40
tomonidan himoyalanib, boshqariladi. Olamdagi
qonunlar u tomonidan
belgilanadi. Ezgu ishlar va oliyjanob hatti-harakatlar aql-tafakkur orqali amalga
oshiriladi, aqlli va mulohozakor insonga kam zarar yetadi, aql-tafakkurga ega
bo‗lgan inson badavlatdir, aql-tafakkur har qanday boyligdan a‘lodir va uni sotib
olib bo‗lmaydi. Aql-tafakkur barcha sohalarda bilim, tajriba, ko‗nikma va
malakalarni hosil qilish,
yaxshi hayot kechirish, xursandchilik, shon-sharafga ega
bo‗lishga ko‗maklashib, o‗limdan so‗ng jannatga tushishga yordam beradi
Inson xarakterida shakllanishi lozim bo‗lgan asosiy xususiyatlar– bu
oqko‗ngillik,saxiylik,
ezgulik
,
oliyjanoblik,
rostgo‗ylik,
tirishqoqlik,
harakatchanlik, o‗ziga ishonch va minnatdorchilikdir. «Dadestone menogi xrad»da
ana shunday ezgu amallardan 33 tasining tasnifi keltirilgan.
Inson iblis Axriman tomonidan yaratilgan ko‗p sonli xilqatlar va devlar,
shuningdek: xasislik, yovuzlik, tuhmat,
takabburlik, ishonchsizlik, qoniqmaslik
kabi xislatlardan voz kechib, ular bilan doim kurash olib bormog‗i lozim. Diniy va
axloqiy holatlarni o‗zida mujassamlashtirgan 30 ta gunoh ishlarni bajarmaslik va
ulardan tiyilish lozim . Bunday gunohlar jumlasiga: to‗g‗ri kishini qasddan
o‗ldirish,
olov otashdonini buzish, sanam va butlarga sig‗inish, yolg‗on,
ishyoqmaslik, jodugarlik, o‗g‗rilik, qasamni buzish, qondoshlik nikohiga kirish
bo‗yicha zardushtiylik odatini buzish va boshqalar kiradi. Insonlar bilan o‗zaro
munosobat ham zardushtiylik etikasi prinsiplariga bo‗ysungan holda amalga
oshirilish lozim. Oqko‗ngil insonlar bilan muloqot yaxshilik, yomon kishilar bilan
esa kulfat keltiradi. Hukmdorlarning ham yolg‗onchi
va tuhmatchilar bilan emas,
balki donishmand, dono, oqko‗ngil kishilar bilan suhbatlashishlari foydalidir .
Ko‗rinib turibdiki, «Avesto» va pandnomalardagi ta‘lim-tarbiyaga oid
g‗oyalarning asosiy o‗zagini ezgulik, yaxshilik, halollik, poklik, rostgo‗ylik,
oliyjanoblik, adolat, insonparvarlik kabi xislatlarni yosh zardushtiylarda
shakllantirish masalasi
tashkil etib, zardushtiylar e‘tiqodining asosi hisoblanmish
«Ezgu fikr», «Ezgu so‗z» va «Ezgu amal» aqoidlariga tayangan holda ,
insoniyatni ro‗shnolikka, hidoyatga undaydi.
41
Zardushtiylik ta‘limotida shaxc tarbiyasi, uning ma‘naviy–ma‘rifiy yetukligi
g‗oyasi asosiy o‗rin tutadi. Shaxs kamolotini ta‘minlashga yo‗naltirilgan qarashlar
ifodasi bo‗lgan mazdaparastlik ta‘limotida ezgulik motivlarini kuylovchi tarbiyaviy
o‗gitlar, asosan, ikki yo‗nalishda aks etadi. Birinchisi – Axura Mazda va u yaratgan
ma‘budlar, «O‗lim bilmas valiylar» va payg‗ambar Zardusht faoliyati bilan
bog‗liq, voqealardan chiqadigan xulosalar–saboqlar bo‗lib, u bilvosita rivoyatlar,
ilohiy sarguzashtlar talqinida ifodalanadi. Ikkinchisi esa bevosita pand–nasihat
xarakteridagi
kohinlar, ustozlar, Zardusht o‗gitlari bo‗lib, umumga qaratilgan
murojaati shaklidadir.
Birinchi yo‗nalish ko‗proq «Avesto»ning boshqa nasklarida, shuningdek
«Dinkard» va uning alohida nusxalarida hamda «Bundaxshin»da
kengroq aks
ettirilgan.
«Avesto»ning barcha qismlaridagi axloqiy tarbiyaga xos bosh xususiyat –
ezgulik g‗oyasi orqali jamiyatni ma‘naviy sog‗lomlashtirish, insonni manfur va
yomonlik illatlaridan xalos etishga intilishning ustuvorligidadir. Shu sababli
zardushtiylarning turmush tarzi, ta‘lim tizimi odamlar orasidagi o‗zaro
munosabatlarining asosiy mezoni axloq me‘yorlari ekanligi ham tasodifiy emas.
Zardushtiylar hayotida ezgulikning tarkibiy qismlaridan biri – axloqiy
tarbiya yagona tizim bo‗lib, unda ta‘lim jarayoni muhim halqadir.
Bu jarayon
asosini mazdaparastlik dini aqidalari, Axura Mazda farzlari va Zardusht o‗gitlarini
o‗rganish tashkil etadi.
Zardushtiylar ta‘lim tizimidagi asosiy bo‗g‗inlardan biri bu yakka va
guruhiy ta‘limdir.
Yakka va guruhiy ta‘limning asosiy mazmuni va maqsadini har bir yosh
zardushtiyning pok, haqi halol, qo‗li to‗g‗ri, nekbin, mehnatsevar va hunarli bo‗lib
voyaga yetishi masalasi tashkil etadi. Zardushtiylar ta‘lim tizimining asosiy
bo‗g‗inini tashkil etadigan yakka va guruhiy ta‘lim jarayonida
Do'stlaringiz bilan baham: