Mustahkamlash uchun savollar.
1.Yadroning tuzilishi qanday?
2. Nuklein kislotalar qanday tuzilgan?
3. Yadro qobig’i qanday tuzilgan?
4.
Yadrochaning ahamiyati.
Тayanch iboralari
1.
Yadro
2.
Nuklein kislotalar
3.
DNK
4.
RNK
5.
Yadrocha
Adabiyotlar
1.
Yu.S. Chensov. Obhaya sitologiya. M. Izd. MGU. 1984
2.
Ye. Robertis. i d r Obhaya sitologiya. M. IL. 1962
3.
Metodo’ biologiya razvitiya. M.Izd. AN. SSSR. 1974
42
4.
A.S.Тroshin. i d r Sitologiya. M. Izd. “Prosveheniya” 1970
5.
K. Svensov i d r Kletka. M. Izd. “Mir” 1980
7-MA’RUZA ХROMAТIN VA ХROMOSOMALAR
R YE J A
1.
Хromatinlar
2.
Хromosomalar
a) Хromosomalar soni
b) Хromosomalarning kattaligi va morfologiyasi
v) Хromosomalarning ultra strukturasi
g) Хromosomaning kimyoviy tarkibi
d) Хromosoma nabori
ye) Jinsiy xromosomalar
3.
Kariotipning o’zgarishi
4.
Хromosomalar reduplikatsiyasi
5.
Хromosomalarning spirallanishi
6.
Adabiyotlar
7.
Тayanch iboralar
1.
O’tgan asrda “Хromatin” termini bilan yadrochalardan shakli jihatdan farq
qiluvchi fiksatsiyalangan yadrodagi intensiv bo’yaluvchi strukturalarni nomlashgan.
Хromatinli strukturalarni ko’pchiligi asosli bo’yoqlar bilan, ba’zilari esa kislatali
bo’yoqlar bilan bo’yaladi.
Shundan asosli yoki kislotali bo’yoqlar bilan bo’yalishini ko’rsatuvchi
“Bazixromatin” va “Oksixromatin” tushunchalari kelib chiqqan. Shunday qilib,
“Хromatin” tushunchasi dastlab faqat morfologik tushuncha edi. Lekin Geydengayn
(1907) Хromatinni xususiyati nuklein kislotasi bilan bog’liqligini bilgan edi. Bundan
hujayrani bo’linishida xromosomalar hosil bo’ladi.
Хromatin strukturalariga yadrocha atrofi xromatini va xromotsentrlar ham kiradi.
Adabiyotlarni ko’rsatishicha xromatin xromosomalarning kimyoviy tarkibi
o’xshash ekan. Mitoz vaqtida xromatin butunlay xromosomalarda to’planadi. Juda
ko’pchilik bioximik ishlarda “xromatin” va “xromosoma” terminlari sinonim sifatida
ishlatiladi. Bunday xulosa mitotik va interfaza xromosomalarini bir xil emasligini
hisobga olinsa, unchalik to’g’ri bo’lmaydi. Hozirgi vaqtda “xromatin” termini
fiksatsiyalangan yadrodagi xromosomaning kimyoviy ekvivalenti ma’nosini olmoqda.
2. Хromosomalar - yadroning asosiy funksional avtoreproduksiyalovchi
strukturasidir. Ularda DNK yig’iladi va yadroning funksiyasiga bog’lik bo’ladi.
Juda ko’pchilik hollarda xromosomalar faqat bo’linayotgan hujayralarda ko’rinadi.
Bo’linish davrida fiksatsiyalangan hujayralarda ham, tirik hujayralarda ham
xromosomalarning soni, kattaligi, morfologiyasini va tabiatini aniqlash mumkin.
Хromosomalarni nozik tuzilishlarini elektronmikroskoplarni ishlatish, avtoradiografik va
bioximik metodlarni qo’llash orqali o’rganiladi.
a) Хromosomalarning soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |