O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi
(ko‘chirma)
266-modda. Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish
Transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa eng kam oylik ish haqqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolashadi. (O‘zR 20.08.1999y 832-I-son qonuni tahriridagi sanksiya)
O‘sha qilmish odam o‘lishiga sabab bo‘lsa- mauyyan huquqdan mahrum qilib, yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. (O‘zR 20.08.1999 y. 832-I son qonuni tahriridagi sanksiya)
O‘sha qilmish:
a) odamlar o‘limiga;
b) halokatga;
v) boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa- muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.(O‘zR 20.08.1999 y. 832-I-son qonuni axriridagi sanktsiya)
Do'stlaringiz bilan baham: |