Kompakt disk uchun disk yurituvchilar - Kompyuterlarda kompakt disklardagi ma’lumotlarni CD-R diskovodi yordamida o’qish mumkin, ma’lumotlarni o’qish va yozish uchun esa CD-RW diskovodi o’rnatilishi talab qilinadi.
Kompakt disklar. Kompakt disklar ikki xil bo’ladi: CD-R va CD-RW. Kompakt disklar o’lchami 700 Mbayt ni tashkil qiladi. CD-R kompakt diskga 700 Mbayt ma’lumot yozilgandan keyin, boshqa ma’lumotni yozish mumkin emas, ya’ni bu turdagi kompakt disklarni tozalab bo’lmaydi. CD-RW turdagi kompakt disklardagi ma’lumotlarni esa ixtiyoriy paytda o’chirish, ya’ni diskni tozalash mumkin. Kompakt disklarga ma’lumotlarni yozish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi.
Flesh-disk. Flesh disklar(Flash Disks) qattiq disk modifikasiyasi bo’lib, ma’lumotlarni uzoq muddatga saqlash uchun ishlatiladi. Bu disklarni formatlash, tekshirish(ScanDisk), tozalash mumkin. Ma’lumotlarni yozish va o’chirish xuddi qattiq disk kabi bajariladi. Flesh disklar odatda, 1,2,4,8,16,32, ... Gigobayt xotira hajmga ega.
Monitor (displey) - matnli yoki grafik ko’rinishdagi ma’lumotlarni ekranga chiqarish uchun mo’ljallangan qurilma hisoblanadi. Monitor bevosita videoadaptor qurilmasi boshqaruvi asosida matn yoki grafik rejimda ishlaydi.
Matnli rejimda kompyuter ekrani 25 qator va va har bir qatori 80 ta pozisiyadan iborat bo’ladi. Grafik rejimda esa, ekran rangli televizor ekrani kabi u yoki bu rangga ega bo’lgan nuqtalar majmuasi (mozaika)ga bo’yaladi. Ayni vaqtda, EGA (Enhanced Graphic Adapter — imkoniyatining grafikli adaptor), VGA (Video Graphic Array — videografik matrisa), SVGA (Super Ver) kabi turli rangli monitorlar nihoyatda keng tarqalgan.
Klaviatura - kompyuterga har xil belgilarni kiritishni ta’minlaydi va foy- dalanuvchi kompyuter ishini boshqarishda ishlatiladi. Klaviaturada odatda, 104-105 ta tugmacha va 3-4 ta lampochkali tugmacha bo’ladi. Ruschaga moslashtirilgan klaviaturada har bir tugmachaning yuqori qismida lotin alifbosining harflari, pastki qismida esa kirill alifbosining harflari joylashgan bo’ladi. Klaviaturaning yuqori qismida 12 ta funksional tugmachalar(F1 dan F12 gacha) joylashgan bo’lib, ko’p ishlatiladigan funksiyalarni ishlatishga mo’ljallangan. Masalan, F1 funksional
tugmachasi odatda, dasturlarda yordam olish funksiyasini bajaradi.
Sichqoncha-bu kompyuterni ekrandan boshqaruvchi qurilma bo’lib, odatda ikkita tugmachadan iborat bo’ladi, lekin ba’zi firmalar uchta tugmachali sichqonchani ham ishlab chiqaradi. Windows muhitida sichqonchasiz ishlash birmuncha noqulayliklar tug’diradi, chunki foydalanuvchi har bir buyruqni bajarish uchun qaysi tugmachalar majmuasi ishlatilishini yoddan bilishi talab qilinadi. Shuning uchun hozirgi paytda Windows muhitida ishlayotganda sichqoncha asosiy qurilma bo’lib hisoblanadi. Sichqonchaning chap tugmachasi kiritilgan buyruqni bajarishi va oyna tugmachalarini bosish uchun xizmat qiladi. Sichqonchaning o’ng tugmachasi esa oyna va tugmachalarning parametrlarini o’zgartirish, ularni sozlash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |