67
2.2.Hujayra membranasining turli moddalarga nisbatan o’tkazuvchanligi.
3. Adabiyotlar.
4. Тayanch iboralar.
1. Sekretsiya hujayraning muhim xususiyatlaridan biridir. Umuman bu protsess hujayrada
shu hujayra tomonidan ishlatiladigan yoki organizmdan tashqariga chiqarib yuboriladigan
moddalarni sintezlanishini anglatadi. Ko’p hujayrali organizmlarda ikki xil sekretsiya bo’ladi:
1)
Тashki - bunda sintez mahsuloti tashqi muxitga yoki ko’proq tana bo’shlig’iga, masalan,
ovqat xazm qilish traktiga, yoki nafas yo’liga ochiladi. Bu xil sekretsiyani ekzokrin bezlar
amalga oshiradi;
2)
Ichki - bunda sintez mahsulotlari shu organizmning sirkulyator sistemasiga ajraladi va u
boshqa organga yoki uning qismiga ta’sir etadi. Bu xil sekretsiyani endokrin bezlar amalga
oshiradi. Endokrin bezlarga kalkonsimon parakalkonsimon bezlar, buyrak usti bezi, gipofiz va
oshkozon osti bezlaridagi Langergans orolchalari kiradi. Ekzokrin sekretsiyaga tipik misollar
tarikasida oshkozon osti bezining atsipusklarining, so’lak bezlari, ovqat xazm qilinishning
mayda bezlari, nafas va jinsiy sistemasi bezlarini sekretsiyasini keltirish mumkin.
Sekretsiyani moddalar almashinuvining oxirgi maxsulotlaridan karbonat kislotasi
mochevina va siydik kislotalarini hujayradan tashqariga chiqarishini tushuniladigan
eksretsiyadan farq kilmoq kerak.
Ammo har ikkala protsess sekretsiya va ekskretsiya bir-biri bilan chatishib ketadi,
shuning uchun ko’p hollarda ularga aniq chegara qo’yish kiyin bo’ladi. Shuningdek sekretsiyani
hujayra sitoplazmasini doimiy tarkibiy qismini tashkil etuvchi moddalarni tashqariga chiqishidan
ham farqlash kerak. Тekshirishlarni ko’rsatishicha normal hayotiy protsessda hujayradan atrof
muxitga doimo kaliy ionlari, fosfor kislotasi ionlari, aminokislotalar, nukleotidlar, oqsillar,
fermentlar ajralib turadi.
Sekretsiyaning asosida, umuman, moddalarni ximiyaviy o’zgarishi yotadi. Тurli yo’llar
bilan hujayraga kirgan past molekulali moddalar yigiladi yoki ko’p hollarda ular o’zgarishga
uchrab ximiyaviy tuzilishi boshqa moddalarga aylanishi mumkin. Har 2 la holda ham hujayra
energiya sarflashi kerak.
Shunday qilib, hujayrada hosil bulayotgan moddalar birinchidan sintez mahsuloti bo’lsa,
2-dan maxsus biologik aktivlikga ega bo’lsa sekretsiya xaqida gapiriladi.
Sekretsiyalarni biologik funksiyalari turli tuman juda ko’p. Ularni ba’zilari fermentlardir.
Ular ozuka polimer moddalarga xujum qilib ularni surilish uchun yaraydirgan past molekulali
mahsulotlarga aylantiradilar(ichak fermentlar) boshqa sekretlar hujayra hayotiga kuchli ta’sir
etadi. Ular funksiyalarni kuchaytirish yoki aksincha tormozlash uchun ishlatiladi (Gormonlar va
mediatorlar). Uchinchilari ozuka sifatida(sut moddasi), 4-lari hujayrani ximoyalashda (keratin
shilimshio’), 5-lari agressiv maqsad uchun toksinlar, zaharlar ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |