Kaliy organizmdan suv va natriy ionlarini chiqarishda muhim rol
o’ynaydi. Shu sababli «kaliyli» parhezlar diurezni kuchaytirishda
ishlatiladi.
Kalsiy asosiy plastik material bo’lib xizmat qiladi va tayanch
tuqimalarni shakillanishida muhim o’rin tutadi. U qonning tarkibiy
qismi bo’lib qon ivish jarayonida qatnashadi.
Biogen mikroelementlarga temir, ruh, mis, ftor, yod, marganes va
boshqalar kiradi.
Yod asosan qalqonsimon bezda 20-40 mg% tashkil etadi va tiroksin
hamda triyodtironing tarkibiga kiradi. Uning yetishmovchiligi endimik
zob rivojlanishiga olib keladi.Temir xromoproteinlar tarkibiga kiradi.
Masalan, gemoglobin, mioglobin, sitoxromlar, katalaza va 15
glutationperoksidaza fermentlari va boshqalar. Uning yetishmasligi
kamqonlikka olib keladi.
Marganes elementini yetishmasligi generativ funksiyalarni
buzilishiga sabab bo’ladi. Bunda gipogalaktiya, homilani surilishi,
semeniklar degeneratsiyasi kuzatiladi.
Mis yetishmasligi mikrotsitar normoxrom anemiyaga, nafas olish
zanjirida sitoxrom s va sitoxromoksidaza fermentlar miqdorini
kamayishiga olib keladi.
Ruh yetishmasligi pubertat davrida o’sish va rivojlanishni susayishiga
sabab bo’ladi. Bunda ikkilamchi jinsiy a'zolar rivojlanishi sekinlashadi.
Ftor tishlar rivojlanishida, dentin va emal shakillanishida faol
qatnashadi. Uni yetishmasligi karies rivojlanishiga olib keladi.
Vitaminlar biologik faol moddalar bo'lib, organizmda moddalar
almashinuvida qatnashadi. Vitaminlar organizmning hayot faoliyati
uchun zarur bo'lgan biologik aktiv moddalardir. Ularning juda oz
miqdori ham moddalar almashinuviga kuchli ta'sir etadi.
Rus olimi N.I. Lunin (1853—1938) 1880-yilda himoya qilgan
doktorlik dissertatsiyasida vitaminlar hayvonlar organizmi uchun muhim
modda ekanligini birinchi bo'lib isbotladi. Uning xulosasiga ko'ra, ovqat
tarkibida oqsillar, yog'lar, uglevodlar, tuzlar va suvdan tashqari, alohida
moddalar ham bo'ladi, bularsiz organizm yashashi mumkin emas,
deyilgan edi. Keyinchalik bu noma'lum muhim moddalar 1912- yilda K.
Funk tomonidan vitaminlar deb nomlandi (vita — hayot degan ma'noni
bildiradi).
Vitaminlarning 40 dan ortiq turi bo'lib, ularning har biri odam
organizmida muhim fiziologik vazifani bajaradi. Agar odam
organizmida biror vitamin mutlaqo yo'qolsa, avitaminoz, uning miqdori
kamaysa, gipovitaminoz, me'yoridan ortib ketsa, gipervitaminoz deb
ataladi. Bu holatlarning har qaysisida o'ziga xos xastalik belgilari paydo
bo'ladi. Masalan, gipovitaminoz A, gipovitaminoz B, gipovitaminoz С
va hokazo.
Vitaminlar suvda va yog'da eriydigan guruhlarga bo'linadi. Suvda
eriydigan vitaminlar — B1, B2, B6, B12, PP va C. Yog'da eriydigan
vitaminlar — A, D, E, K.
Do'stlaringiz bilan baham: |