С vitamini (askorbin kislota) moddalar almashinuvida, ayniqsa
oqsillar va uglevodlar almashinuvida muhim o'rin tutadi.
Katta yoshdagi odam 1 sutka davomida 50-78 mg vitamin C olishi
kerak. Uning yetishmasligi tufayli singa kasalligi yuzaga keladi. Bu
kasallik odamda umumiy holsizlik, tez charchash, milklarning shishib,
bo'shashib qolishi, tishlarning qimirlab tushib ketishi, tish cho'tka bilan
tozalanganda milk qonashi kuzatiladi. Bu vitamin ho'l mevalarda,
ko'katlarda, sabzavotlarda, ayniqsa, limon, apelsin, mandarin, karam,
pomidor, piyoz, na'matakda, qora smorodinada, limon, apelsinda, 18
sarimsoqda, kartoshkada, ko'pgina mevalarda va o'simliklarning yashil
qismlarida bo'ladi.
D vitamini organizmda kalsiy va fosfor almashinuvi normal
o'tishida ishtirok etadi. U ayniqsa, ikki-uch yoshgacha bo'lgan bolalar
suyagining to'g'ri shaldlanishi, o'sishi va rivojlanishida katta ahamiyatga
ega. Bu vitamin yetishmasligi natijasida yosh bolalarda raxit kasalligi
yuzaga keladi. D vitamini baliq yog'ida, tuxum sarig'ida, sut va sut
mahsulotlarida ko'p bo'ladi. U quyoshning ultrabinafsha nurlari ta'sirida
odam terisida ham hosil bo'ladi. Bolalarni ochiq havoda chiniqtirish raxit
kasalligining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.
Energiya almashinuvi.
Achish jarayonida energiya almashinuvi odatda uch bosqichga
bo’linadi. Birinchi tayyorgarlik bosqichi bo’lib, unda murakkab
uglevodlar, yog’lar, oqsillar glyukoza, glitserin va yog’ kislotalari,
aminokislotalarga; nuklein kislotalarning katta molekulalari esa
nukleotidlarga parchalanadi. Bu reaksiyalarda kam miqdorda energiya
ajraladi va ular issiqliq energiyasi sifatida tarqalib ketadi.
Ikkinchi bosqich to’liqsiz yoki kislorodsiz parchalanish bo’lib,
hujayra sitoplazmasida amalga oshiriladi. U anayerob nafas olish
(glikoliz) yoki achish deb ham yuritiladi. «Achish» atamasi odatda
o’simlik yoki mikroorganizmlarning hujayralarida kechadigan
jarayonlarga nisbatan qo’llaniladi. Bu bosqichda moddalarning
fermentlar ishtirokida parchalanishi yana davom etadi. Masalan,
mushaklarda anayerob nafas olish tufayli glyukoza molekulasi 2
molekula sut kislotasigacha parchalanadi. Glyukozaning parchalanish
reaksiyalarida fosfat kislota va ADF ishtirok etib, ulardan parchalanish
natijasida ajralgan energiya hisobiga AТF molekulalari hosil bo’ladi.
Achitqi zamburug’larida glyukoza molekulasi kislorodsiz sharoitda
etil spirti va karbonat angidridgacha parchalanadi. Bu jarayon spirtli
achish deb yuritiladi.
Boshqa mikroorganizmlarda glikoliz jarayoni aseton, asetat kislota
va boshqalami hosil qilish bilan tugaydi. Barcha hollarda glikoliz
reaksiyalari bir molekula glyukozaning parchalanishi 2 molekula AТFni
hosil qilish bilan boradi. Glyukozaning kislorodsiz sharoitda sut
kislotagacha parchalanishi tufayli ajralib chiqayotgan energiyaning 40%i 20
AТF tarkibida to’planadi, qolgani esa issiqlik energiyasi sifatida tarqalib
ketadi.
Energiya almashinuvining uchinchi bosqichi — ayerob nafas olish
yoki kislorodli parchalanish deb ataladk Energiya almashinuvining bu
bosqichi fermentlar yordamida tezlashtiriladi. Hujayrada oldingi
bosqichda hosil bo’lgan moddalar kislorod ishtirokida oxirgi
mahsulotlar — CO2 va H2O gacha parchalanadi. Kislorodli nafas olish
jarayonida juda katta miqdorda energiya ajralib chiqadi va ular AТF
molekulalarida to’planadi. Ikki molekula sut kislotani kislorodli
sharoitda to’liq parchalanishida 36 molekula AТF hosil bo’ladi. Demak.
hujayrani energiya bilan ta’minlashda ayerob nafas olish asosiy vazifani
bajaradi. Barcha tirik organizmlar energiyani olish turiga qarab ikkita
katta: avtotroflar va geterotroflar guruhiga bo’linadi.
Avtotroflar anorganik moddalardan hayot faoliyati uchun zarar
organik moddalami hosil qiluvchi organizmlardir. Bularga deyarli
barcha yashil o’simliklar, suv o’tlari, ba’zi bakteriyalar kiradi. Avtotrof
organizmlar qaysi energiya manbaidan foydalanisbiga qarab ikki
gurahga: fototrof va xemotroflarga bo’linadi. Fototroflar quyosh
energiyasidan, xemotroflar esa kimyoviy reaksiyalar natijasida ajralib
chiqadigan energiyadan foydalanadi.
Moddalar almashinuvida, ya'ni oqsillar, yog'lar va uglevodlarning
kislorod bilan oksidlanib parchalanishi natijasida energiya hosil bo'ladi.
Bu energiya organizmda barcha fiziologik jarayonlarning to'xtovsiz
davom etishi uchun sarflanadi. Jumladan, yurak, o'pka, jigar, buyrak,
me'da-ichaklar, tana muskullari hamda boshqa to'qima va organlarning 21
ish bajarishini, yoshlarda esa o'sish va rivojlanishning normal o'tishini
ta'minlaydi.
Oziq moddalar parchalanishidan hosil bo'ladigan energiyaning
uchdan ikki qismi to'qima va organlar hayotiy jarayonlarining normal
o'tishi va ish bajarishi uchun, uchdan bir qismi esa tana haroratining
doimiyligini ta'minlash uchun sarflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |