O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limvazirligi buxoro muhandislik-texnologiya instituti qo‘lyozma huquqi asosida uo`K


- rasm. Quyosh panellari tashqi ko’rinishi



Download 17,28 Mb.
bet13/34
Sana24.03.2022
Hajmi17,28 Mb.
#508241
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34
Bog'liq
Alternativ Desertatsiya

2.1- rasm. Quyosh panellari tashqi ko’rinishi

Yuqorida keltirilgan texnologik jarayonlar to'liq amalga oshirilgandan so‘ng Quyosh batareyalari (panellari) Quyosh elementlarini ketma-ket va parallel ulash asosida hosil qilinadi. Iste’molchilarning ehtiyojini hisobga olgan holda turli xil quvvatli Quyosh batareyalari tayyorlanadi, ya’ni Quyosh batareyalarining geometrik olchami quvvatiga qarab o‘zgartirib borilishi mumkin. Quvvatining oshirib borilishi bilan geometrik o’lchami ham koproq joyni egallay boshlaydi. Uy sharoitida bir necha kWtsoat quvvatda ishlaydigan Quyosh panellari ishlab chiqilgan.


Quvvatining oshirib borilishi bilan geometrik o‘lchami ham ko‘proq joyni egallay boshlaydi. Uy sharoitida bir necha kWtsoat quvvatda ishlaydigan Quyosh panellari ishlab chiqilgan. Quyosh batareyalaridan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanib bolmaydi. Buning uchun qo‘shimcha elektr asbob va qurilmalaridan foydalaniladi. Ular birgalikda quyosh fotoelektrik qurilmasini tashkil qiladi [20].
Fotoelektrik qurilmalar quyidagilardan tashkil topadi:

  1. Quyosh batareyasi;

  2. Invertor;

  3. Kontroller;

  4. Akkumulyatorlar batareyasi;

  5. Ulovchi simlar va boshqalar.


2.2 - rasm. Quyosh fotoelektrik qurilmasini kuch sxemasi

Rasmda keltirilgan har bir qurilmaga izoh keltiramiz:


Quyosh batareyasi - quyosh elementlaridan tashkil topgan batareya.
Invertor - o'zgarmas tokni o'zgaruvchan tokka aylantirib beruvchi qurilma.
Kontroller - akkumulyatorlar batareyasining zaryadlanishi va razryadlanishini nazorat qiluvchi qurilma.
Akkumulyatorlar batareyasi - elektr zaryadlarini to'plovchi va iste’molchilarni invertor orqali elektr energiyasi bilan ta’minlab turuvchi batareya.
Ulovchi similar - asosan fotoelektrik qurilma tarkibiga kiruvchi barcha asbob-uskunalarni bir-biriga tutashtirib turuvchi ulash simlari.
Kam quvvatli iste’molchilar (energetik tejamli lampalar, televizor, choy qaynatgich va boshqalar).
Quyosh fotoelektrik qurilmasidan ko'rinib turibdiki, eng asosiy vazifani Quyosh batareyasi (Quyosh paneli) bajaradi. Quyosh batareyasidagi Quyosh elementlari samaradorligi yuqori bolishi uchun bir nechta shartlar mavjud. Ular quyidagilar:

  1. Quyosh elementi optik nurlanishni yaxshi yutishi;

  2. Atmosferada changlanish darajasining va haroratning yuqori bo'lmasligi;

Zamonaviy asbob-uskunalar va kam quvvatli iste’molchilardan foydalanish.
Keltirilgan shartlarga izoh beramiz:
Bu shart, asosan, Quyosh elementlarini tayyorlash texnologiyasi bilan bog'liqdir. Bunda birinchi navbatda, Quyosh elementi xom ashyo materialining tozaligi hisobga olinadi. So'ngra unga fizik-kimyoviy ishlov berish va bunda eng zamonaviy metod va usullardan foydalanish nazarda tutiladi.
Quyosh elementi yuza sohasida Quyosh nurlanishi yutiladi. Qancha ko‘p miqdorda, ya’ni nurlanishning keng tolqin uzunligi sohasida Quyosh nuri yutilsa, element samaradorligi ortadi. Quyosh nurlanishi elementda yutilganda, ichki fotoeffekt qonuniga asosan, element ichida hosil qilingan potensial to‘siqda shuncha ko‘p miqdorda elektron-juftliklar hosil bo'ladi. Bu esa elementda fotoelektr yurituvchi kuchning hosil bolishiga olib keladi. Natijada Quyosh elementlari omik kontaktlarida tok oqa boshlaydi. Bu jarayonga halaqit qiluvchi omillardan biri-bu changlanish hisoblanadi. Quyosh batareyasi yuza sohasi (oynasi)dagi changlanish darajasi yuqori bolsa, Quyosh optik nurlanishining to’liq o‘tishiga va yutilishiga to'sqinlik qiladi.
Quyosh elementlarining samarali ishlashiga halaqit beruvchi omillardan yana biri - quyosh elementlari omik kontaktlarining qizib ketishidir. Bu jarayon harorat keskin oshib ketgan holatlarda kuzatiladi. Harorat 40-50 °C ko'rsatkichlarida quyosh elementi omik kontaktlari metallar asosida bo'lganligi uchun ularda tok yaxshi oqa olmaydi. Chunki metallarda yuqori harorat ta’sirida solishtirma qarshiligi ortib ketadi. Shuning uchun harorati yuqori bo'lgan hududlarda foydalaniladigan quyosh batareyalari yuza sohasida juda yupqa, haroratga chidamli qoplamalar hosil qilinadi.
Ma’lumki, quyosh elementlari tayyorlashning juda ko‘p usul va metodlari mavjud. Biroq, hozirgi paytda ilmiy-tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, an’anaviy usul va metodlarda juda ko‘p kamchiliklar mavjud ekan. Hozirgi zamon fizikasida quyosh elementlari hosil qilishning eng zamonaviy usuli - elektron- nur epitaksiya usuli hisoblanadi. Bu usulda quyosh elementlarining barcha parametrlarini nazorat qilish va boshqarish imkoniyatlari mavjud ekan.
Umuman olganda, hozirgi zamon fizikasi va energetikasida “Quyosh fotoenergetikasi” yo'nalishi noan’anaviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari turlari ichida eng samaralisi hisoblanadi.



Download 17,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish