O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟limi vazirligi zaxiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/23
Sana30.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#518940
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
avestoda talimiy - axloqiy davlatchilik goyalarining aks etishi

3. Amaliy 
 
Boshlang‗ich ta‘limdagi og‗zaki va ko‗rgazmali metodlar orqali olingan 
bilimlarni mustahkamlash maqsadida ta‘lim jarayonida amaliy (mashq, topshiriq, 
muloqot, mustaqil ta‘lim) usullardan ham foydalanilgan. Bu usullar tarkibiga
harbiy aslahalarni ishlatish, chavandozlik, kurash tushish, she‘r va qo‗shiq aytish,
musiqa asboblarini chalish, notiqlik, rasm chizish, qoyada tasvir o‗yish, 
dasturxonni bezash, mehmon kutish, shatranj va nard o‗ynash, xaoma ichimligi 
tayyorlash, otashkadalarda ibodat qilish kabi ko‗plab amaliy mashg‗ulotlar kirgan. 
43
«Авесто». Виспирад. 14 бўлим. 2-банд А.Маҳкам таржимаси. -Т.:Шарқ.2001. 290-бет 


49 
O‗rganilgan bilimlarni takrorlash, mustahkamlash muloqot jarayonida amalga 
oshirilib, o‗quv topshirig‗ining o‗zlashtirilish darajasi tahlil qilingan. 
Zodagon oilaga mansub o‗spirin avvalambor shahanshoh bilan suhbat vaqtida,
ehtirom holatida qo‗llarini orqasiga yashirib o‗tirdi. Hukmdor uni imtihonga tutdi. 
Imtihon vaqtida hukmdorga murojoat qilib «U ! shunday dedi : umrbod yashagin 
ey shahanshoh, orzularni amalga oshiruvchi va dunyo shahriyori... Mening oilam 
qudratli, badavlat va doimo hukmdorlardan minnatdor bo‗lib kelgan... O‗z vaqtida 
meni maktabga (farxangiston) ta‘lim olishga berishdi va o‗qishda men tirishqoq 
bo‗ldim. Men Yashtlar, Xadohn, Yasna, va Vandidodni –xarbed sifatida yodladim,
va Zandni (Avestoning o‗rta asrlardagi forscha sharhi) qismma-qism o‗rgandim. 
Dabirlikda esa (dunyoviy fanlar) badiiy adabiyot va .... adabiy nutqda mohirman. 
Kamondan o‗q otishda men shunday mergankiman, g‗animim mening o‗qimga 
chap bersa, o‗zini baxtli deb hisoblashi lozim. Kurash, ot choptirish, chavandozlik,
qilichbozlik nayza bilan muomalada shunday kuchlikiman, menga duch kelgan 
g‗anim o‗zini baxtsiz deb hisoblashi lozim. Shuningdek, Vin, borbad (Borbad 
tomonidan yaratilgan musiqa asboblari) chalish, nog‗ora va do‗mbira chertish, 
qo‗shiq va she‘rxonlik bahslarida birinchiman. Yulduzlar, sayyoralar va osmon 
jismlarini o‗rganish va bilish bo‗yicha menga teng keladigan yo‗q. Shatrang 
(shaxmat) va nevartashir(narda), xashtpad(sakkiz yurishli o‗yin) o‗yinlarida 
tengqurlarim mening oldimda ip esholmaydi». Shahanshoh shuningdek o‗smirni
eng yaxshi ovqatlar, ichimlik turlari, kiyim-bosh, musiqa, o‗simliklar, gullar, eng 
zotdor ot zotlarini qay darajada bilishi, jamoa va ziyofatlarda o‗zini tutishi 
yo‗nalishlari bo‗yicha imtihon qildi. Barcha berilgan savollarga o‗smir oqilona va 
a‘lo darajada javob berib, sovg‗a bilan taqdirlandi, shuningdek, saroyda xizmatda 
qoldirildi.
O‗smirning javoblariga asoslangan holda uning qanday bilimlar sohasini va 
hunarlarni o‗rganganligini bilishimiz mumkin. Haqiqatdan ham balog‗at yoshiga 
yetgan o‗smirning deyarli barcha diniy, dunyoviy, harbiy, maishiy-ma‘naviy 
sohalarda yetuklik va barkamollika erishishi avval boshlang‗ich so‗ngra yuqori 
ta‘limning mustahkam poydevorga qo‗yilganligi, bu jarayonda dars usullari, 


50 
uslublarining o‗ziga xosligi, muallimlarning mehnati va jonkuyarligi bosh omil 
ekanligini aytib o‗tish joizdir. Shu o‗rinda yuqori ta‘limning yakuniy natijasini 
kafolatlovchi, ya‘ni o‗smirlarning bilim darajasiga qarab ularni davlat ishlariga jalb 
etilishi oliy hukmdorning shaxsan doimiy nazorati va izmida bo‗lganligini 
ko‗ramiz. Bu holat hukmdor va davlat boshqaruv organlari tomonidan ta‘lim 
tizimini boshqarish, qo‗llab quvvatlash, uni sifatini yaxshilashga qaratilgan 
tadbirlarni amalga oshirishlari natijasida kelajakda davlatni boshqarish ishlariga 
bevosita faol qatnashuvchi mutaxassislarni voyaga yetkazish jarayoniga naqadar
ma‘suliyat bilan yondoshilganligini ko‗rsatadi.
Xulosa qilib aytganda, zardushtiylar ta‘lim tizimidagi yuqori ta‘lim 
boshlang‗ich ta‘limda olingan bilimlarni mustahkamlash bilan bir qatorda yangi 
bilimlar olish, bilimlarni chuqurlashtirish, davlat va jamiyatdagi ijtimoiy 
munosobatlarni tartibga solib turuvchi faoliyatda ishtirok etish, boshqarishda 
ishtirok etuvchi zardushtiylarni kamolga yetkazishga xizmat qilgan.
Qadimgi Turon va Eronda vujudga kelgan, o‗z davrining yetakchi ilmiy, 
irfoniy, ma‘naviy, axloqiy fikrlar, qarashlar majmuasini yaxlit tarzda o‗zida 
mujassamlashtirgan zardushtiylik ta‘limotida ilm-fanga munosobat, uni ulug‗lash, 
qo‗llab-quvvatlash asosiy o‗rinlardan birini egallaydi. Zardushtiylar ta‘lim 
tizimidagi bosqichlarning tahlili shuni ko‗rsatadiki, ta‘lim va tarbiya jarayoni har 
bir yosh zardushtiyning kamolotga yetishining poydevori hisoblangan. 

Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish