O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi urganch davlat universiteti “pedagogika” fakulteti



Download 1,27 Mb.
bet3/9
Sana23.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#841819
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
maktabgacha talim kurs ishi

5. Individual yondashish tamoyili. Bu tamoyil bolalarning yosh xususiyatlarini, ya’ni qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak, degan talablardan kelib chiqadi va bu tamoyil matematikani o‘qitish davrida amalga oshirilishi shart.
Matematik tasavvurlarni shakllantirish yuzasidan olib boriladigan ishning asosiy shakli ta’limiy o‘yinli faoliyatdir. Dastur vazifalarining ko‘pchilik qismi ta’limiy oyinli faoliyatlarda hal qilinadi. Bolalarda ma’lum izchillikda tasavvurlar shakllantiriladi, zarur malaka va ko‘nikmalar hosil qilinadi. Ta’limiy oyinli faoliyatlarda va kundalik hayotda didaktik o‘yinlardan hamda o‘yin-mashqlardan keng foydlaniladi. Ta’limiy oyinli faoliyatlardan tashqari vaqtlarda o‘yinlar tashkil qilib, bolalarning matematik tasavvurlari mustahkamlanadi, chuqurlashtiriladi va kengaytiriladi. ta’limiy oyinli faoliyatlarda bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan quyidagi interfaol usullardan foydalaniladi:
• Qisqa hikoya
• Tushuntirish
• Ko‘rsatish
• Kichik guruhlarda ishlash (guruhiy ish)
Juftlikda ishlash
• Galereyaga sayr
• Muammoli vaziyat
• Savol - javob
• Rag‘batlantirish
• Amaliy ish
• Ijodkorlik
• Bilimlarni mustahkamlash uchun o‘yin
• Masala tuzish, yechimni topish
Grafik diktant
Bu usullar mashg‘ulotlarda almashinib kelgan holda qo‘llangan.



O‘zbekiston Maktabgacha ta’limi vazirligi bu dasturni respublikamizning o‘ziga xos tomonlarini: iqlimi, jugrofiy, iqtisodiy, madaniy, milliy sharoitlarini hisobga olib, uni qayta ishlab chiqdi. Dastur tug‘ilgandan to yetti yoshgacha bo‘lgan bolalar egallashi lozim bo‘lgan bilim va malakalar hajmini o‘z ichiga oladi. U maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning psixologik-fiziologik va o‘ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda ularni har tomonlama kamol toptirishni nazarda tutadi.


Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiyani pedagog-tarbiyachi amalga oshiradi. U pedagogik jarayonda markaziy o‘rinni egallaydi. Shuning uchun tarbiyachi o‘z sohasini chuqur bilishi, har xil metodik vositalarni yaxshi egallagan, puxta pedagogik-psixologik tayyorgarlikka ega bo‘lishi kerak. Shu bilan bir qatorda, mutaxassislik bo‘yicha fanlarni, jumladan, «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturini, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, «Ilk qadam»davlat dasturini, Davlat ta’lim standartlarini, bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fani va boshqalarni puxta egallagan bo‘lishi lozimdir
Maktabga borish davriga kelib bolalar to‘plam va son, shakl va kattalik haqida o‘zaro bog‘langan bilimlarni nisbatan ko‘proq egallagan bo‘lishlari zarur.3
Matematika ta’limiy faoliyatlarani o‘tkazishga qo‘yilgan talablar quyidagicha:
1. Matematika ta’limiy faoliyatlarida son-sanoq bo‘limi bilan bir qatorda dasturning boshqa bo‘limlarini ham rejalashtirish, son-sanoq bo‘limidagi dastur vazifasi hamma mashg‘ulotlarda ham asosiy o‘rinni egallashi kerak.
2. Har bir ta’limiy faoliyatlarda ikki-uch dastur vazifasi rejalashtiriladi. Birinchisi yangi, keyingilari takroriy.
3. Olti-sakkiz ta’limiy faoliyatldan keyin takroriy usulda ta’limiy faoliyatlarni o‘tkazish tavsiya qilinadi.
4. Matematika ta`limiy faoliyatlarida eng asosiy o‘rgatish usuli ko‘rgazmali o‘rgatish usulidir. O‘rgatish usulida harakatli o‘yin, didaktik o‘yin usullari katta o‘rin egallaydi.
5. Matematika ta’limiy faoliyatlarida dastur mazmuni ko‘rgazmali materiallar asosida bolalarga tushuntirib boriladi.
6. Ikkinchi kichik va o‘rta guruhda mashg‘ulotlarni yakunlashda tarbiyachi dastur mazmunida bolalarga tushunarli so‘zlar bilan umumlashtirib aytib beradi.
7. Katta va tayyorlov guruhida bolalar ishtirokida umumlashtiriladi. Ta’lim faoliyatlarini tashkil etishda tarbiyachidan quyidagilar talab etiladi:
1. Bolalarning ilmiy, psixologik, pedagogik taraqqiyoti xususiyatlari asoslari qonuniyatlarini bilish.
2. Bolalarni matematik tasavvurlari taraqqiyotidagi ilmiy sistemani bilish.
3. Har bir yosh guruhidagi elementar matematika tasavvurlarini o‘rgatish dasturini, ya’ni ish mazmunini bilish.
4. Bolalarni o‘rgatish metodik usullarini egallash, ya’ni ishni qanday olib borish.
5. O‘rgatish dasturi materialini egallash faqat maxsus ta’limiy faoliyatlardagina amalga oshirilishini bilish.
6. Har bir ta’limiy faoliyatda son-sanoq faoliyati bilan birgalikda boshqa matematik tushunchalar: kattalik, shakl, tevarak-atrof, vaqt tushunchasini rejalashtirishni bilish. 7. Ta’lim faoliyatlari didaktik tamoyil asosida tuzilishini bilish.
8. Ta’lim faoliyatlarida turli analizatorlardan keng foydalanish.
9. Ko‘rgazmali materiallardan keng foydalanish eng asosiy shart-sharoitlardan biri ekanligini bilish.
10. Har bir bolaning tarqatma material bilan ishlashi har bir ta`lim faoliyatlarining asosiy sharti ekanligini bilishi kerak.
Matematikadan ta`lim faoliyati haftaning ma’lum bir kunida o‘tkazilishi kerak.
Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantirishda bolaga alohida yaqindan yondashish sezilarli ahamiyatga egadir.Tarbiyachi guruh bilan ko‘pincha frontal ish olib boradi. Ushbu frontal ish yutuqlar bilan birga, kamchiliklarga ham egadir.
Bolalarning faoliyati uchun bir xil sharoit yaratilganligi va vazifani bajarish imkoniyatlari bolalarda har xil bo‘lganligi sababli materialning o‘zlashtirilishi ham har xil bo‘ladi. Frontal yondashishbolalarning axborot xazinasini to‘liq e’tiborga olishga imkoniyat bermaydi, chunki ular turli bilim qiziqishlariga, qobiliyatlariga va layoqatlariga ega.4
Tarbiyachi ta’lim faoliyatlarga tayyorlanar ekan, dastur mazmunini sinchiklab o‘rganadi. Matematik bilimlar bolalarga qat’iy aniqlangan sistema va izchillikda beriladi, bunda yangi materiallar bolalar o‘zlashtira oladigan darajada bo‘lishi kerak. Har bir vazifa bir qator kichik topshiriqlarga bo‘linadi. Bu kichik topshiriqlar ketma- ket o‘rganiladi. Masalan, tayyorlov guruhi bolalarini buyumlarni bo‘laklarga bo‘lish bilan tanishtirish shunday ketma-ketlikda amalga oshiriladi: bolalar birinchi ta’lim faoliyatida buyumlarni ikkita teng qismga bo‘lishni mashq qiladilar va yarim nima ekanini o‘zlashtiradilar; ikkinchi ta`lim faoliyatida bolalarning teng ikkiga bo‘linadigan buyumlar haqidagi tushunchalari kengaytiriladi va shunga mos lug‘at faollashtiriladi; tarbiyachi uchinchi ta`lim faoliyatida bolalarga buyumlarni teng to‘rt qismga bo‘lish usullarini tanishtiradi, shuningdek butunning qismga munosabatini ko‘rsatadi; keyinroq bolalarga geometrik shakllarni ikki va to‘rt qismga bo‘lishning har xil usullarini ko‘rsatadi, bolalar butun bilan qism orasidagi munosabatlarni o‘rganishadi. Shunday qilib, dasturning har bir bo‘limi ketma-ket o‘tkaziladigan bir necha (uch-olti) ta’lim faoliyatlarida amalga oshiriladi. Bolalarning bilimlari bir ta`lim faoliyatidan ikkinchi ta`lim faoliyatiga o‘tganda kengayadi, aniqlashtiriladi va mustahkamlanadi. Dasturning bir bo‘limidan ikkinchi bo‘limiga o‘tishda o‘tilganlarni takrorlash, yangi bilimlarni o‘zlashtirilgan bilimlar bilan bog‘lashni ta’minlash katta ahamiyatga ega. Yangi materialni o‘rganish jarayonida o‘tgan materialni takrorlash bolalarning bilimlarini chuqurlashtiribgina qolmay, balki ular e’tiborini yangi materialga qaratish, uning puxta o‘zlashtirilishiga imkon beradi. Odatda, yangi mavzuni uch-besh mashg‘ulot davomida, oldin uning birinchi qismida, keyinroq ikkinchi qismida o‘rganiladi. Mavzuni oradan ikki hafta, ba’zan uch hafta o‘tgandan keyin takrorlash kerak. Eski materialga qaytish davri borgan sari dasturning har bir o‘rganilgan bo‘limi o‘quv yili oxiriga qadar tarbiyachining fikr doirasida bo‘lib turishi kerak.



Shu munosabat bilan bir mashg‘ulotning o‘zida dasturning bir bo‘limiga yoki har xil bo‘limning, ya’ni «Miqdor», «Sanoq», «Kattalik», «Shakl» va boshqa bo‘limlariga oid masalalar o‘rganilishi va takrorlanishi mumkin. Hamma bo‘limlari bo‘yicha dasturni bolalar izchil o‘rganishini va ularda elementar matematik bilimlar tizimini shakllantirishni shunday qilib ta’minlash mumkin bo‘ladi. Matematika o‘qitishda ta`limiy faoliyatning har xil turidan foydalaniladi. Ta`limiy faoliyat turi uning mazmuni bilan aniqlanadi. U yangi materialni o‘rganishga yoki o‘tilganlarni takrorlashga, bir qator ta’limiy faoliyatlarning materiallarini umumlashtirishga yoki bolalarning bilimlarini tekshirishga bag‘ishlanadi.
O‘qitish tajribasida qurama mashg‘ulotlar eng ko‘p o‘rinni egallaydi, ularning birinchi qismida 8-10 daqiqa davomida yangi material o‘rganiladi, ikkinchi qismida (9-12 daqiqa davomida) oldingi mashg‘ulotlarda olingan bilim va ko‘nikmalar mustahkamlanadi, oxirida esa bolalarga ilgari o‘zlashtirilgan bilimlar 3-4 daqiqa takrorlatiladi. Yangi materialni o‘zlashtirish bolalardan ko‘proq zo‘riqishni talab qiladi. Shu sababli ta`limiy faoliyat oxirida tanish materialni kiritish bir oz bo‘shashish imkonini beradi. Masalan, tayyorlov guruhidagi ta`limiy faoliyatlarning birinchi qismida 5 sonining o‘zidan kichik ikki sondan iborat tarkibi bilan tanishtirish, ikkinchi qismida doira va oval chiza olish malakasini takomillashtirish o‘rin oladi. 3 va 4 sonlarining ikkita kichik sondan iborat tarkibi o‘rganilishi, bilimlar mustahkamlanishi mumkin. Uchinchi qismda «Nima o‘zgardi?» o‘yinida buyumlar to‘plamini sanash (masalan, samolyotlar guruhi nechtaligini, har qaysi guruhda nechtadan samolyot borligini, hamma samolyotlar nechtaligini aniqlash) ga doir mashqlar bajarilishi mumkin. Ta`lim faoliyatining tuzilishi (strukturasi) dastur bo‘limlarining hajmi, mazmuni, ko‘rgazmaliligi, tegishli bilim va ko‘nikmalarning o‘zlashtirilish saviyasi va boshqa omillarga bog‘liq. Chunonchi, kichik guruhda bir yoki ikki mavzu bo‘yicha ta’lim faoliyatlari o‘tkazish maqsadga muvofiq. Shu bilan birga hamma guruhda yangi mavzu bo‘yicha birinchi mashg‘ulot, odatda, to‘liq o‘rganishga bag‘ishlanadi, takrorlash yangi materialning o‘tilishi munosabati bilan yoki ta’lim faoliyatining oxirida o‘tkaziladi. Ikkinchi, uchinchi va undan keyingi ta`lim faoliyatlar berilgan mavzu bo‘yicha ham, oldingi mavzular bo‘yicha ham materialni mustahkamlashga bag‘ishlanadi. Mashg‘ulotlarni takroriy mashqlardan boshlash maqsadga muvofiq, bu mashqlar o‘ziga yarasha aql gimnastikasidir, masalan, “Kim qaysi o‘yinchoqlarni sanadi?”, “O‘yinchoqlar nechta?” kabi o‘yin-mashqlardan boshlash mumkin. Bulardan katta guruhda foydalanish mumkin. (Chaqirilgan bolalar tarbiyachi ko‘rsatmasiga binoan o‘yinchoqlarni sanab chiqadilar, so‘ngra o‘yinchoqlar salfetka bilan yopiladi, shundan keyin bolalar u yoki bu o‘yinchoqdan nechtadan bo‘lganini yoki kimda o‘yinchoqlar borligini va o‘yinchoqlar qancha bo‘lganini topadilar.) Bolalar (o‘rta, katta va maktabga tayyorlash guruhlarida) buyumlarni va geometrik shakllarni har xil alomatlari bo‘yicha guruhlarga ajratishni, o‘yinchoqlar, shakllar, jadvallar to‘plamiga tayyorlov guruhlarida «qancha» so‘zi bilan savollar o‘ylab topishni mashq qiladilar. Shuningdek «Qo‘shnilaringni top», «Men qaysi sonni o‘tkazib yubordim?», «Kim ko‘p bilsa, u uzoq sanaydi» kabi o‘yinlar o‘tkaziladi. Yangi materialni tushuntirishda tarbiyachining yoki chaqirilgan bolaning harakatlari hamma bolalarga ko‘rinib turishi muhim. Keyinroq bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash uchun topshiriqlar hamma bolaga bir vaqtda beriladi. Bolalar o‘rinlarida yuzlari (yoki yon tomonlari) bilan qarab o‘tirishlari kerak. Chunki topshiriqlarning bajarilishini tekshirishda yoki yangi topshiriqlar berishda tarbiyachi bolalar e`tiborini namunaga tortishi, bajarilishining u yoki bu jihatini ko‘rsatishi kerak bo‘ladi. Olti o‘rinli stollar mavjud bo‘lganda, uning atrofiga to‘rttadan ortiq bolani o‘tqazmaslik kerak. Zarur bo‘lsa, qo‘shimcha 1-2 ta stol qo‘yish kerak. Bolalarning bilim va ko‘nikmalari tekshiriladigan faoliyatlar tarbiyachi stoli oldida tashkil qilinadi.
Agar ta’limiy faoliyatning borishida yoki uning oxirida harakatli o‘yinlardan foydalaniladigan bo‘lsa, bu o‘yinlarni o‘tkazish uchun oldindan joy tayyorlab qo‘yish kerak. Ta’limiy faoliyatlarni muvaffaqiyatli o‘tkazishda ko‘rsatma-qo‘llanmalarni to‘g‘ri tanlashning ahamiyati katta. Matematik tasavvurlarni shakllantirishda ham, bolalarni dastlabki umumlashtirishlarga keltirish (qo‘shni sonlar orasidagi bog‘lanishlar va munosabatlar, “teng”, “ortiq”, “kam”, “butun”, “qism”) borasida ham ko‘rsatmalilik boshlang‘ich davr bo‘lib xizmat qiladi. Hamma ta`limiy faoliyatlarida kundalik turmushda ishlatiladigan buyumlar, o‘yinchoqlar, tabiiy materiallardan keng foydalaniladi. Hamma bolalar o‘yinchoqlar bilan o‘ynashlari uchun o‘yinchoqlar ko‘p miqdorda tanlanadi. Matematik bilimlar abstraksiyalash yo‘li bilan o‘zlashtirilishi sababli turli-tuman buyumlardan foydalaniladi. 5

Bilimlarni mustahkamlash uchun tarbiyachi har xil xarakterdagi, ya’ni amaliy, o‘yin, musobaqa elementlari bilan bog‘liq mashqlardan, interfaol usullardan foydalanadi. Uch-to‘rt yoshdagi bolalarni o‘qitishda, ayniqsa, o‘yin elementlaridan keng foydalaniladi. Shuni esda tutish muhimki, didaktik materialni va usulni almashtirish bilim va ko‘nikmalarni alohida zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishni ta’minlovchi vositadir. O‘yin momentlariga haddan tashqari berilib ketmaslik kerak, chunki o‘yin asosiy narsadan – matematik ishdan chalg‘itishi mumkin, natijada bolalar mashg‘ulot rejasida nazarda tutilgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtira olmaydilar.



Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish