Haydovchi ish o‘rnidagi boshqaruv jihozlari va ularning joylashuvi
Haydovchi avtomobilni yo‘l sharoitidan kelib chiqqan holda boshqarishi kerak. Avtomobilning boshqarish jihozlari barcha hozirgi zamon avtomobillarida bir-biridan deyarli farq qilmaydi. Lekin avtomobilning rusumiga qarab, ularning joylashuvi va ishlash asoslari bir-biridan farq qilishi mumkin. Shuning uchun haydovchi o‘ziga notanish bo‘lgan avtomobilga o‘tirishidan oldin uning boshqaruv jihozlari va joylashuvi bilan har tomonlama tanishib chiqishi kerak. Neksiya avtomobilining asboblar taxtasi va boshqaruv jihozlari quyidagi rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |