286-modda. Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish
Ma’muriy yo‘l bilan ushlab turish to‘g‘risida bayonnoma tuzilib, unda: bayonnoma tuzilgan sana va joy, bayonnoma tuzgan shaxsning lavozimi, familiyasi, ismi, otisining ismi; ushlab turilgan shaxs haqidagi ma’lumotlar: uni ushlab turish vaqti, joyi va uning asoslari ko‘rsatiladi.
Bayonnoma uni tuzgan mansabdor shaxs va ushlab turilgan shaxs tomonidan imzolanadi. Ushlab turilgan shaxs bayonnomaniimzolashdan bosh tortgan taqtirda, bayonnomaga shu haqda yozib qo‘yiladi.
Ushlab turilgan shaxsning iltimosiga ko‘ra, u ushlab turilgan joy haqida uning qarindash-urug‘lari, advokat, ish yoki o‘qish joyidagi ma’muriyat xabardor qilib qo‘yiladi. Voyaga yetmagan shaxs ushlab turilgani haqida uning ota-onasi yoki ular o‘rnini bosuvchi shaxslar albatta xabardor qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |