O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti qo‘lyozma huquqi asosida uo`K


Quyosh energiyasidan foydalanib qishloq xo’jalik



Download 17,28 Mb.
bet17/34
Sana24.03.2022
Hajmi17,28 Mb.
#508241
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34
Bog'liq
Alternativ Desertatsiya

Quyosh energiyasidan foydalanib qishloq xo’jalik

mahsulotlarini quritish.

Yuqorida ko’rsatib o’tilganidek, yer yuziga tushadigan quyosh radiatsiyasi tarkibidagi to’lkin uzunligi 780 nm dan 3400 nm gacha bo’lgan infrakizil nurlar energetika balansining 47 % ini tashkil kiladi. Quyosh balandligi 300 bo’lganda infraqizil nurlar butun spektrning 53 % ini tashkil qiladi. Bu nurlar ularning issiqlik ta’sirlariga qarab «issiqlik nurlari» deb ham ataladi.


Bu nurlarning xossalariga asoslangan «issiq quti»ni qarab chiqaylik. Uning chizmasi quyida keltirilgan. U yog’och, beton yoki polimerdan, yohud metall plastinalardan yasalgan oddiy quti bo’lib, devorlari va tubi issiqlikni yomon o’tkazadigan material 1 bilan qoplangan. qopqok sifatida esa bir yoki ikki qavatli oyna 2 o’rnatiladi va surgich yordamida zich bekitiladi [25].

2.8 – rasm. Quyosh energiyasidan foydalanib qishloq xo’jalik mahsulotlarini quritish.

Oyna sirtiga tushgan quyosh energiyasining katta qismi quti ichiga o’tadi, chunki shisha yoruglik spektrining to’lkin uzunligi 350 nm dan 2000 nm gacha bo’lgan qismini yaxshi o’tkazadi, 2500 nm dan 3400 nm gacha bo’lgan oraliqdagi spektr qismini esa o’tkazmaydi.


Energiyaning o’tgan qismi «issiq quti»ning qora rangga bo’yalgan tubi 3 va devorlari tomonidan yutiladi va ularning temperaturasi ko’tariladi. Natijada quti ichida havoning temperaturasi ham ortadi. Bunda qizigan havoning temperaturasi 70 – 900C gacha yetadi. Quti ichidagi issiqlik qisman issiqlik o’tkazuvchanlik va konveksiya yo’li bilan yuqotiladi.
Purlanish yo’li bilan esa issiqlik deyarli yo’qotilmaydi, chunki ichki yuzalardan tarqalayotgan infrakizil nurlar (ichki sirt temperaturalari, Mm a>shn, 700C, 600C va 400C bulganda, ular 8400 nm, 8700 nm va 9000 nm to’lqin uzunligi infraqizil nurlar tarqatadi) shisha tomonidan tashqariga o’tkazilmaydi.
Infrakizil nurlarning xossalaridan foydalanish tadbiridan biri — bu quyosh meva quritgichlaridir.
Ma’lumki, materialda (ho’l meva, masalan, o’rik, uzum, nok, olcha va x.k., don-dun, pilla, dorivor giyohlar, xashak, tamaki barglari va h.k.) namlikni xarakterlovchi suv molekulalari mavjud. Uzoq vaqt saqlash uchun ular quritiladi. Quritish jarayonida shu suvni bug’lantirib yuborish kerak.
Materiallardan suvni bug’lantirib yuborish uchun u yoki bu turdagi energiya sarflanadi.
Havo nisbiy namligining quritish jarayonidagi ta’siri quyidagicha: materialning qurishi undan suvning bug’lanib chiqishi natijasida yuz bergani uchun havoning nisbiy namligi qanchalik kam bo’lsa, bug’lanish shuncha tezlashadi va natijada qurish vaqti kamayadi. Shuning uchun quritish kameralarida shamollatish hisobiga havoning nisbiy namligini kamaytirishga harakat qilinadi.
Quritish jarayonida navbatdagi termodinamik parametr quritish potensiali hisoblanadi. Atrofdagi havoning ichki energiyasi xisobiga suvning adiabatik bug’lanishida quyidagi jarayonlar sodir bo’ladi.

  1. Bug’langan suv asta-sekinlik bilan havodagi suv bug’ining parsial bosimini va bug’ miqdorini (nisbiy namlikni) oshiradi.

  2. Bug’lanish davomida havo temperaturasi pasaya boradi, chunki issiqlik havoning ichki energiyasi hisobidan sarf bo’ladi.

  3. Suvning (materialning ham) temperaturasi o’zgarib, psixrometrdagi xo’llangan termometr temperaturasiga teng bo’ladi. Demak, xo’llangan termometrning temperaturasi suvning bug’lanish temperaturasi hisoblanadi. Quruq termometr (tq) bilan ho’llangan termometr (th), - havo tomonidan suv bug’larini yutish (qabul qilish) qobiliyatini belgilaydi.

Shuning uchun bu farqqa quritish potensiali deyiladi va quyidagicha ifodalanadi:

Demak, qancha katta bo’lsa, suvning bug’lanishi ham shuncha katta bo’ladi, ammo tq = th bo’lganda u = 100 % (nisbiy namlik 100 %) bulganda qurish jarayoni to’xtaydi.
Quritish jarayonida muxhim rol o’ynaydigan omillardan yana biri quritish rejimidir. Quritish rejimiga issiqlik tashuvchi (havo)ning temperaturasi, nisbiy namligi va tezligi kiradi.
Hammaga ma’lum bo’lgan ochik havoda Quritish usulidan Qadim zamonlardan buyon foydalanib kelinadi. Bu usulda Quritishga mo’ljallangan mahsulot maxsus savatlarda quyosh nurlari ostida yoki soyada yoyib quritiladi.
Quyosh-havo usulida quritishning o’ziga xos kamchiliklari bor. Masalan, quritish uzoq vaqtni talab kiladi, meva va uzumlar, dorivor giyohlarga ochiq havoda chang o’tiradi, hasharotlar tomonidan ifloslanadi va muhim doridarmonlar va foydali elementlar yemiriladi. Shuning uchun bu kamchiliklardan holi bo’lgan quyosh quritkichlaridan foydalanishning ahamiyati kattadir.
Eng sodda quyosh meva quritgichlaridan birining chizmasi quyida keltirilgan. Rasmda: 1 - shaffof sirt, 2 - qoraga bo’yalgan tunuka, 3 - quti, 4 quritiladigan meva, 5 - qutining tubi, 6 - ventilyasiya (havo almashtirish) yashiklari.


Download 17,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish