish vaktini tadkik Kilgan YE.N.Sokolov, YE.I.Boyko, A.R.Luriya sezish vakti yosh 
davrining informatsion stimul funktsiyasidan boshka narsa emas, deya xulosa chikaradilar. Ular sezish 
vaktining egri chizikdi kursatkichlarini sxema tarzida ishlab chikib, keksalik davriga xos ikkita 
xususiyatni cho`qur taxdil kildilar. Xuddi shunga uxshash ma'lumotlar D.Birron, D.Botvinnik 
tajribalarida xam olingan. Psixogerontologiyada keksa erkak va ayollarning psixologik xususiyatlarini 
urganishda kuproktest (sinov) dan foydalaniladi. Testlar uz maksadi, moxiyati hamda tizimiga binoan 
bir nechta kurinishga ega: 1) maksadga yunaltirilgan, bilim hajmini anikdovchi standart testlar — 
imtixrn — sinov varakasi; 2) insonning akd-zakovatini ulchashga moslashtirilgan akd testlari; 3) inson 
shaxsining fazilatlarini tekshirishga muljallangan testlar; 4) inson iste'dodi, iktidori xamda 
kobiliyatining darajasini anikdashga karatilgan testlar. Keksayish davrida odamlar psixologiyasini 
urganish testlar yordamida amalga oshirilishi sinaluvchilarda irodaviy kuch-kuvvat sarflash, akdiy 
zurikish, asabiy tanglik holatlarini kamaytirish uchun xizmat kiladi, tajribada vaktdan tejamli 
foydalanish imkoniyatini yaratadi. Shu bilan birga testlar kishilarda (rang-barangligi uchun) kizikish, 
tabiiy mayl, shugullanish xds-tuygusini uygotadi. Testlar bilan ishlashda vakt cheklanganligi sababli 
ayrim no`qsonlarga yul kuiiladi, lekin ularni aynan ugla sinaluvchilarda muayyan vakt utgandan keyin 
takror utkazilsa, kamchiliklar barxam topishi mumkin. Keksalar psixologiyasini tadkik, kilishga oid 
tajribalarda psixogerontologiyaning ayrim usullaridan keng foydalanilmokda. 
Biologik keksayish 
Nafaka yoshiga tulgan kishilarning ishni davom ettirish istagi va ulardan foydalanish extiyoji 
tibbiyot va ruxiyat ilmi oldiga bir kancha talablar kuyadi. Bu talablar M.D.Aleksandrova va uning 
shogirdlari ta'kidlaganidek, 60 yoshdan oshgan odamlarning somatik sixatliligi ularning ishlab 
chikarishda katnashishiga kanchalik imkon berishini, insonning ruxiy salomatligi ishlashda kay darajada 
yordamlashishini, soklom keksa odamning psixo-fiziologik funktsiyalari, psixik jarayonlari, shaxsiy 
xususiyatlari va kasb-korlik uchun zarur talablarga moye kelish-kelmas-ligini anikdashdan iboratdir. 
Shularning sunggi kismini tadkik kilish bevosita psixologlarning zimmasida bulib, yosh ulgayib 
borishiga karab fiziologik funktsiyalarning uzgarishi psixometriya ma'lumotlariga tayanib muayyan 
usulda urganilishi lozim. Bu usulda bir kancha elat, jamoa xududning xuddi shu yoshdagi axrlisi bilan 
solishtiriladi. Tadkikotning bu usuli ayrim ruxiy jarayonlarning yosh dinamikasini anikdashga xizmat 
kiladi. Asab sistemasining karishi V.D.Mixaylova-Lo`qasheva, M.M.Aleksandrovskaya kabi 
olimlarning fiziologik va gistologik tadkikotlarida keksalarning asab sistemasi, bosh miya tuzilishi 
uzgarishi urganilgan bulib, bu xrl makroskopiya va mikroskopiya ma'lumotlari asosida ifodalangan. 
Makroskopiya ma'lumotlariga kura: a) keksalik davrida miyaning ogirligi 20-30 foiz yengillashadi: b) 
bir davrning uzida miya bilan kalla suyagining xajmi urtasida disproportsiya kuchayadi; v) keksayish 
davrida miya burmalari kamayadi va arikchalari kengayishi kuzatiladi, bular ayniksa miya kobigining 
peshona kismida yakkol kurinadi va yeto`q yoshdagi odamlarga Karaganda 3—4 ta yul kiskaradi; g) 
miyaning zichligi ortadi. 
Mikroskopiyaning natijalariga binoan: 1) nerv xujayra-larining umumiy mikdori kamayadi, bu 
uzgarish kobigining III-V zonalarida anik bilinadi; 2) Purkine xujayralarining mikdori keskin kamayadi, 
xujayralarningyo`qolishi yeto`q kishilarga nisbatan 25 foiz kup buladi; 3) nerv xujayralari ajinlashadi: 
yadro esa notugri kurinishga ega bula boshlaydi; 4) nerv tolalari yuton-lashadi; 5) xabar olib boruvchi 
yulda miyelin tolalarining mikdori ozayadi.Sensor-pertseptiv funktsiyalarning karishi. kurish 


53 
funktsiyasining yosh davri dinamikasiga bagishlangan kator tadkikotlar mavjud bulib, amerikalik 
psixolog kro`q tadkikrtining ma'lumotlariga karaganda, agar vakt xech bir cheklanmasa, kuruv 
stimullarini idrok kilish 20—50 yoshli odamlarda bir tekis, anik va tugri amalga oshishi mumkin. 
Mabodo vakt cheklangan bulsa, idrok kilinayotgan jism kiska vakt namoyish kilinsa, kuzgatuvchining 
kuchi uzgarib tursa, yoshlar bilan kattalar urtasida keskin fark vujudga keladi. Oddiy turmushda bu xol 
jismlarga uzok muddat termulish imkoniyati va sun'iy yoruglikdan foydalanish kuruv idroki 
pasayishining oldini oladi va muvakkat uzilishni barxam toptiradi. L.YE.Birron va L.Botvinnik 
kuyidagicha xulosa chikardilar: sensor axborotni Kayta ishlash va stimullarni baxolash uchun keksa 
kishilarga kup vakt keraq kurish pasayishining ikkita sababi bulib, biri kuz gavxarining torayishi, 
ikkinchisi kuz akkomodatsiyasining yomon-lashuvidir.S.Pakoning fikricha, idrok kilinayotgan ob'yekt 
va uning stimullari kanchalik murakkablashib borsa, tajribada yosh davrining farkdari shunchalik ortib 
boradi. Bir gurux psixologlarning o`qdirishicha, idrok funktsiyasidagi yosh davriga boglik pasayishning 
asosiy sabablaridan biri miya pustining gnostik zonasidagi neyronlar mikdorining kama-yishidir. 
U.Mayls va AUelford uning pasayishini aytganlar. 
Eshitish. Eshitish kobiliyatining eng yo`qori darajasi 14—15 yoshlarga tugri keladi, undan 
keyingi kamolot davrlarida biroz pasayish yuz beradi. Kupgina olimlarning fikricha, inson yoshining 
ulgayishi bilan eshitishning zaiflashuvi mu'tadil xolat Xisoblanib, organizmning biologik karishi bilan 
uzviy boglik ravishda kechadi. Ishlab chikarishdagi kuchli shovkin odamning eshitish krbiliyatini 
yomonlash-tiradi. Eshitish o`quvini yo`qrtish erkaklarda ayollarga karaganda kup uchraydi. Ta'm bilish 
sezgisida xam yosh ulgayishi va keksalik tufayli ayrim uzgarishlar vujudga keladi. Masalan, nordon, 
shirin va achchiq-ni sezish 50 yoshgacha keskin uzgar-masa-da, lekin undan keyingi usish davrida maza 
surgichlari miq-dorining kamayishi evaziga sezgi chegaralarining kengayishi sodir buladi. Xid 
sezgirligining uzgari-shiga asosiy sabab nerv uchlari va tolalarida karaxtlikning boshla-nishidir. Bundan 
tashkari, xid bilish sezgirligi kamayishining sabablari xavoning ifloslanishi, zaxarli va kulansa xidli 
moddalar bilan nafas olish, chekish, ozik-ovkatda A vitamini yetishmas-ligidir.Keksayganda ogrik va 
teri-tuyush sezgirligi ham pasayadi. Tebranish sezgirligi xam yosh utgan sari yomonlashadi, orka 
miyaning orka kismlaridagi degenativ uzgarish ana shu xrlatni keltirib chikaradi. 

Download 3,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   215




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish