Nazorat savollari:
1.Rotori sirpanuvchi sinxron elektr mashinalar qo‘llanilishi?
2.Rotori sirpanuvchi sinxron elektr mashinalarishlash prinsipini gapiring.
3.Doimiy magnitli sinxron dvigatellarning o‘ziga xos xususiyatlari.
4.Doimiy magnitli sinxron dvigatellarningafzallik va kamchiliklari?
14-Maruza. Maxsus sinxron kompensatorlar
Reja :
Gibrid qo‘zg‘atishli sinxron generatorlar
Gibrid qo‘zg‘atishli sinxron mashinaning doimiy magnitlari azimutal va aksial tashkil etuvchi
Xozirgi kunda doimiy magnitli elektr mashinalarga qiziqish kuchaygan.
Sababi oxirgi 10 yillikda bunday mashinalarni qo‘llash soxasi bir muncha kengaygan. Bunday bo‘lishiga sabab, birinchidan, doimiy magnitli mashinalardagi afzalaliklar, masalan: mashinalarda energiyaning yuqori zichligi, foydali ish koeffitsienti va ishonchlilikning yuqoriligi, xamda inersiya momentining kamligi. Bundan tashqari ushbu mashinalarni ishlab chiqarishdagi magnit materiallarning ko‘payishi tufayli ishlab chiqarish xarajatlarning kamayishiga xam sabab bo‘ldi. Yuqoridagilarni inobatga olsak yaqin yillarda bunday doimiy magnitli mashinalarning tannarxi 1 kg uchun 30 AQSH dollariga etishi mumkin.
SHu bilan birgalikda afzalliklardan tashqari doimiy magnitli elektr mashinalari bir qator kamchiliklarga xam ega. Masalan – ularda magnit maydonni rostlashning imkoni mavjud bo‘lmaganligi sababli, ularni aylanish tezligi keng diapazonida rostlanadigan generatorli elektr yuritmalarda qo‘llashning imkoni mavjud emas. Ammo bunday generatorlarni rostlash uchun tiristorli o‘zgartkichlar ishlatilsa ham, rostlash usulining o‘ziga yarasha kamchiliklari ham mavjud. Masalan, bunday usulda rostlash doimiy magnitlarni magnitsizlab qo‘yishga va chastotaning ko‘pligi tufayli po‘lat o‘zakdagi magnit isroflarning ortishiga olib keladi.
Gibrid qo‘zg‘atishli sinxron generatorlarda yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun doimiy magnitlardan tashqari qo‘zg‘atish chulg‘ami xam mavjud bo‘ladi. Bunda yakor chulg‘amida xosil bo‘lgan EYK asosiy magnit oqimini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlanmaydi, balki natijaviy magnit maydonning yakor chulg‘ami bilan ilashishini o‘zgartirish yo‘li bilan rostlash imkonini beradi. Ushbu xolatda po‘latdagi isroflarni ko‘payishiga sabab bo‘ladigan magnit zanjirining xaddan tashqari to‘yinishi va doimiy magnitlarning magnitsizlanish xavfi byjudga kelmaydi.
Gibrid qo‘zg‘atishli mashinalarning statori va rotori birgalikda ishlovchi ikki aksial qismdan iborat bo‘ladi. Rotorning xar ikkala yarim qismi, po‘latdan va magnitdan tayyorlangan qutblardan iborat.Po‘latdan tayyorlangan ayon qutblari, rotor magnit o‘zaklari materialidan tayyorlanadi, doimiy qutblar esa rotorning yuza qismiga maxkamlangan, po‘lat va magnit qutblarning burchak o‘lchamlari bir xil bo‘ladi. Rotorning xarbir yarim qismida bir qutbli qutblar joylashtirilgan. Qutblar shunday joylashtirilganki, rotorning birinchi yarmida doimiy magnit, qarama – qarshi tomonidagi yarim qismida esa aksial yo‘nalish bo‘yicha po‘latdan tayyorlangan qutb joylashtiriladi. Rotorning ikkinchi yarmidagi qutblar, yarmo xosil qiluvchi magnit o‘zakka o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |