292-modda. Transport vositasini boshqarishdan chetlatish mastlik holatini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tkazish.
Transport vositalarini boshqarayotgan mastlik holatida deb hisoblashga yetarli asoslar bo‘lgan shaxs transport vositasini boshqarishda chetlashtirilishi va mastlik holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda tekshiruvdano‘tkazilishi kerak.
Mazkur shaxsni tekshirishga yuborish va bu tekshiruvni o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |