79
III BOB. DONNI SAQLASHDA KECHADIGAN FIZOLOGIK
JARAYONLAR, MIKROORGANIZMLAR FAOLIYATI VA
ULARNING TA’SIRI
3.1. Don uyumidagi aralashmalarning tarkibi va miqdori
Don partiyasini saqlash omborlariga joylashtirishdan oldin dast-
labki tozalash choralarini qo‘llash shart, ayniqsa begona aralashma-
lardan tozalash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Don uyumidagi mikroor-
ganizmlarni bir joyga yig‘ilib qolishi, donlarning o‘z-o‘zidan sarala-
nishini qiyinlashtiradi. Chang yig‘ilish, yengil va shikastlangan donlar,
mikroorganizmlarni yig‘ilishiga sabab bo‘ladi. Don uyumida begona
aralashmalar qancha ko‘p bo‘lsa, unda mikroorganizmlar ham shuncha
ko‘p bo‘ladi. Ammo hamma aralashmalarda ham bir xil darajada
mikroorganizmlar bo‘lavermaydi. Eng ko‘p miqdorda mikroorganizm-
lar o‘rnashib olgan aralashmalarga quyidagilar kiradi: teshigining
diametri 1mm bo‘lgan elakdan o‘tadigan aralashmalar (bunda ayniqsa,
chang ham ko‘p bo‘ladi), ezilgan donlar, mineral va organik chiqindilar
juda ko‘p joylashgan bo‘ladi. Yuqori namlikka ega hamda yangi yig‘ilib
olingan don partiyalaridagi begona o‘t urug‘larida mikroorganizmlar
qulay sharoit bo‘lganligi uchun ko‘p bo‘ladi. Don uyumini maxsus
sterilizatsiyalash tadbirlaridan o‘tkazilmagan holatda, mikroorganizm-
lar uchun yanada qulay muhit paydo bo‘lib, ular ko‘payishga harakat
qiladi. Istalgan 1g miqdordagi don uyumini tekshirilganda uning
tarkibida bir necha o‘n mingdan yuz minggacha, hatto milliongacha
mikroorganizmlar uchratish mumkin.
Saprofit mikroorganizmlari va mog‘or zamburug‘larining hayot
faoliyati uchun qulay muhit barcha o‘simlik urug‘liklari va don
uyumining orasi hisoblanadi. Shuning uchun don vazni va sifatini
saqlab qolish maqsadida omborxonada mikroorganizmlarning faol
rivojlanishini to‘xtatish kerak. O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatdiki,
don uyumini o‘rtacha namligi va uning alohida komponentlari (asosiy
don, aralashmalar va donlararo bo‘shliqdagi havo) don uyumining
harorati, uning shamollatilish darajasi (aeratsiya), don uyumida saprofit
mikroorganizmlarning rivojlanishida asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi.
Shu bilan birga ahamiyatli jihatlaridan biri donlarning butunligi,
donning qoplovchi to‘qimalarining holati, uning hayotiy funksiyasi,
80
shuningdek, aralashmalar tarkibi va miqdori ham sabab bo‘lishi
mumkin. Don uyumini saqlashda mikrobiologik nuqtai nazardan olib
qaraganda ahamiyatsiz bo‘lgan sharoitlar ham mavjud bo‘ladi. Masalan,
muhit reaksiyasi va yorug‘lik bunga misol bo‘ladi. Odatdagi sifat
ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan don muhit bilan
doimiy reaksiyasiga ega
(rh -5,6-6,4), ba’zi hollarda donni sifat ko‘rsatkichlari me’yoridan
og‘ishi kuzatiladi, buning sababi mikrooranizmlarning ta’siridandir.
Do'stlaringiz bilan baham: