O‘qituvchi xulosasi (2minut)
Demak taraqqiyotning o‘zbek modeli xalqimizning milliy davlatchilik an’analari, qadriyatlariga tayangan. Ayni vaqtda u jamiyatni isloh etish borasidagi dunyo tajribasining ilg‘or yutuqlariga ham asoslangan. Shu tufayli xalqaro jamiyat tomonidan e’tirof etilmoqda. Dunyodagi har qanday jamiyatning, har bir davlatning o‘ziga xos va o‘ziga mos keladigan, uning uchun xizmat qiladigan, tub maqsadlari va manfaatlarini himoya qiladigan g‘oyalar tizimi bo‘ladi. Unga ega bo‘lmasdan turib birorta ham jamiyat o‘z maqsadlariga yeta olmaydi. O‘zbekistonning hozirgi davri, bundan keyingi tarixiy taraqqiyoti va istiqboli uchun ana shunday g‘oyalar tizimi suv bilan havodek zarur. Buni hayotning o‘zi yaqqol ko‘rsatib turibdi.
IY. Mavzuni mustahkamlash (Aqliy hujum 3 minut)
1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning tamoyillari sanab bering.
2. Xalqning turmush tarzi deganda nimani bilib oldingiz?
3. Xalqaro me’yorlar deganda nimani tushunasiz?
Y. O‘quvchilarning o‘zlashtirishini aniqlash va baholash (5 minut)
YI. Uyga vazifa: Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, referat tayyorlash (2 minut)
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytamanki, mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritganidan keyingi yillar ichida xalqimiz o’zining mard va donishmand rahbari boshchiligida asrlarga tatigulik ulkan ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hayot va milliy ma’naviyat sohalarida tub islohotlar tufayli yurtimizda obod va erkin farovon hayot asoslari barpo etildi. Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan uning me’yoriy-huquqiy asoslari quyidagi hujjatlarda belgilab berildi hamda ular bazasida eng muhim yo’nalish va natijalar ijrosi ta’minlandi. O’zbekistonda ta’lim respublika ijtimoiy-iqtisodiy, g’oyaviy-madaniy hayotining eng muhim yo’nalishidir. Ta’limning huquqiy asoslari mamakatimiz Konstitutsiyasi, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o’z aksini topgan. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari bo’lgan shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishdan iborat bir butun tizim yuzaga keldi.
Jamiyatning siyosiy hayotini erkinlashtirish avvalo, aholining siyosiy faolligini kuchaytirishni, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o’zini-o’zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o’tkaza borishni taqozo etadi. Iqtisodiyot sohasini yanada erkinlashtirish vazifasi xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy erkinliklarini kengaytirish, mulkdorlarning mavqei va huquqlarini mustahkamlashni o’z ichiga qamrab oladi. Jamiyat ma’naviyatini yanada yuksaltirish masalasida o’z haq- huquqlarini taniydigan, mustaqil fikrlay oladigan, iymon-irodasi, ehtiqodi mustahkam, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan, erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Huquqiy, demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati barpo etish kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirishni, mamlakatimizning kelajagini tahminlovchi yetuk mutaxassislar yetishtirishni taqozo etadi. Aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning barcha bosqichlariga, «O’zbek modeli»ning mazmuni va mohiyatiga mos bo’lgan muhim bir mezon bo’lib kelmoqda. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni ta’minlash iqtisodiy islohotlarning mazkur bosqichiga xos bo’lib, bunda bozor infratuzilmasini rivojlantirish, eksportga moslashgan va import o’rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, moliya va bank tizimi faoliyatini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta’minlash mazkur bosqichdagi dolzarb vazifalardan biri sanaladi. Bu vazifa jahondagi globallashuv sharoitida, turli mintaqalardagi vaziyatning keskinlashuvi O’zbekistonning suveriniteti va barqaror taraqqiyotiga xavf solishi mumkin bo’lgan tahdidlarga munosib javob qaytaradigan xavfsizlik tizimlarini yaratishni taqozo etadi. Mazkur bosqichda bunday tizim yaratildi. O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos yo’li bo’lgan «O’zbek modeli» mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichida, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy islohotlarning xususiyatlaridan kelib chiqib, ijodiy rivojlantirilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
Do'stlaringiz bilan baham: |