O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


"Ijodiy rivojlanish" soha quyidagi kichik sohalarga bo'linadi



Download 86,42 Kb.
bet5/8
Sana29.05.2022
Hajmi86,42 Kb.
#616913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Durdona

"Ijodiy rivojlanish" soha quyidagi kichik sohalarga bo'linadi:

Davlat talablari asosidagi yosh davrlari quyidagi bos- qichlarni o'z ichiga oladi:

  • go'daklik (tug'ilgandan 1 yoshgacha):

  • erta yoshdagi bolalik (1 yoshdan 3 yoshgacha);

  • kichik maktabgacha yosh (3 yoshdan 4 yoshgacha);

  • o'rta maktabgacha yosh (4 dan 5 yoshgacha);

  • katta maktabgacha yosh (5 yoshdan 6 yoshgacha);

  • maktabga tayyorlov yoshi (6 yoshdan 7 yoshgacha).

Davlat talablari Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ta’lim sifati-
ni nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Sog'liqni saqlash vazirli- gi, Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi, O'zbekiston standart- lashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va "Oila” Respublika ilmiy-amaliy markazi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan..
I.2 Bilimlar, ko'nikma, malakalar dasturining yaratilish tarixi.
S haxsning o'tmish avlodlar yaratib qoldirgan ijtimoiy-tari- xiy tajribalarni o'zlashtirish jarayonida shaxsning rivojlani­shi haqida ta'limot maktabgacha ta'lim didaktikasida ta’lim mazmunini tanlash va tuzish prinsiplarini ishlab chiqishning metodologik asosi hisoblanadi. Bu didaktikada bola ta’lim va tarbiya olish jarayonida kamol topadi degan qoidaning qaror topishi barcha yosh davrlaridagi bolalarga mo'ljallangan bi­limlar mazmunini tanlash prinsiplarini ishlab chiqishni dol- zarb muammo qilib qo'ydi. Mazkur muammoni ishlab chiqishda ,
L. S. Rubinshteyn, V.V.Davidov,LYa.Lerner,L.V.Zankov, A. P.Usova, A.M.Leushina va boshqa pedagog va psixologlar katta hissa qo'shdilar.
XX asrning 30-60 yillari mobaynida maktabgacha taiim di- daktikasida bilimlarning tabiati, o'quv dasturlarini tanlash va tuzish prinsiplari haqidagi masalalar bahsli masala bo'lib kel- gan.
Mazkur masala bo'yicha ikki xil qarashlar nuqtayi nazar mavjud bo'lib:

  • Maktabgacha yoshdagi bola fanlar, obyektlar, voqelikning turli jihatlari haqidagi bilimlarni egallashga qodir emas deb hisoblab, maktabgacha yoshdagi bolaga bir-biriga aloqasi va bogiiqligi boimagan yorqin, emotsional ahamiyatga ega boigan alohida kam uchraydigan tasavvurlar, taassurotlargi- na tushunarli, dasturi yorqin, biron o'zaro bogianmagan tas- virlar ro'yxatidan iborat boimog'i lozim deb ta’kidladilar. Bi- roq bu prinsipda bola dasturda ko'rsatilgan muayyan buyum, obyektlar haqida qanday bilimlarga ega bo'lishi masalasi qo'yilmagan, bilimlar mazmuni faqat buyumning rangi, haj- mi, shaklini ko'rsatish bilan cheklangan, bilimlar murakkabligi faqat miqdoriy jihatlarni ko'rsatib bergan edi, Bu dastur maz­muni va mohiyatini olib bera olmagan.

-Ikkinchi nuqtayi nazar tarafdorlari L.S.Vigodskiyning "Katta maktabgacha yoshdagi bolalar muhim aloqalarni yoiga qo'ya oladilar va ayrim bilimlar tizimini o'zlashtirishga qodir”

  • degan fikrga tayanib, maktabgacha taiim dasturi maktab­gacha yoshdagi bolalarning imkoniyatlariga mos keladigan va ularni maktabda o'quv fanlarni o'zlashtirishga tayyorlaydigan maqbul bir tizim bo'yicha tuzilishi zarur degan qarashni ilgari surdilar. Biroq bu tizimning tabiati, bilimlar dasturini tanlash va tuzish prinsipini belgilashni talab etar edi.

Bilimlar dasturi o'zida quyidagilarni:

  • Bu mavjud dunyoni aks ettirishi, politexnik yo'nalish bilan ifodalanishi (mehnat, materiallar, mashinalar haqida bilimlar), hodisalarning obyektiv aloqasini o'zida aks ettirishi;

- Buyumlar o'rtasidagi o'zaro aloqani aks ettirishi kerak edi.
Bilimlar dasturini ishlab chiqishda Ye.I.Tixeeva va A.P.Usova-
lar katta hissa qo'shdilar.
Ye.I.Tixeeva - bolalar bog'chasi uchun bilimlar dasturini ishlab chiqdi. Unda ijtimoiy hodisalar, tabiat va uning obyekt- lari va voqealar bilimlarni kiritdi. U bilimlar mazmunini tizim- lashtirib, tarqoq obyektlarning o'xshashligiga ko'ra guruhlar- ga birlashtirish zarur degan g'oyani ilgari surdi (uy hayvonlari, hashoratlar, transport va boshqalar).
A.P.Usova - bilimlar dasturi o'z ichiga ilmiy bilimlarni ol¬ish kerak degan g'oyani ilgari surdi. Mazmunli, ilmiy bilimlar tushunchalar zamirida yotadi. Bu tushunchalarni o'zlashtirish, o'zlashtirganda ham qaysilarini o'zlashtirish muhimligi ma- salasiga esa A.V.Zaporojes, N.N.Podd'yakovlar o'z asarlari orqa¬li yoritib bordilar. Katta maktabgacha yoshdagi bolalar agar buyumlar ko'rgazmasi namoyish etilsa, ilmiy bilimlarga xos bo'lgan fanlararo muhim aloqani o'rnata olishga qodir ekan- liklarini isbotlab berdilar. Bu ilmiy qoidadan (A.M.Musina, K.P.Nazarenko, V.I.Loginova, P.G.Samorukova, I.A.Xaydurova va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida foydalanadilar).
Shunday qilib, maktabgacha tarbiya pedagogikasida olib bo- rilgan tadqiqotlar natijasi asosida bilimlar, ko'nikmalar, mala¬kalar dasturini tanlash va tuzish prinsipi shakllantirildi.
Bilimlar dasturini tuzish quyidagi tamoyillarga asoslanadi.
- Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot bilan aloqa- dorligi prinsipi;
- Bilimlarning ilmiylik prinsipi;
- Bilimlarning tizimlilik pritsipi;
- Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalishi prinsipi;
- Bilimlar ko'nikmalar mazmunida har tomonlamalik, uyg'unlik prinsipi;
- Tushunarlilik prinsipi.
I. Bilimlar, ko'nikmalarning hayot va amaliyot biron alo- qadorligi prinsipida - maktabgacha ta'lim muassasasiga
mo'ljallangan bilimlar, ko'nikma, malakalarni dastur uchun tanlashga umumiy yondashishni belgilovchi asosiy prinsipdir. Mazkur prinsipda bolaning mavjud hayotini keng tushunishga erishishni, uning dunyoqarashini maishiy ehtiyojlar doirasida cheklayotgan, tengdoshlaridan orqaga surayotgan to'siqlarni bartaraf etish talab qilinadi. Hayot bilan aloqadorlik:
- Bu uni ijtimoiy jihatdan juda ahamiyatga molik va g'oyaviy ko'tarinkilik ruhida ko'rsatishdirki, ular bolani kattalar dunyo- siga (mehnat va ishlab chiqarishdagi) olib kiradi. Hayot, amali- yot, bilim aloqadorlik dasturiga muayyan ko'nikmalar doirasi- ni kiritishni taqozo qildi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar egallashi mumkin bo'lgan ko'nikmalar:
- Atrof-muhit haqidagi bilimlar asosida o'zlashtirildi
- Turli faoliyatlarda o'zlashtiriladigan ko'nikmalar (o'yin, mehnat, mustaqil shug'ullanish, o'zaro munosabatlar)
Bu prinsip - maktabgacha yoshdagi bolalarning hayotiy yaqin istiqboli sifatidagi bilimlar, ko'nikmalarning bolalarni maktab taiimiga tayyorlashga oid yo'nalishni talab etadi.
II. Bilimlarning ilmiylik prinsipi - ilmiy bilimlar, qonuniyat- lar, nazariya ilmiy bilimlarning o'quv faoliyatidagi o'rnini yo- ritib beradi. Bu ikki yo'nalishda voqelikni qanday ko'rsa, shun- day ko'rsatishni, ya’ni dastur ishonarli dalil, hodisalarni kiri¬tishni talab qiladi. Dalillar va hodisalarni rivojlantirishda o'zaro aloqa yorqin ko'rinishlarda talab qilib, bilish dialektikasi ho- latlariga mos keladi. Dalil va hodisalarning sabablarini ochish qaror topgan umumiy qarashlarga, tushunchalar mazmuniga muvofiq kelishi, voqelikning juda muhim ko'rinishlarini aniq- lab berishi lozim.
Ilmiylik prinsipi - mehnat faoliyatining mazmun-mohiyati, tabiat haqidagi bilimlarni tanlashda muhim hisoblanadi.
III. Bilimlarning tizimiylik prinsipi - bu ilmiylik prinsipi bi¬lan uzviy bogiiqdir. U bilimlar tuzilishini, tabiatini belgilaydi. Ilmiy bilimlar tabiatiga ko'ra muayyan ko'rinishga ega bo'lib, bu bilimlar mazmuni bilan bog'liqdir. Tizimlilikda buyumlar
yoki hodisalarni biror-bir o'ziga xos yoki muhim xususiyat- lariga ko'ra birlashtirish, guruhlashtirish, turkumlashni bildi- radi. Zamonaviy ilmiy bilimlar har bir bilish obyektini boshqa obyektlar bilan aloqador yaxlit tizim sifatida tatbiq etadi. Bu ja¬rayon mantiqiy ketma-ketlik asosida ish olib borishga o'rgatadi va ko'p bosqichli bog'lanishiga ega bo'lgan elementlar, tizimlar orasidagi qonuniy munosabatni belgilash va bilimlarni egallash uzviyligini, uzluksizligini ta’minlashni amalga oshiradi.
IV. Bilimlarning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi yo'nalish prinsipi - ushbu prinsip dasturga voqelikka munosabatini shakllantiradigan ko'nikmalar tizimini [bilimga, mehnatga oid) rivojlantiradigan bilimlarni kiritishni talab qiladi.
Voqelikka to'g'ri ongli munosabatda bo'lish, biror-bir ish ha¬rakat va hodisalarning mohiyatini tushunish, faqatgina atrof- muhit haqidagi bilimlar asosida rivojlanadi. (V.V.Davidov, N.N.Podd'yakov, A.M.Leushina, V.I.Loginova, I.A.Xaydurova va boshqalar).
Bilimlarning tarbiyalovchilik yo'nalishi ularning maqsad¬ga muvofiq tanlanishi, jamiyatimizning milliy istiqlol g'oya- larining aniq mazmuni va asoslarida yoritilishi ularning mo¬hiyatini aniqlashtirilishi, bolalarga tushunarli tarzda yetkazi- lishida namoyon bo'ladi. Bunday ta'limlar bolada dunyoni tus¬hunish asoslarini shakllantirgan holda uni jamiyat hayotiga olib kiradi, kattalarning mehnat ehtiyojlariga, ularning muno- sabatlari olamiga olib kiradi. Bu esa bolalarda mehnat buyum- lariga, tabiatiga kattalar talabiga nisbatan to'g'ri munosabatni shakllantiradi.
Bilimlarning ilmiylik prinsipi maktabgacha yoshdanoq, bo¬lalarning mafkuraviy yo'nalganiigini ta’minlaydi, ular fe'l-at- vorida namoyon bo'ladigan axloqiy ongni shakllantirishga im- kon yaratadi.
Tizimli bilimlar bolaning bilish faoliyatini rivojlanishini ta'rninlaydi, ular asosida bola yaxlit obyektni idrok etishdan, uning xususiyatlarini anglashga erishadi. Bunda bolaning sen¬sor ko'nikmalari rivojlanadi. Bolada o'zaro munosabatlarni
anglab yetish (ijtimoiy-hissiyj, bilish jarayoni nutqiy rivojla¬nish, qiyoslash, solishtirish oddiy tafakkur operatsiyalari, mantiqiy fikrlash rivojlantiriladi.
V. Bilimlar, ko'nikmalar mazmunida har tomonlama- lik, uyg'unlik prinsipi - dastur mazmuniga egallanishi lozim boigan bilimlarni xilma-xil ko'rinishlariga oid ko'nikma va malakalarini tanlab olish va kiritish degan talab qo'yiladi.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati xulq-atvor me'yorlari, san’atning janr va turlari, jonli va jonsiz tabiat, miqdoriy munosabatlar va boshqa bilimlarda tashkil topadi.


Download 86,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish