73
ozaysa, uning hujayra va plazma o’rtasida tarqalish koeffitsiyenti shuncha katta bo’ladi. Bu esa,
askorbin kislotasini ko’p qismini bog’langan holda bo’lishini ko’rsatadi. Vitamin S ko’proq
oqsil bilan bog’langan bo’lib askorbinigenni hosil qiladi. Ma’lum hollarda bu bog’lanish
buziladi va vitamin S erkin holga o’tadi. Ko’pchilik olimlarni tekshirishicha odamlarda va
hayvonlarda 40% askorbin kislotasi bog’langan holda bular ekan.
Ko’pchilik hayvon va odam hujayralariga yog kislotalaridan chumoli, sirka, propion,
valerian va kapril kislotalarni kirish tezligi faqat molekuladagi uglerod atomini sonini 6 gacha
bo’lganida ortib boradi. Uglerod atomini soni 6 dan ortishi bilan yog kislotalarini hujayraga
kirishi sekinlashadi. Хuddi shu xodisa yog kislotalarini ammoniyli to’zlariga nisbatan
hujayralarining o’tkazuvchanligini o’rganishda ham kuzatildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |