68
Kimyoviy tabiati turlicha bo’lsada sekret hujayralarining strukturasida, ularning
fiziologiya va bioximiyasida juda ko’p umumiy tomonlari bor.
Sekretor hujayralar tana bo’shlig’ining ichki tomonini qoplaydi, qon yoki limfa tomirlari
bo’ylab joylashadi.
Sekretor hujayralarni eng muhim belgilari bo’lib, Goldji apparatini kuchli rivojlanishi va
sitoplazmaning maxsus sekretlar ushlovchi kiritmalarni bo’lishi hisoblanadi. Kiritmalar tomchi,
donacha yoki vakuola shaklida bo’ladi.
1.2.Hujayra strukturalarining sekret hosil qilishidagi roli.
Sekretor hujayrani xomashyo olib, tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan fabrika
bilan solishtirish mumkin. Bu 2 xodisa orasida juda ko’p o’hshashlik bo’lib har ikkalasida ham
oxiri u yoki bu mahsulotni hosil bo’lishiga olib keladi. Butun protsess narsalarni asta sekin
yigilishi yuz beradigan zamonaviy “yig’uv konveyerini” eslatadi.
Sekretsiya juda murakkab protsess bo’lib unda hujayrani barcha qismlari va organoidlari
katnashadi. Yadro va yadrocha, ribosomalar, mitoxondriylar, endoplazmatik tur va Goldji
kompleksining vakuolalar sistemasi “yiguv konveyerida” ya’ni sekret ishlab chiqarishda turli
darajada katnashadi.
Sekretsiyani sitologik tekshirishda asosiy e’tiborni tartibga solingan fiziologik vokealar
yigindisiga karatilib, bunda hujayraning barcha strukturalari u yoki bu holda katnashadi. Shu
munosabat bilan hujayrani ba’zi muhim funksiyalarini esga olish urinlidir.1) xromosomada
joylashgan DNKdan tuzilgan strukturali yoki boshqa genlarda RNKni sintezi; 2) ribosomalarni
hosil bo’lishida yadrochani ishtiroki; 3) transport RNKsi aminokislotalar kompleksi bilan
axborot RNKsini o’zaro ta’siri natijasida ribosomalar, aniqrogi poliribosomada, oqsillarning
sintezi; 4) “eksport” qiluvchi oqsilning sirkulyatsiyasini ta’minlovchi endoplazmatik turni roli.
5) sekretsiya mahsulotlarini bir joyda tuplanishi va ularni membranalarga joylanishini amalga
oshiruvchi Goldji kompleksini roli.
Shunday qilib sekretsiyani o’rganish hujayra biologiyasining juda ko’p bo’limlari bilan
bog’lik.
Sekretsiya protsessini Goldji kompleksi bilan aloqasi eng ko’p o’rganilgan. D. N.
Nasonov, R. Boven va boshqalarning bergan ma’lumotlariga qaraganda, sekretor hujayralarda
sekret donachalari ko’proq Goldji apparat zonasida hosil bo’ladi. Boven donacha to’liq Goldji
apparatini olcha to’ldirilgan savatchaga o’xshatadi. Sekretning mayda donachalari savatchani
ostida bo’ladi, yiriklashgan sari ular hujayralarning apikal qismiga siljiydilar. sekretor faoliyatida
Goldji apparatining o’zgarishi uni bu protsessga aloqador ekanini tasdiqlaydi. bunda bu apparat
kattalashadi, kundalang chizziklar yugonlashadi. Sekret chiqazilgach goldji apparati keskin
kichrayadi. Nosonovning ko’rsatishicha bunda Goldji apparatining hujayrada joylashishi ham
o’zgaradi. Oshkozon osti bezi hujayralarida sekretsiya boshlanishi bilan bu apparat hujayrani
apikal yuzasiga siljiydi, shunga mos holda sekretor donacha hosil bo’lish zonasi ham shu
rayonga siljiydi.
Bu ma’lumotlarning barchasi Goldji apparatini sekretsiya bilan aloqasi borligini ko’rsatadi,
shuning uchun ba’zi olimlar bu apparatni “sekretsiya organoidi” deb ataydilar. Bunda Goldji
apparatida barcha sekretor protsesslar sekret mahsulotlarini sintezi va donachalarni hosil bo’lishi
joylashgan degan ma’no kelib chiqadi. Ammo bunday deb o’ylash xato ekan. Oxirgi vaqtlarda
Goldji apparatini kimyoviy tarkibi xaqida ma’lumotlar olindi. Gistoximik va bioximik metodlar
yordamida uning tarkibida lipidlar va oqsillar borligi aniqlandi. Fermentlar esa mikdor jihatdan
juda oz ekan. Shuni hisobga olib juda ko’p olimlar sekretor hujayralarni sintetik faoliyatida
hujayraning barcha fermentativ apparati bir butun holda ishtirok etadi deb hisoblamoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |