O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi


II.1. “Ilk qadam" davlat o'quv dasturi



Download 86,42 Kb.
bet8/8
Sana29.05.2022
Hajmi86,42 Kb.
#616913
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Durdona

II.1. “Ilk qadam" davlat o'quv dasturi.


Maktabgacha ta'lim muassasasining davlat o'quv dasturi "O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlantirish borasidagi Davlat talablari"ga muvofiq ishlab chiqilgan me'yoriy-huquqiy hujjat bo'lib, unda maktab­gacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o'quv-tarbi- yaviy faoliyatning asosiy g'oyalari, maktabgacha yoshdagi bo­lalarni ta'limning keyingi bosqichiga o'tishidagi asosiy kompe- tensiyalari belgilab berilgan3.
O'zbekiston Respublikasida faoliyat ko'rsatayotgan bar- cha maktabgacha ta'lim muassasalari uchun (davlat, nodavlat, maxsus va boshqalar) ushbu dastur asosiy manba bo'lib xiz­mat qiladi
O'zbekiston Respublikasi hududida joylashgan quyidagi ta'lim muassasalarida:
davlat maktabgacha ta’lim muassasalari;
maktabgacha ta’lim sohasida xizmat ko'rsatuvchi nodavlat muassasalari;
maktabgacha guruhlarga ega bo'lgan «Mehribonlik» bolalar uylari;
maktabgacha va boshlang'ich ta'limni nazorat qiluvchi boshqaruv organlarida - ushbu davlat o'quv dasturini qo'llash majburiydur.
Davlat o'quv dasturi VII bobdan iborat bo'lib, 1 bobda MTM davlat o'quv dasturini qo'llash va MTMning maqsad va vazi- falari aks ettirilgan.
Davlat o'quv dasturi variativ o'quv dasturlarini yaratishda majburiy tayanch hujjat hisoblanadi.
Ta'lim muassasalari Maktabgacha ta'lim vazirligi tomoni­dan tasdiqlangan variativ o'quv dasturlaridan foydalanish huquqiga ega.
Ta'lim muassasasi Davlat o'quv dasturi asosida o'zining MTM ishchi o'quv dasturini ishlab chiqish huquqiga ega. Ta’lim muassasasining ishchi o'quv dasturi muassasa pedagoglari to¬monidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladi va amaldagi qo- nunchilik tartibida tasdiqlanadi.
Davlat o'quv dasturida MTMning quyidagi maqsad va vazi- falari belgilab berilgan:
bolaning individual ehtiyojlarini hisobga olgan holda ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarni rivojlanishiga oid Davlat ta¬lablari asosida hamda Davlat o'quv dasturiga muvofiq uning har tomonlama va barkamol rivojlanishi uchun qulay shart- sharoitlar yaratish;
maktabgacha yoshdagi bolalarning o'quv-tarbiyaviy faoli- yatini tashkil qilish va amalga oshirish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida ota-onalar va jami- yatga tegishli bilimlar berishni tashkil etish va amalga oshi¬rish;
bolalarning ilk rivojlanishi masalalarida oila va jamiyat bi¬lan o'zaro hamkorlikni tashkil qilish va amalga oshirish.
II bob - MTM ta'lim jarayonining maqsad va tamoyillari deb nomlanib, u quyidagilarni:
- MTM ta’lim jarayonining maqsadlari
- MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari
- Qo'shimcha ta’lim xizmatlarini tashkil qilish
- Alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan ta'lim faoliyati
- Ota-onalar bilan hamkorlikni o'z ichiga oladi.
Davlat dasturida MTM ta'lim jarayonining maqsad va ta¬moyillari aks ettirilgan bo'lib:
- O'quv-tarbiyaviy jarayonning maqsadi bolalarda umumiy kompetensiyalar va rivojlanish sohalari kompetensiyalarini shakllantirish uchun tegishli sharoitlar yaratishdan iboratdir.
MTMda ta'lim jarayonini tashkil qilish tamoyillari: bola huquqlari, o'ziga xos rivojlanish xususiyat va salohiyat- larini hisobga olish;
ta'lim jarayonida barcha turdagi rivojlanish sohalarining o'zaro bog'liqligi;
bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning ehtiyoj- lari, shu jumladan, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish; bolaning ijodiy qobiliyatlarini qo'llab-quvvatlash; o'yin orqali ta’lim berish va rivojlantirish; bolaning rivojlanishi va ijtimoiy moslashishi uchun qulay muhit yaratish;
bola uchun xavfsiz muhitni ta'minlash;
MTMning oila, mahalla va maktab bilan hamkorligi; milliy madaniy an'analar qadriyatini oshirish va boshqa mil- latlar madaniyatiga hurmat, boshqa millatlar madaniyatining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish;
Alohida ehtiyojga ega boigan bolalar uchun moijallangan ta'lim faoliyati.
Maktabgacha taiim muassasasida alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni qoilab-quvvatlash jamoaviy ish hisoblanadi va uni amalga oshirish uchun maktabgacha ta'lim muassasasi rahbari javobgar bo'ladi.
Zarurat tug'ilganda, pedagoglar tarkibi va maktabgacha ta’lim muassasasi rahbariyati, tor ixtisosdagi mutaxassislar- ni jalb etgan holda, bola (uning rivojlanishi) uchun o'quv-tarbi- yaviy faoliyatning individual rejasini tuzadi.
Ota-onalar bilan hamkorlik
Bolaning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash uchun maktabgacha taiim muassasasi ota-onalar bilan o'zaro ham- korlikning quyidagi shakllarini tashkil qilishi mumkin:
ota-onalarning maktabgacha ta'lim muassasasi borasidagi fikrlarini hisobga olish;
ilk rivojlanish masalalarida ota-onalarga bilim berish; ota-onalarni o'quv-tarbiyaviy jarayonda faol qatnashishga jalb etish;
ota-onalarning muassasa hayotida ishtirok etish borasidagi tashabbuslarini qoilab-quvvatlash.
Ill bob - Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim berishda kompetensiyaviy yondashuv deb nomlanib, dastur majburiy 5 ta ta’lim sohasini o'z ichiga oladi. «Jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakllanti- rish» sohasi kompetensiyalari
«Ijtimoiy-hissiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
«Nutq, muloqot, o'qish va yozish malakalari» sohasi kompe-tensiyalari
«Bilish jarayonining rivojlanishi» sohasi kompetensiyalari
«Ijodiy rivojlanish» sohasi kompetensiyalari
Maktabgacha yoshdagi (6-7 yosh) bolaning umumiy muhim kompetensiyalari
- Kompetensiya bolaning bilim, ko'nikma, malaka va qa- driyatlari majmuidir. Boshlang'ich kompetensiyalar, rivojlan¬ish sohasidan qat'iy nazar, bola shaxsi shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
- Kommunikativ kompetensiya - muloqot vositalaridan turli vaziyatlarda foydalana bilish ko'nikmasi.
- O'yin kompetensiyasi - bolaning o'yin jarayoni va uni tash¬kil qilishda tajriba, bilim va ko'nikmalardan ijodiy foydalani- shi. O'quv-tarbiyaviy faoliyat uchun asos hisoblanadi.
- Ijtimoiy kompetensiya - hayotiy vaziyatlarda kattalar va tengdoshlar bilan muloqotda axloq qoidalari va me'yorlariga rioya qilgan holda o'zini tutish mahorati.
- Bilish kompetensiyasi - atrofdagi olamni ongli ravishda idrok qilish va olingan bilim, ko'nikma, malaka va qadriyatlar- dan o'quv va amaliy vazifalarni hal qilish uchun foydalanish.
VI - O'quv-tarbiyaviy faoliyat bobida O'zbekiston Respub- likasidagi barcha MTMlarda tashkil etiladigan o'quv va tarbi¬yaviy ishlarni tashkil etish masalalarini o'z ichiga oladi.
Bunda MTMlarda o'quv-tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish turlari yillik mavzuviy va haftalik ish rejalari va tarbiyachi to¬monidan rejalashtirishni amalga oshirish yoritib beriladi.
O'quv-tarbiyaviy faoliyat «O'zbekiston Respublikasining ilk va maktab yoshidagi bolalarni rivojlantirishga oid davlat ta¬lablari» asosida amalga oshiriladi.
V bob Bolaning rivojlanish sohalari bo'yicha yutuqlari MTM pedagoglari tomonidan bolaning rivojlanishini kuzatib borish xaritasi yiliga uch marta toidiriladi (3 dan 7 yoshgacha bo'lgan davrni o'z ichiga olgan) shuningdek, 6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi ham toidiriladi. Bu xarita Davlat dasturiga muvofiq bolar rivojlanishning beshta sohasi kompe- tensiyalari bo'yicha kutilayotgan natijalar ifodalanadi,
VI - Rivojlantiruvchi muhitni tashkil qilish bobida Maktab¬gacha taiim muassasasida quyidagi mazmunda:
- ko'rgazmali-rivojlantiruvchi,
- madaniy-tarixiy qadriyatlar:
- milliy va mintaqaviy an’analar;
- tabiat, iqlimdan kelib chiquvchi xususiyatlarga mos bo'lishi yoritiladi;
VII bob Ilovalarni o'z ichiga olib ushbu dasturni amaliyotda qoilashning mazmun va mohiyati yoritib beriladi.
Dastur - muhim vosita bo'lib, uning yordamida tarbiyachi- lar (mutaxassislar) O'zbekiston Respublikasida ilk va maktab¬gacha yoshdagi bolalar rivojiga oid Davlat talablariga muvo¬fiq muayyan yosh guruhidagi bolalar uchun eng maqbul va samarali shakllar, metodlar va ta'lim jarayonini tashkil qilish yoilarini belgilaydi.
Dastur uchta asosiy bo'limni qamrab oladi:
maqsadli - bu tushuntirish xati hamda dastur o'zlashti- rilishining rejalashtirilayotgan natijalarini o'z ichiga oladigan boiim;
mazmunli - bu Dasturning umumiy mazmunini ifodalov- chi va bolalar shaxsining to'laqonli rivojlanishini ta'minlovchi boiim;
tashkiliy - bu Dasturning moddiy-texnik ta’minoti ta’rifini, taiim va tarbiyaning metodik materiallar va vositalar bi¬lan ta'minlanganligini, kun tartibini, shuningdek, tadbirlar, bayramlar, rivojlantiruvchi muhitni o'z ichiga oluvchi bo'lim.
«Ilk qadam» dastur nomining falsafiy mazinuni - bilimlar dunyosiga birinchi qadam, birinchi muvaffaqiyat, go'zallik, yaxshilik, samimiylik - milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarbiyalashning ilk asoslari.
Dasturning mazmuni - ijtimoiy hodisalar, inson va uning faoliyati, xulq-atvor me’yorlari, san’atning janr va turlari, jon¬li va jonsiz tabiat, kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qilish kabilardan tashkil topgan.
"Ilk qadam” dasturiga binoan maktabgacha ta'lim muassasa¬sining turli yosh guruhlaridagi: «Til va nutq», «Ilm-fan va tabi¬at», «Qurish-yasash, konstruksiyalash+matematika», «San'at» «Syujet-rolli o'yinlar va sahnalashtirish» faollik markazlari, bolalarni dialogik va monologik nutqini rivojlantirishga, jamoa bo'lib birgalikda hamda mustaqil ishlashga, raqamlar, shakl va vaqtni, elementar matematik hisoblashlarni bilishga, san’at va madaniyatga qiziqish, ijodiy yondoshish kabilarga qaratilgan.
Bu boradagi kuzatishlar va ularning tahlili, katta yutuqlar bilan bir qatorda mavjud qiyinchiliklarni aniqlashga va asosli ba'zi takliflar kiritishga bizga imkon berdi.

Xulosa
Men ush bu kur ishini tayorlash jarayonida chuqur ko`nikma va manaviy zahira oldim davlat talabalarini nima ekani tushinib yetdim. Davlat talablarini pedagogiga yani o`quv oliy o`rta talim muassalariga bog`liq bo`lgan tarafini yoritib o`tdim davlatimiz bu borada qator chora tadbirlar ko`rganiga guvoh bo`ldim davlar talablarini suv iste`mol qilmaslik kerakligini bunga jiddiy qarash kerakligini angladim.


Davlat talablari tarixini o`rganish juda qiziqarli avvalgi chiqarilgan qunun qoidalar hozirda takomilashtriilganini sezdim.

Foydalanilgan adabiyotlar ro` yxati.

1. Islom Karimov YUKSAK MA`NAVIYAT – YINGILMAS KUCH


Toshkent “Ma`naviyat” 2008
2. O`zbеkiston Rеspublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi qonuni. –T., 1997.
3. O`zbеkiston Rеspublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T.,
1997.
4. O`zbеkiston Rеspublikasining Davlat ta`lim standarti, T.2003.
7. С. И. Д ЕМ Б И НСКИЙ. Моделирование в черчении.
М., Учпедгиз, 1957


Download 86,42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish