O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi yo‘l harakati qoidalari va harakat xavfsizligi asoslari fanidan Amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko’rsatma



Download 8,68 Mb.
bet66/104
Sana16.01.2022
Hajmi8,68 Mb.
#371787
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104
Bog'liq
Yo'l harakati qoidalari va HXA amaliy(1)

Avtomobilning o‘tuvchanlik qobiliyati

Avtomobillarni o‘tuvchanligi deganda, yo‘lning notekis va o‘tish qiyin bo‘lgan joylardan kuzovni, pastki qismini tegdirmasdan harakatlana olish xususiyatiga aytiladi. Avtomobilni o‘tuvchanlik qobiliyati ikki guruh ko‘rsatkich­lar bilan baholanadi: o‘tuvchanlikni geometrik ko‘rsatkichlari va o‘tuvchanlik tayanch-tishlanish ko‘rsatkichlari. Geometrik ko‘r­satkichlar yo‘l notekisliklariga avtomobil qismlarining tegishi bilan baholansa, tayanch tishlanish ko‘rsatkichlari o‘tishi qiyin yo‘l qismlari va yo‘lsiz joylarda harakatlana olish xususiyati bilan baholanadi.

O‘tuvchanlikda barcha avtomobillarni uch guruhga bo‘lish mumkin:

- umumiy ishlarga mo‘ljallangan avtomobillar (g‘ildirak formulasi 4*2 va 6*4);

- yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar (g‘ildirak formu­lasi 4*4 va 6*6);

- o‘ta yuqori o‘tish qobiliyatli avtomobillar, ular maxsus komponovka va. konstruktsiyaga ega, ularning barcha g‘ildiraklari yetaklovchi ko‘p o‘qli bo‘ladi, gusenitsali yoki yarim gusenitsali, avtomobil - amfibiya va boshqa turdagi yo‘lsiz sharoitlarda harakatlanishga mo‘ljallangan maxsus avtomobillar.

O‘tuvchanlikning geometrik ko‘rsatkichlarini ko‘rib o‘tamiz.

Eng past nuqta P - bu avtomobilning eng past nuqtasi bilan yo‘lgacha bo‘lgan masofa. Bu ko‘rsatkich avtomobilning harakat yo‘nalishida joylashgan to‘siklarga urilmasdan harakatlanishini belgilaydi.



O‘tuvchanlikning bo‘ylama rpr va ko‘ndalang rpop radiuslari - bu avtomobilning bazasi (koleyasi) ichida joylashgan eng past­ki nuqta va g‘ildiraklarga tegizib chizilgan aylana radiusidir. Avtomobil yo‘lida joylashgan to‘siqlar balandligi va qiyofasini belgilaydi. Ular qancha past bo‘lsa, avtomobilning pastki nuqtalari ularga tegmasdan o‘ta olish qobiliyati shuncha yuqori bo‘ladi.

Oldingi va orqadagi osilish burchaklari yo‘l yuzasi va ol­dingi yoki orqa g‘ildiraklar va avtomobilning oldi yoki orqasidan osilib turgan qismining eng past nuqtasidan o‘tkazilgan urunma orasidagi burchak.

Avtomobil o‘ta olishi mumkin bo‘lgan ostonaning eng balandligi yetaklanuvchi g‘ildiraklar uchun g‘ildirakning 0.35- 0.65 radiusiga teng. Yetaklovchi g‘ildiraklar uchun g‘ildiraklar radiusiga teng bo‘lishi mumkin.

Maksimal tortish kuchi, past uzatmada avtomobil hosil qilishi mumkin bo‘lgan eng katta tortish kuchi. Tishlashish og‘irligi avtomobilni yetaklovchi g‘ildiraklariga to‘g‘ri keladigan og‘irlik kuchi. Tishlashish og‘irligi qancha ko‘p bo‘lsa, o‘tuvchanlik shuncha yuqori bo‘ladi.

Tayanch yuzaga shinaning nisbiy bosimi, shinaga vertikal yukning kontakt yuzasiga nisbati bilan aniqlanadi.

Bu ko‘rsatkich avtomobilo‘tuvchanligi uchun katta ahamiyatga ega. Nisbiy bosim qancha kam bo‘lsa, tuproq shuncha kam yemiriladi, g‘ildirak izini chuqurligi shuncha kam bo‘ladi, g‘ildirash qarshiligi kamayib avtomobilning o‘tuvchanligi yuqori bo‘ladi.

Izning izga tushish koeffitsienti, oldingi g‘ildirak izining orqa g‘ildirak iziga nisbati bilan aniqlanadi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari to‘la mos tushganda, orqa g‘ildirak ol­dingi g‘ildirak izidan yurgani uchun dumalash qarshiligi eng kam bo‘ladi. Oldingi va orqa g‘ildirak izlari mos tushmaganda, oldingi g‘ildirak qoldirgan iz devorlarini orqa g‘ildirak yemirishi uchun qo‘shimcha energiya sarflanadi. Shuning uchun yuqori o‘tuvchanlikka ega avtomobillarning orqa o‘qiga yakka shina o‘rnatiladi va shu bilan g‘ildirash qarshiligi kamaytiriladi.


Download 8,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish