Xartli formulasi
Amerika injeneri Ralf Xartli 1928 yili axborotlami baholash uchun ilmiy usulni taklif qilgan, hamda quyidagi formulani qo’llashni tavsiya qilgan:
H= log2N
bu yerda N-teng extimolli xodisalar son i, logarifm ikki asosga ko’ra N bo’lgani uchun N=2H bo’ladi. Masala1.Tangani irg'itganimizda yerga tushgandagi natija yoki gerb yoki raqam tomoni bo’ladi. Ikkala xolat ham teng ehtimollik bo’lgani uchun H = 1 bit bo’ladi
Masala 2. 20 ta belgidan iborat xabar, 64 belgili alifbo bilan yozilgan. U qanday hajimli axborotga ega. Yechish: h=log N – bu yerda N=64ga. H=log 64=6 bit – bu bitta byelgining axborot hajmi, u holda 20x6=120 bit. Javob 120 bit. Demak axboratning eng kichik o’lchov birligi bit(ingliz tilida binariy dijit degani). 8 bit bir bayt. Xuddi shunday
1 kilobayt (1 Kb) =2^10 bayt= 1024 bayt
1megabayt (1 Mb)=2^20 bayt=1024 Kb
1 gigabayt (Gb)=2^30 bayt= 1024 Mb
1terabayt (Tb)= 2^40 bayt= 1024 Gb
1petabayt(Pb)=2^50 bayt= 1024 Tb
Bu o’lchov birliklari nima degani? Agar sizga uydagilar bozordan 2 kg go’sht olib kyeling desa, siz xaltachani olib bozorga borasiz. Agarda 2 t. ko’mir olib keling desa, unda bozorga ulov bilan borasiz. Chunki siz og’irlik o’lchov birligi haqida tushinchaga egasiz. Axborot o’lchov birligini tassavur qilishingiz uchun quydagi misolni kyeltiramiz.
Kitob 100 bet har bir bet 35 qator, har bir qator 50 belgidan iborat bo’lsin. Kitobdagi axborat hajmi quydagicha hisoblanadi: kitobning bir beti 35x50=1750 bayt axborot hajmiga ega. Kitobdagi barcha axborat hajmi (har xil birlikda)
1750x100=175000 bayt
175000/1024=170,8984 Kbayt
170,8984/1024=0,166893 Mbayt
0,166893/1024=0,00016298144 Gbayt
0,00016298144/1024=0,00000015916 Tbayt
Nazorat savollari.
1.Axborot va ma'lumot deganda nimani tushunasiz?
2.Axborot kommunikatsiyalari deganda nimani tushunasiz?
3.Axborotning adektivligi deganda nimani tushunasiz?
Axborot adektivligining sintaktik shakli?
5.Axborot adekvatligining semantik shakli?
6.Axborot adekvatligining pragmatik shakli?
7Axborot hajmi deganda nimani tushunasiz?
8Axborot miqdori deganda nimani tushunasiz?
9Xartli formulasidan nima uchun foydalaniladi?
10Axborotning asosiy sifat ko’rsatkichlarini sanab bering.
11Axborotning sintaktik o’lchovi deganda nimani tushunasiz?
12Axborotni o’lchash uchun nimadan foydalinadi?
13Axborotdagi ma'lumotlar hajmi nima bilan o’lchanadi?
14Axborotning paragmatik o’lchovi deganda nimani tushunasiz?
15Axborotning yana qanday o’lchov birliklarini bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |